Т.Р
|
Гуруҳ номи
|
Бола сони
|
Гуруҳ тарбиячиси Ф.И.Ш
|
1
|
|
|
|
2
|
|
|
|
3
|
|
|
|
4
|
|
|
|
_____-ДМТТ : директори ________________________
Ilk qadam o’quv dasturi asosida olib borilgan ishlar
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat o’quv dasturi “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq” ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maqsad va vazifalari, o’quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g’oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’limning keying bosqichiga o’tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan.
Bu ma’limoylar barchamiz tanish, mana uch yildirki “Ilk qadam” davlat dasturi asosida ishlab kelmoqdamiz. Dasturda belgilab quyilgan maqsad vazifalar asosida ishlar tashkillanib, kundalik faoliyatlar dastur asosida olib borilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotimizda dasturda belgilangan maqsad vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, bolalar uchun qulayliklar yaratildi jumladan;
bolaning individual ehtiyojini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi;
maktabgacha yoshdagi bolalarning o’quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilindi va amalga oshirilmoqda;
bolalarning ilk rivojlanish masalalarida oila va jamiyat bilan o’zaro hamkorlikni tashkil qilindi va bu buyicha bir qator ishlar olib borilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillarini bajarish maqsasida tashkilotda qo’shimcha pullik hizmatlar tashkil qilindi, ota-onalar bilan hamkorliklar kuchaytirildi, alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan ta’lim faoliyati tashkillanmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonini tashkil qilishda quyidagilarda alogida etibor qaratildi. Ya’ni:
bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olinmoqda;
ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’lash;
bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uninh harakatlanish ehtiyojlarini inobatga olib ish olib borilmoqda;
bolaning ijodiy qobiliyatlari qo’llab quvvatlanmoqda;
o’yin orqali ta’lim berish usullari orqali bolalar o’zlashtirishi rivojlantirilmoqda;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit, bola uchun xavfsiz sharoitlar yaratildi;
maktabgacha ta’lim tashkilotining oila, mahalla va maktab hamkorligi kuchaytirildi;
milliy masaniyat an’analar qadriyatini oshrish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos hususiyatlari mavzular asosida o’rgatib borilmoqda.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanish sohalari bo’yicha yutuq va kamchiliklarini aniqlash Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari tomonidan bolaning rivojlanishi kuzatib borilib, xar bir bolaning rivojlanish xaritasiga o’quv yili davomida uch marotaba to’ldirib borilmoqda. Rivojlanish xaritasi davlat dasturiga muvofiq bola rivojlanishining beshta sohasi kompetensiyalari bo’yicha kutilayotgan natijalar belgilanadi.
Rivojlantiruvchi muhitni yaratish va markazlar tashkillar bo’yicha ham har o’quv yilida yangiliklar yaratiladi. Rivojlantiruvchi ko’rgazmalar, madaniy-tarixiy qadruyatlar, milliy va mintaqaviy an’analar, tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo’lishini inobatga olib jihozlandi va shu xususiyatlarni inobatga olib ish olib borilmoqda.
Bir so’z bilan aytganda Dastur-muhim vosita bo’lib, uning yordamida tarbiyachilar, pedagog hodimlar O’zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakillar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish yo’llarini belgilaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |