Bitiruv malakaviy ishining o’rganilganlik darajasi.
Badiiy asarlarni
ifodali o’qish harakati ko’p ilgari boshlangan. Fikrimizni bir necha misol
yordamida dalillash mumkin. Xalq dostonlari baxshilar ijrosida tinglovchilarga
yetkazilgan. Dostonning she’riy qismi kuy jo’pligida kuylansa, nasriy qismi
chiroyli ovozda o’ziga xos ohang bilan ifodali yod aytilgan. Baxshilar yoki xalfalar
ifodali o’qish bo’yicha yetuk mutaxassislar bo’lganlar deyish o’rinli. Bu holat xalq
orasida ifodali o’qishning keng yoyilishiga asos bo’lgan. Ikkinchi xil holatga
qarang: to’y marosimida turli hududlarda turlicha aytimlar bo’lgan. Kelinsalom,
she’riy aytishuv, masalan, Buxoroda “muxammasxonlik”. Muxammasxonlikni
hamma ham uddalamagan. Muxammas aytuvchi kelin yoki kuyovning
qarindoshlarini ta’riflab she’r aytgan. Bunday aytim aytuvchining repertuari boy
bo’lishi, o’zida badihago’ylik qobiliyati mavjud bo’lishi, ya’ni har xil holatda ham
vaziyatga mos she’r aytish uchun o’zining ta’bi nazmi bo’lishi shart bo’lgan.
Nikoh to’ylari jarayonida kelinsalomga chiqarilar ekan, yoshi ulug’, tajribali, ayni
damda,
qobiliyatli
ayollar
kelinsalom
aytganlar.
Ularning
aytgan
12
kelinsalomlariga bog’liq holda kelin kuyovning qarindoshlariga, qo’ni-
qo’shnilariga salom bergan. Kelinsalomning qiziqarli, chiroyli chiqishi uni o’qigan
ayol qobiliyatiga, ovoziga bog’liq bo’lgan. Yoshlar baxshilarni, folklor asarlarini
turli marosimlarda ijro qiluvchilarni, aytaylik, afsona, ertak, qissa aytuvchilarni
tinglab, ulardan ta’lim-tarbiya olish bilan bir qatorda badiiy asarlarni ifodali
o’qishni o’rganishgan. Folklor namunalarini ijro qiluvchilar o’zlariga voris
tayyorlar ekanlar, ular ifodali o’qish qonun-qoidalarini ham o’rgatganlar. Boshqa
misolga murojaat qilaylik: “Qur’oni Karim” qiroati alohida tayyorgarlikni talab
qilgan. Qiroati yoqimli bo’lgan qorilar alohida e’zozlangan. Demakki, ifodali
o’qish negizi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Ko’rinadiki, ifodali o’qish xalqimiz
tabiatiga singib ketgan. Ammo badiiy adabiyotning barcha turdagi asarlariga
tegishli asarlarni ifodali o’qilishiga birday e’tibor qilinmaydi. Shu sababdan ifodali
oqishning o’ziga xos jihatlariga alohida e’tibor qiulinishi shart. Bugunga kelib
badiiy asarlarni ifodali o’qishga etibor, ayniqsa, boshlang’ich sinflarda
susayganday ko’rinadi. Bunday kamchilikning ildizlaidan biri boshlang’ich ta’lim
ixtisosliklarida ifodali o’qish asoslarining o’tilmasligidir. Ayni choqda,
o’quvchilarda ifodali o’qish malakalarini shakllantirish yo’llarini o’rgatuvchi ilmiy
manbalar barmoq bilan sanarli. Hozirgacha mavzuning ilmiy jihatdan o’rganilishi
haqida to’xtalsak.
Obrazli, ifodali o’qish xususiyatlarini yoritib beruvchi ilk manbalardan biri
Arastuning “Poetika” asaridir. Bu asarda badiiy adabiyot janrlari xususida fikr
yuritilgan. Ifodali o’qishni o’rganadiganlar uchun bu nazariy ma’lumotlar muhim.
Arastuning “Ritorika” asari esa notiqlikning nazariy asoslarini o’rgatuvchi asar
sifatida Sharq-u G’arbda mashhurdir. Olimlar Mahkam Mahmudov va Rashidxon
Shukurovlar “Arastu “Ritorika”sida notiqlik san’ati va ma’naviyat muammolari”
nomli tadqiqotlarida shunday yozadilar: “Deklamatsiya – ijro masalasi. Arastu
fikricha, tragediya va rapsodiya (doston aytishga) voqea, harakat kiritilmagan,
avvallari faqat shoirlar, rapsadlar voqeani bayon qilar edilar (Keyinroq bir, ikki,
uch aktyor va xor ijrochilari qo’shildi). Asarni bir odam (shoir, dostonchi – rapsod)
ijro etganida turli qahramonlarning xarakterini ko’rsatish uchun shoir yoki rapsod
13
(aktyor kabi) ovozini turlicha qilib o’zgartirishi zarur edi. Ayniqsa, ehtirosli
sahnalarda. Shoir, rapsod qahramonlarning holatiga muvofiq goh baland ovozda,
goh sekin, goh qichqirib, goh o’rtacha ovoz bilan ijro qilishi ritmni ham aks
ettirishi kerak edi”
2
. Yunon olimlari fikrlarini o’rgangan sharqliklar, jumladan,
o’rta osiyoliklar notiqlik yoki voizlik, qiroat haqida oz-moz fikr yuritdilar. Abu
Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sinolar yetuk mutafakkirlar bo’lib, asarlarida nutq
madaniyati, ifodali so’zlashga e’tibor qaratganlar. Bunday e’tibor Kaykovusning
“Qobusnoma” asarida ham ko’rinadi. Hazrat Alisher Navoiyning “Majolis un-
nafois” asarida mohir voizlar haqida mulohazalar uchraydi. Shunga qaramay,
ifodali o’qishning fan sifatida shakllanishi uchun ko’p asrlar kerak bo’ldi.
Yuqoridagi fikrlar ham ko’rsatib turibdiki, XX asrning 60-yillarigacha ifodali
o’qish masalasiga alohida e’tibor berilmadi. 70-yillarga kelib qo’llanma, risola,
darsliklar paydo bo’ldi. Misol sifatida aytish kerakki, M. Inomxo’jayeva, A.
Zununovlarning “Ifodali o’qish asoslari”, K. Oripov, M. Obidovalarning “Ifodali
o’qish ko’nikmalarini takomillashtirish”, R. Ubayxo’jayevaning "O’quvchilarning
ifodali o’qish ko’nikmalarini takomillashtirish" nomli boshlang’ich sinf
o’qituvchilari uchun qo’llanmasi va shu kabi qo’llanma va darsliklari ifodali
o’qishning o’ziga xos jihatlarini yoritish maqsadida yuzaga keldi. Bu darslik va
qo’llanmalarda talabalarda ifodali o’qish ko’nikma va malakalarini shakllantirish
to’g’risida fikr yuritilgan. Zabardast olim Boqijon To’xliyevning “Adabiyot
o’qitish metodikasi”, M.Mirfayozov, A.Bobomurodovlarning “4-8-sinf adabiyot
darslarida ko’rgazmalilik” nomli tadqiqotlarida ham ifodali o’qish masalalariga
to’xtab o’tilgan. Ammo aksariyat tadqiqotlar yuqori sinf o’quvchilariga ifodali
o’qishni o’rgatadigan tadqiqotlar bo’lib, A. Ubayxo’jayevaning qo’llanmasida
boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun yordam sifatida ifodali o’qish xususiyatlari
yoritilgan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ifodali o’qishga o’rgatish masalasi bilan
metodist olimlar oldindan qiziqib kelaganlar. O’quvchilarning ifodali o’qishga
o’rgatish sinfdan tashqari o’qish darslarining asosiy vazifasi ekanligi metodik
2
Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. Ritorika. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2011. – B. 317-318.
14
adabiyotlarda qayd etilgan. Bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.
Boshlang’ich
ta'limda mazkur soha bo‘yicha rus metodist olimlari
N.N.Svetlovskaya, O.V.Djejeley V.I.Ionovalarning ilmiy ishlari, darslik va
qo’llanmalari nashr etilgan. “Ona tili o’qitish metodikasi”
3
, X.G’ulomova va
U. Shermatovalarning “Kitob o’qishni sevamiz”
4
qo’llanmalarida ham
o’quvchilarda ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirish masalalari yoritilgan,
o’qish uchun asarlar tavsiya etilgan. Hozirgi davr talabi bu ishlarni
takomillashtirishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |