3.AmirTemurning yurishlarda qollagan harbiy usullari va korsatgan jasoratlari.
Yurishga jonashdan oldin Temurbek arkoni davlat vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni harbiy kengash-mashvaratga chorlagan. Ayni chogda ulusning turli viloyat va tumanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan qoshin toplash uchun maxsus buyrak-tunqal e`lon qilingan. Farmon kerakli joylarga yuqori mansab egasi, bosh qomondonning ad`yutanti-tavachi tomonidan tezlik bilan etkazilgan. Tavachining zimmasiga askar jamlashdan tashqari qoshin qismlarining qarorgoh yoki safardagi orni, jangovar tartib-yasolni hamda bir joydan ikkinchi joyga kochishni nazorat qilish ham yuklatilgan edi.
Ibn Arabshoxning yozishiga kora, Temurbek Dashti Qipchoqqa qilingan yurish (1390-1391) oldidan qoshinni bir yilga etadigan oziq-ovqat, qurol-yarog, kiyim-kechak va boshqa safar uchun zarur ashyolar bilan ta`minlashni oz noiblariga buyurgan. Har bir suvoriyga bitta yoy, 30 ta oq, bir sadoq, bir qalqon va bitta qoshimcha ot ajratilgan. Yurish vaqtida har on jangchi bir chodir, ikki belkurak, bir kerki, bir oroq, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina olgan,har bir jangchining shuningdek, yarim man ogirligida arqon, bir dona pishiq teri va bitta qozon olib kelishi lozim bolgan.8
Safar chogida oddiy askarlarning har on sakkiztasiga bitta chodir berilgan. Har bir jangchi ikkita ot, yoy, sovut, qilich, juvoldiz, qop, onta nina, arra va teri xaltaga (chanach) ega bolgan.9
Sohibqiron yurishga jonashdan ancha avval yogining qurolli kuchlari, mudofaa inshootlari, u erdagi ichki vaziyat kabilar haqida aniq va tola ma`lumotga ega bolish maqsadida uning yurti yoki qarorgohiga oz aygoqchi (xabargir, josus) larini peshma-pesh yuborib turgan. Ganim togrisida zarur ma`lumotlarga ega bolgandan songgina yurishga taraddud korilgan. Bu xususda ibn arabshoh yozadi: «Temur tengi yoq fe`l atvorli, chuqur mulohazali kishi bolib, uning tafakkur dengizining qa`ri yoq va (uning) tadbiri togiga na tekisligu, na gadir-budir orqali yol topilardi. U erlarning barcha tomonlarida oz aygoqchilarini tarqatib, qolgan mulklarida esa josuslar qoygan edi. Ular (josuslar) jumlasidan, uning amaldorlaridan biri Amir Otlamish bolsa. yana biri faqih Mas`ud al-Quhoniy-u Temur devoni ashoblarining kozi edi. Josuslarning bunisi Qohirada, Muiziyada bolsa, unisi Damashqda, Shamiysoniyadagi sofiylardan biri edi. Ularning biri chakanafurush bolsa, ikkinchisi yirik savdogar, badxulq polvon va hunarmand, munajjim va oz tabiaticha ish qiladigan lar, gapchinoz qalandarlaru sayoq darveshlar. Zarofatli meshkoblar, latofatli etikdozlar, alvasti va xiylagar bolib, ular chor atrofda bolayotgan hodisalar va ularning xabarlarini Temurga etkazib, ozlari afzal korgan ishlarini unga bayon etardilar. Ular vaznlar, narx-navolar togrisida unga zikr qilib, manzilu shaharlarni tavsiflardilar. Ularning tekis va notekis joylarining suvratini keltirib, uylari va diyorlari orinlarini chizib korsatardilar, shular orasida u joylarning yaqin yoki uzoq, tor yoki kengligini ularning qaysi tevarak-atrofda, garb yoki sharqdami, shaharlar va qishloqlarning ismlarini, manzil va panohjoylar nomlarini, har joyning ahliyu boshliqlari, amirlari, uluglari, fozillari, shariflari, boylariyu faqirlarini, ularning hai birining ismi va laqabini, shuhrati va nasabini, ularning hunari va (ega bolgan) vositalarini (tola-tokis) bayon qilardilar. Natijada, Temur oz fikri bilan shularni yaqqol korib, tafakkuri vositasida oz erlaridan xorij joylar ustidan ham tasarruf yuritardi».10
Sohibqiron safar chogi qoshinni qiyin va otib bolmas joylardan boshlab boruvchi yolchi, ya`ni qajarchilarni mahalliy xalq ichida yollab olish masalasiga jiddiy yondashgan.
Safar arafasida Temurbek oz pirlari va rahnamolari huzuriga sof ishonch hamda pok irodat bilan tashrif buyurib, ziyorat shartlarini bajo keltirgan. Muqaddas va muborak mozorlarni tavof qilgan. Mayib-majruhlarga, muhtoj va yoqsillarga nazru sadaqalar ulashgan.
Sohibqiron ota tahlikali onlarda ham sarosimaga tushmas, hissiyotga berilmas, metinday mustahkam irodasi ikkilanishga, qat`iyatsizlik korsatishga aslo yol qoymas edi. Biror marta ham maglubiyat («loy jangi» bundan istisno) alamini tortib kormagan muzaffar qoshin oliy bosh qomondonning har qanday ogir va chigal vaziyatdan ham tadbirkorlik bilan chiqib ketishiga butun vujudi bilan ishonar. Shuning uchun ganim bilan faqat galabani kozlagan holda jon-jahdi bilan jang qilar edi.
Sohibqiron jang maydonini tanlashda bevosita ishtirok etgan. Janggohning tekis, keng va qoshin qismlarini joylashtirishga qulay bolishi talab qilingan. Ayniqsa, ma`rakagohning ichimlik suv manba`iga yaqin bolishi hamda razm vaqtida quyosh nurining jangchilar koziga tushmasligi maqsadga muvofiq hisoblangan.11
Yirik muhorabalar paytida dastasi uchiga mahcha-yarim oy shakli qadalgan jangovar bayroq va tuglar bilan bezatilgan oliy bosh qomondonning borgohi balandlikka tikilgan. U erdan qism va bolinmalarning maydondagi harakati, jangning borishi Temurbek tomonidan kuzatib turilgan. Odatga kora borgoh oldida harbiy orkestr askarlarni mardlikka ragbatlantiruvchi, ularning jangovar ruhini kotaruvchi kuylarni tinimsiz chalib turgan.
Temurbek qoshini zabt etilgan qal`a, shahar va viloyatlarni ozboshimchalik bilan gorat qilish huquqidan butunlay mahrum edi.
Sohibqiron janglarda mardlik va qahramonlik namunalari korsatgan har qanday raqibini xurmat qilar, jangchilarini undan ornak olishga undar edi. Bunga tarix shohid.
Temur jahon harb sanati tarixida birinchi bolib qoshinni jang maydonida yeti qolga bolib joylashtirish tartibini joriy etdi.
Tarixiy manbaalarda keltirilgan malumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular ogir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bolingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shugullanganlar, ota zarur chogdagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bolgan.
Dubulga, zirih (sovut), qilich, yoy, sadoq, qalqon va nayza bilan taminlangan ogir qurolli suvoriylar sara jangchilardan tuzilgan, ganimning asosiy zarbasiga qarshi turgan, jang natijasini hal etishda katta rol oynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |