1. Soliq siyosatining mohiyati, xususiyatlari va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitidagi vazifalari


Soliq siyosatining mohiyati, xususiyatlari va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitidagi vazifalari



Download 123,5 Kb.
bet2/12
Sana30.12.2021
Hajmi123,5 Kb.
#196476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
anvarova umida kurs ishi

Soliq siyosatining mohiyati, xususiyatlari va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitidagi vazifalari

Soliqning kelib chiqishi davlatning paydo boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, juda qadimiy tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760 yil muqaddam Bobil davlatida Hammurapi qonunlari bilan soliqning joriy etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Hozirgi davrda ham davlat bajaradigan vazifalarni mablagʻ bilan taʼminlash muammosi soliqning obyektiv zarurligini keltirib chiqaradi.

Bozor iqtisodiyotiga davlat ta'sir ko'rsatadigan ko'plab iqtisodiy dastaklar orasida soliqlar muhim o'rin tutadi. Bozor munosabatlari sharoitida va ayniqsa, bozorga o'tish davrida soliq tizimi eng muhim iqtisodiy tartibga soluvchilardan biri bo'lib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning moliyaviy-kredit mexanizmining asosidir. Davlat soliq siyosatidan salbiy bozor hodisalariga ta'sir ko'rsatishning ma'lum regulyatori sifatida keng foydalanadi. Butun milliy iqtisodiyotning samarali ishlashi soliq tizimining qanchalik to'g'ri qurilganiga bog'liq.

Soliq siyosati haqida so’z yuritar ekanmiz, biz uning nihoyatda ko’p qirrali va murakkab kategoriya ekanligini alohida ta’kidlashimiz kerak. Hozirgi kunga qadar soliq siyosati tushunchasi borasida yagona fikr mavjud emas. Masalan, g’arb iqtisodchilari Stenli Fisher, Rudiger Dornbush va Richard Shmalenzilarning fikricha, soliq siyosati mustaqil tushuncha hisoblanmaydi. Ular soliq siyosati tushunchasiga fiskal siyosat tushunchasi orqali yondoshadilar. Fiskal siyosat esa davlatning o’z daromadlari va xarajatlari bo’yicha qaror qabul qilishi bo’lib hisoblanadi, - deb ta’kidlashadi.2 Soliq siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, uni falsafiy kategoriyaga taqqoslaydigan bo’lsak, u ustqurmaga taalluqlidir. Ma’lumki, har qanday jamiyatda ham davlat biron-bir maqsadga erishish, oldiga qo’yilgan vazifa va majburiyatlarni bajarish uchun moliyadan keng foydalanadi. Soliq siyosati qo’yilgan maqsadlarni hayotga tadbiq etish uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni tashkil etishda asosiy rol o’ynaydi. Uni ishlab chiqish jarayoni va hayotga tadbiq etishda, jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish sharoitlarini ta’minlab, iqtisodiy manfaatlarga ta’sir ko’rsatadigan qurol sifatida namoyon bo’ladi. Soliq siyosatining asosiy yo’nalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari o’rtasida qayta taqsimlash va bosh yo’nalishga ega bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iboratdir.

Xorij iqtisodiy maktabining Kempbell R.Makkonell va Stenli L.Bryu kabi namoyondalari ham shunga o’xshash fikrlarni bildirib, moliyaviy-byudjet va fiskal siyosat tushunchalarini bir o’ringa qo’yishadi.

Professor V.V.Lavrovning fikricha, soliq siyosati ishlab chiqarishni hisobga olish va nazorat qilish, mehnat sifati va mahsulotlarni taqsimlash bilan bevosita bog’liq. Rus olimi I.V.Levchuk soliq siyosatining ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi katta rolini ko’rsatib, u birinchi navbatda, moliyaviy mablag’larni taqsimlash va foydalanishda markazlashtirish va demokratik boshqarishni tashkil etishda xizmat qiladi, deydi.

Shuningdek, rus iqtisodchi olimi M.K.Sheremetev o’zining «Finansi» asarida soliq siyosatiga quyidagicha tushuncha beradi: birinchidan, soliq siyosati – bu moliyadan foydalanish bo’yicha davlatning asosiy yo’nalishidir; ikkinchidan, mamlakat iqtisodining ichida ro’y beruvchi moliyaviy jarayonlarning natijasidir3.

Yuqoridagilarga asoslanib, soliq siyosati – bu aholining hayot darajasini oshirish maqsadida moliyaviy mablag’larning davlat tomonidan tartibga solinishidir, - deb aytishimiz mumkin.

Soliq siyosati haqida fikr yuritganimizda, uning turlariga alohida to’xtalib o’tishimiz lozim bo’ladi. Hozirgi kunda soliq siyosati turlarini quyidagicha guruhlash mumkin:

-iqtisodiy o’sish siyosati;

-muvozanatlashtirish siyosati;

-chegaralash siyosati.

Soliq siyosatining yuqorida keltirib o’tilgan turlari milliy daromad hajmini va aholi bandligi darajasini oshirishga, davlat xarajatlari tizimini nazorat qilish, soliqlar vositasida iqtisodiyotni tartibga solish, byudjet-soliq siyosati yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi.


Download 123,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish