1. siyosiy-huquqiy sohadagi islohotlar xalqaro reytinglar va indekslar



Download 57,87 Kb.
bet3/3
Sana13.01.2022
Hajmi57,87 Kb.
#359283
1   2   3
Bog'liq
TJA

o‘rtaga qo‘ydi. 

1993  yil  fevralda  Toshkentda  BMT  ning  vakolatxonasi  ochildi  va  u  ish  boshladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  va  BMT  raxbarlarining  sa’y-harakatlari  natijasida  BMT  ning  Toshkentdagi  vakolatxonasi  mamlakatimizda  BMT  ning  Taraqqiyot  dasturi,  qochoqlar  ishi  bo‘yicha  oliy  ko‘mita  komissari,  Aholi  joylashish  jamg‘armasi,  Narkotik  moddalarni  nazorat  qilish  dasturi,  Sanoat  taraqiyoti  dasturi,  singari  ixtisoslashgan  muassasalarni  o‘z  tarkibiGA birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.    



1994  yil  oktyabrning    boshlarida    BMT    vakolatxonasining    yordami    va  ishtirokida  Toshkentda  bo‘lgan  jahon  sayyohlik  tashkilotining  "Ipak  yo‘li"  xalqaro  yig‘ilishi  jahon  sayyohlik va tijorat ishlarida O‘zbekistonning mavqeini yanada ko‘tardi.   O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16 seentyabr kunlari  Markaziy  Osiyoda  xavfsizlik  va  hamkorlik  masalalariga  bag‘ishlangan  Toshkent  kengash- seminari  bo‘lib  o‘tdi.  Xalqaro  kengashda  ishtirok  etgan  31  davlat  va  6  xalqaro  tashkilotdan  kelgan  muxtor  vakillar  mintaqa  xavfsizligining,  mojarolarning  oldini  olish,  integratsiya  jarayonlarini  chuqurlashtarishning  ishonchli  tizimini  barpo  etish  masalalari  yuzasidan  o‘z  fikrlarini,  takliflarini  aytdilar.  Kengash  yakunlari  yuzasidan  qabul  qilingan  Bayonot  jahon  xalqlarini,  xususan  Markaziy  Osiyo  xalqlarini,  turli  siyosiy  kuchlarni  mintaqaviy  xavfsizlikni  mustaxkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarni barpo etishga chaqiradi.    O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo  mintaqasini yadro kurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston  Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib so‘zlagan  nutqida  Markaziy  Osiyoni  Yadro  qurolidan  xoli  zonaga  aylantirish  g‘oyasini  ilgari  surgan  edi.  O‘zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.   1997 yil 15-16 sentyabr kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyo -yadro qurolidan xoli zona"  mavzuida xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan  vakillar  ishtirok  etdi.  Ushbu  masala  yuzasidan  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  tashqi  ishlar  vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Markaziy Osiyo mintaqasining yadro qurolidan xoli zonaga  aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi.  O‘zbekistonning  jahon  hamjamiyati  bilan  integratsiyalashuvida  BMT  doirasidagi  ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega. 

1994  yil dekabrda respublikamizda YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi  milliy  komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo‘lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va  axborot soxasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo‘ldi.  YuNESKO  Markaziy  Osiyo  taraqqiyotini  o‘rganish,  tiklash  va  ommalashtirishga  katta  ahamiyat  bermoqda.  "Ipak  yo‘li  -  muloqot  yo‘li"  deb  nomlangan  yirik  tadqiqotda  Markaziy  Osiyoga  birinchi  darajali  ahamiyat  berildi.  YuNESKO  qaroriga  binoan  Samarqandda  Markaziy  Osiyoni  tadqiq  qilish  xalqaro  instituti  tashkil  etildi.  YuNESKO  Bosh  direktori  Federiko  Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida institut tantanali pavishda ochildi.    O‘zbekiston  BMT  doirasidagi  ixtisoslashgan  muassasalar  -Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti, xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar fondi,  xalqaro  pochta  ittifoqi,  Elektr  aloqasi  bo‘yicha  xalqaro  ittifoq,  Jahon  meteorologiya  tashkiloti,  Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoki va boshqa tashkilotlarning a’zosi, ular bilan hamkorlikqilmoqda.O‘zbekistonda  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishga,  jahon  hamjamiyati  bilan integratsiyalashuviga  xalqaro  moliyaviy,  iqtisodiy  tashkilotlar  -  Xalqaro  valyuta  fondi,  Jahon  banki,  Xalqaro  moliya  korporatsiyasi,  Evropa  tiklanish  va  taraqqiyot  banki  ham  ko‘maklashmoqda. Xalqaro savdo markazi (YuNKTAD), ta’riflar va savdo Bosh bitimi (GATT)  bilanhamkorlikqilinmoqda. EXHT  ning  1996  yil  dekabrda  Lissabonda  bo‘lgan  Sammitida  XXI  asr  arafasida  yalpi xavturgafsizlik  modelini  yaratish  xususida  munozara  bo‘ldi.  O‘zbekistonning  mojarolar  yuz  berib  n  hududlarga  yashirincha  qurol-yarog‘  etkazib  berishni  to‘xtatish,  EXHT  ning  Markaziy  Osiyo  faoliyatini  kuchaytirishga  oid  takliflari  ma’qullandi  va  Lissabon  deklaratsiyasida  hujjatlashtirildi.1999  yil  noyabr  oyida  bo‘lgan  EXHTning  Stanbul  sammiti  Islom  Karimovnin  terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish  haqidagi taklifi ham ma’qullandi.   O‘zbekiston  ko‘pgiina  mintaqaviy  tashkilotlar,  chunonchi,  Evropa  ittifoqi,  NATO,  EKO,  Islom  konferentsiyasi  tashkiloti,  qo‘shilmaslik  harakati  va  boshqalar  bilan  ham  samarali  hamkorlik qilmoqda. 
Download 57,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish