1. Sohibqironning harbiy yurishlari va uning sabablari. Amir Temurning harbiy salohiyati va qoshin tuzilishi
Mavzu: Sohhibqironning harbiy yurishlari, uning sabablari.
Reja:
Kirish:
Sohibqiron Amir Temurning hayot faoliyati va davlatning tashkil topishi.
Asosiy qism:
1.Sohibqironning harbiy yurishlari va uning sabablari.
2.Amir Temurning harbiy salohiyati va qoshin tuzilishi.
3.AmirTemurning yurishlarda qollagan harbiy usullari va korsatgan jasoratlari.
Xulosa:
Amir Temurning markazlashgan davlat tashkil topishidagi orni, mamlakat siyosatiga qoshgan hissasi va mustaqilligimizdan song Sohibqiron shaxsiga korsatilgan etirof.
Kirish: Sohibqiron Amir Temurning hayot faoliyati va davlatning tashkil topishi.
Temurbek ibn Taragay ibn Abagay 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning gozal shaharlaridan biri bolmish Kesh (hozirgi Shahrisabz) ga qarashli Xoja Ilgor qishlogida dunyoga keldi.
Temurbek yoshlik chogidan harb ishiga ozgacha muhabbat va ehtiros bilan qaray boshladi. Unda harbiy sanatga bolgan qiziqishning ota erta paydo bolishida padari buzrukvori , amir Qazagon (1358-yili shahid bolgan) davlatning arkonlaridan biri, mardligi, shijoati va oliyjanobligi bilan nom chiqargan amir Taragayning (vafoti 1360) malum darajada hissasi bor.
Navqiron yoshga yetgan Temur salkam bir yarim asrlik mogullar istibdodiga chek qoyish, feodal tarqoqlik natijasida Chigatoy ulusida hukm surayotgan ozaro nizolar va urushlarga barham berish, tashqi va ichki zugum tufayli tinkasi qurigan xalq ommasiga madad qolini chozish, xarob bolgan shahar va qishloqlarni qayta obod qilish, ulusni tashqaridan boladigan bosqinlardan himoya qilish singari olijanob maqsadlarni yuzaga chiqarishni birdan-bir yoli-hokimiyatni qolga kiritish ekanligini yaxshi anglab yetadi.
Amir Temur ozining ilk harbiy faoliyatini qol ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan.Ularning ozaro kurashlarida qatnashib, jasorat korsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan.Dongi butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aql-u zakovati , shijoati, shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Yasovuriy va amir Qazagon bilan yaqinlashtirdi.Xondamirning yozishicha, otasi amir Taragay Amir Temurni avval (1352) amir Joku barlosning qizi Turmush ogaga , songra Qazagonning nabirasi va amir Husaynning singlisi Oljoy Turkon ogaga uylantiradi. Keying nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn ortasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mogullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yolidagi harakatlari XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi.XIV asrning 50-yillari oxirida
Movarounnahrda amirlarning ozaro kurashi kuchayib, amir Qazagon oldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, ogir tanglik sodir boldi.1
Ulus onga yaqin mustaqil bekliklarga bolinib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon Sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xojandda amir Boyazid jaloyir, Balxda Oljay Buga sulduz, Shibirgonda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Kohistonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar ozlarini hokimi mutlaq deb elon qildilar.2
Bu davrda Chigatoy ulusining sharqiy qismi-Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mogul xonlari Movarounnahrdagi ogir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu yerda oz hokimiyatini ornatishga harakat qiladilar. Jeta xonlaridan Tugluq Temur va uning vorisi Ilyosxoja 1360-1361 va 1365-yillarda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Mogul xonlarining bosqinchilik yurishlari va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi.
Movarounnahr xalqi barcha tabaqalarining qollab-quvvatlashi hamda bevosita ishtirokida 1370-yili hokimiyatni qolga olishShimoliy Anadoli, Hindiston kabi mintaqalarga birligidan mahrum bolgan mamlakatni birlashtirish, istiqlolni qayta tiklash baxtiga muyassar boladi.
Temurbek taxtga otirish boisi olaroq ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotda sodir bolgan ijobiy ozgarishlar oz ifodasini harb ishida va harbiy sanatda ham namoyon etadi.
Asosiy karvon yollari ustidan nazorat ornatish1, ulus qudratini yanada oshirish, xalq turmush tarzini yaxshilash singari ustuvor maqsadlar yolida Temur osha davrda tengi yoq harbiy kuchlari bilan Jeta, Eron, Afgoniston, Kavkaz, Iroq, Shom, Misr, Dashti Qipchoq, Shimoliy Anadoli, Hindiston kabi mintaqalarga bir necha bor qoshin tortib bordi, olamshumul zafarlar quchdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |