Ko’rsatuv va izohli diktant
IV chorak
Kutubxona
Biz kutubxonaga a’zo bo’ldik. U yerda kitoblar ko’p.
Yaxshi o’quvchi
Maktabning o’z tartibi bor. Yaxshi o’quvchi tartibni buzmaydi.
Mehnat darsi
Mehnat darsi bo’ldi. Biz igna va ip olib keldik. Gul tikishni mashq qildik.
Yoddan yozuv diktanti
Har doim bo’lsin Quyosh,
Har doim bo’lsin osmon.
Har doim bo’lsin onam,
Har doim bo’lay men.
Nega endi eridi qor?
Nega endi oqar anhor?
Nega qushlar nag’ma chalar?
Chunki keldi go’zal bahor.
Ola qanot hakkalar,
Chug’urlashib nimanidir
Shohdan- shohga qo’nasiz.
Izlab topgan bo’lasiz.
Hur o’lkam mening,
Gul o’lkam mening,
Dunyoda ulkan—
Zo’r o’lkam mening.
Tekshiruv diktanti
Saman toychoq
Saman toychoqqa suv, o’t berdik. U kishnadi. (9 so’z)
Olma
Olma juda foydali mevalardan biri. U turli vitaminlarga boy. (10 so’z)
Tabiat
Tabiat juda chiroyli. Biz tabiatni sevamiz. Uni ozoda saqlaymiz. (10 so’z)
Maydonda
Biz maydonda o’ynadik. Sharifa arqonda sakradi. Men koptok o’ynadim. (10 so’z)
Chittak
Chittak chiroyli qush. U sakrab-sakrab yuradi. Biz unga non, ushoq berdik.(13 so’z)
Varrak
Biz chiroyli varrak yasadik. Uni maydonda uchirdik. Varrak baland ko’tarildi. (11 so’z)
Kapalak
Kapalak gulag qo’ndi. U juda chiroyli ekan. Biz kapalakka ozor bermaymiz. (12 so’z)
Soat
Vaqtimiz juda qadrli. Vaqtni ko’rsatib turadiga soat borligi yaxshi. Soat tinmay yuradi. Vaqtingni foydali ishlarga sarfla. (17 so’z)
Kutubxona
Biz kutubxonaga a’zo bo’ldik. U yerda kitoblar ko’p. Juma kuni kitob olishga boramiz. Kitoblarni yaxshi saqlaymiz. (17 so’z)
O’quv qurollari
O’quv qurollarini yaxshi saqlaymiz. Kitob, daftar, qalam va ruchkani ehtiyot qilamiz. Qalam bilan rasm chizamiz. Ruchka bilan yozamiz. (20 so’z)
O’quv yili davomida o’tilganlarni takrorlash
Lug’at diktant
1.Anor, archa, arra, bolg’a, bolta.
2.Vatan, ayvon, darvoza, arava.
3.Paxta, taxta, bodring, shudring, rang, chang.
Ko’rsatuv va izohli diktantlar
Sanoq
Sanoqni bilish zarur. Kim ko’p sanaydi? Sanab ko’ring. Nechagacha sanay olasiz? (12 so’z)
Buvim
Mening buvijonim borlar. Ularni juda yaxshi ko’raman. Buvim qiziq ertaklar aytib beradilar. (13 so’z)
Ko’chat
Bahorda otam olma ko’chati ekdi. Opam va men ko’chatga suv quydik. Ko’chat yaxshi o’sdi. (15 so’z)
Hashar
Uyimizga ancha odam yig’ildi. Ularning biri loy qordi. Biri g’isht tashidi. Boshqasi devorni suvadi. ( 15 so’z)
Aziz
Ukam Aziz ikki yoshda. U pildirab yurib ketdi. Goh yiqilib tushadi. Yig’lamaydi. Yuraman deb shoshiladi. (15 so’z)
Chumchuq
Chumchuq olma shoxida edi. So’ng ayvonga qo’ndi. Biz don berdik. U donni yedi. Qanotlarini silkitdi. Rahmat aytganday bo’ldi. (19 so’z)
O’quvchi
Maktabning o’z tartibi bor. Yaxshi o’quvchi tartibni buzmaydi. Darslarga kechikmaydi. Ozoda kiyinadi. O’quv qurollarini yaxshi saqlaydi. Sinfni iflos qilmaydi. O’rtoqlariga yordam beradi. (23 so’z)
Yoddan yozuv diktanti
Oltin o’tda bilinadi,
Odam—mehnatda.
Hunar bo’lsa qo’lingda,
Non topilar yo’lingda.
Yer egasi bo’lma,
Mehnat egasi bo’l.
Kamtar bo’lsang,
Kamol topasan.
Do'stlaringiz bilan baham: |