Psixologik himoya
– shaxs yaxlitligiga tahdid soluvchi, nizolilar bilan
bog‗liq bo‗lgan salbiy kechinmalarni kamaytirishga yo‗naltirilgan mexanizmlar
tizimi. Psixologik himoya shaxs tomonidan psixologik noqulaylik, «men-obrazi»ga
tahdid soluvchi kechinmalarni bartaraf etish va ushbu vaziyatlarga tegishli
bo‗lgan darajada saqlash uchun qo‗llaniladigan boshqarish tizimini tashkil qiladi.
«himoya mexanizmlari» tushunchasi z. Freyd tomonidan asabiy holatlarga olib
kelishi mumkin bo‗lgan nizolilarda «ego» qo‗llaydigan usulni umumiy holda
belgilash uchun kiritilgan edi. Klinika amaliyotida u o‗zi va olam bilan kelisha
olmagan odamlarga juda ko‗p marotaba duch kelgan. Ular irratsional harakatlarni
amalga oshirib, nomutanosib fikrlarni ifoda etgan holda, idrok qilish illyuziyalarini
namoyish qilganlar, bularning barchasi aniqlik kiritishni talab etardi. Shularga
o‗xshash reaksiyalar tashhislarda rasmiylashtirilgan edi. Bunday tashhislar sog‗lom
insonlarda ham aniqlangan edi. Bunday holatni tushuntirib berish uchun z. Freyd
1884 yilda «psixologik
himoya» tushunchasini
kiritdi, bu
tushunchani
anglanmagan intilishlar va ijtimoiy talablar (cheklovlar) o‗rtasidagi nizolilarni hal
etishning shakli sifatida talqin etdi. Uning qizi anna freyd o‗zining «men va
himoya mexanizmlari» nomli
ilmiy
ishida, otasining
nazariyasini
rivojlantirib, ego-himoya mexanizmlari anglanmagan bo‗lishini va ular «ichki
sezgining talablarini inkor etishini» ta‘kidlagan edi.
Hozirda psixologik himoya shaxs nazariyalarining barchasida, insonga
nisbatan turli yondoshuvlarda tan olinadi va ta‘riflanadi. Himoya mexanizmlari
yoki psixologik himoya, - bu insonning o‗zini noxush kechinmalar, qalb jarohatlari
va xavotirlardan himoya qilishda qo‗llaydigan, unga xos bo‗lgan va umuman
anglanmaydigan tizimli harakatlar.
Tadqiqotlarga ko‗ra, odamlar shaxsiy sifatlari baholanishlari orasidan
o‗zlarining baho berishlari bilan mos tushadiganlarini yodda saqlab qoladilar. Shu
tarzda ular o‗zlariga bo‗lgan hurmatlarini yo‗qotmagan, ko‗z oldimizda
obro‗imizni tushirmagan xolda xatoliklar va omadsizliklarning sababini
tushuntirishga harakat qiladilar. Xuddi mana shuning uchun ham inson ruhiyati
himoya mexanizmlari bilan qurollandi. Ular tashqaridan kelayotgan axborotlarni
saralab, faqatgina insonning ichki olami – «men-konsepsiyasi»ning yaxlitliligini
saqlashga xizmat qiladiganlarini o‗tkazadilar.
Shunday qilib, himoya mexanizmlari insonlar uchun juda muhim bo‗lgan
ikki xususiyatga egadirlar:
- voqelikni inkor etadilar, buzib ko‗rsatadilar yoki parchalaydilar;
- anglanmagan holda, ya‘ni, avtomatik tarzda va tez ta‘sir ko‗rsatadilar.
psixologik himoyalarni tasniflashga nisbatan bir necha xil yondoshuvlar
mavjud. Ularni
Do'stlaringiz bilan baham: |