3.
Boshqaruv psixologiyasi - asli “Insoniy munosabatlar” oynasi
ekanligi.
Bu boradagi Garb va Sharq nuktai nazaridagi yondashuvlar.
Boshqaruv psixologiyasining asosiy tamoyillari. Hozirgi davrda
boshqaruvning psixologik talqini, moxiyati va maqsadi. Boshqaruv
psixologiyasining asosiy tamoyillari:
boshqaruvning rejaliligi, ommaning boshqaruvdagi ishtiroki, psixodiagnostik
tizim,
ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish. Ilmiy boshqaruv maktabi yoki mehnatni
ilmiy
tashqil etish maktabi. Ma’muriy bosh-karuv maktabi. Insoniy munosabatlar
maktabi.
Mikdoriy yondashuv. Boshqaruvga jarayon sifatida yondashish. Tizimli va
vaziyatli
yondashuvlar. Inson kapitali nazariyasi. Inson resurslarini rivojlantirish
konsepsiyasi.
Boshqaruv vazifasining tuzilishi. Boshqaruv vazifalarining turkumlari.
Boshqaruvda ob’ekt bilan sub’ekt munosabatlari. Boshqaruv psixologiyasidagi
asosiy tamoyillar:mehnatga nisbatan ehtiyoj, mas’uliyat va javobgarlik, tartib-
intizom, boshqaruvdayakkaboshlilik, shaxs va tashqilot manfaatlarining o‘zaro
uyg‘unligi, xamkorlilik,qarorlar qabul qilishda va munosabat bildirishda adolatlilik.
Boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish
davomida boshqaruv sub‘yekti va ob‘yekti o‘rtasida yuzaga keluvchi
munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy qismlari o‘zaro
itoatdaligi bilan xarakterlanadi. Tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili
boshqaruv psixologiysi fanida subordinasiya deb ataladi va bu ibora orqali
tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi. Subordinasiyadan kelib chiquvchi
munosabatlar tashkilot xodimlari xulqida itoat va ijro etish shakllarini nazarda
tutadi. Ammo, boshqaruv amaliyoti nafaqat rahbariyat va itoatdagi xodimlar
munosabati, balki bir darajada turuvchi va toifasi jihatidan barobar tashkilot
a‘zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘rganadi.Tizimning bunday qismlari
o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, ular o‘rtasidagi hamjihatlik
shakllarini yanada mukammallashtirish koordinasiya tadbirlarida namoyon bo‘ladi.
Boshqaruvdagi subordinasiyava kordinasiya munosabatlari tashkilot miqyosidagi
vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug‘diradi. Demak, vertikal
aloqalar o‘zaro itoatdagi xodimlar o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardan
iborat bo‘lsa, gorizontal aloqalar o‘zaro koordinasiyani, ya‘ni tizimning teng va
mustaqil qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |