10
Kirish
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
Mustaqilligimizning
sharofati tufayli yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor berilmoqda. Badiiy adabiyot
ta’lim-tarbiyaning, yoshlar kamolotini ta’minlashning muhim omili ekan, uning
targ’ibotini kuchaytirish zarur.
Badiiy adabiyot ma’naviy tarbiyaning asosiy qurolidir. Bu haqda
Prezidentimiz I.A.Karimov shunday ta’kidlaydilar: “Insonni, uning ma’naviy
olamini kashf e‘tadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo’lsa, so’z san’ati,
badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa
inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta”
1
. Ana shu inson
ruhining muhandislari yaratgan asarlarni tushunib, mohiyatiga yetib, qadrlab
o’qishni o’rganish yosh avlod komilligi yo’lida muhim rol o’ynaydi. Buning uchun
ifodali o’qishni ham atroflicha o’rgatish o’ziga xos o’ringa ega.
O’quvchilar ma’naviyatini yuksaltirish turmush obodligi – ko’ngil
obodligini, demakki, Vatan obodligini ta’minlash yo’lidagi ulug’ vazifalardan
biridir. O’quvchilarning ma’naviy barkamolligini, har jihatdan yetukligini
ta’minlash yo’lida badiiy adabiyot ham xizmat qilar ekan, uning o’qitilishini,
targ’ibini to’gri yo’lga qo’yish lozim.
O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan
ilk bor alifbe va o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali
o’quvchilarning Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari bo’yicha o’zlashtirishlari
ko’zda tutilgan o’quv-biluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga
yo’l ochiladi. Aynan o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa,
olamni anglashga bo’lgan intilishlariga turtki beriladi.
O’quvchini badiiy asarga qiziqtirish jaroyonida ifodali o’qishning o’rni
beqiyos. Ifodali o’qish o’quvchida zavq, adabiyotga mehr hosil qilish bilan birga
uning ruhini oziqlantiradi, ma’nan boyishiga, go’zallikni qadrlashiga ko’mak
1
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B. 136.
11
beradi. Shu bois nafaqat maktab, balki bog’cha davridayoq bolalarni asarlarni
ifodali o’qishga o’rgatish lozim.
Ifodali o’qish malakalarini shakllantirishning turli-tuman yo’llari bor.
Buning uchun o’quvchining yosh xususiyatlariga ham alohida diqqat qilish
kerak. Bu muammo kichik-kichik maqolalarda bir tomonlama o’rganilgan
bo’lsa ham atroflicha monografik tadqiq qilingan emas. Ayniqsa, 1-sinf
oquvchilarining turli turga tegishli asarlarni ifodali o’qishga o’rganishlari
masalasi hech tadqiq qilinmagan. Shu ma’noda mavzu qamrab olgan
muammo dolzarblik kasb etadi.
Hozirgi kunda badiiy ijodda mavzularning xilma-xilligi, bolalar
adabiyotidagi
o’zgarishlar,
jamiyat
taraqqiyoti
ta’sirida
bolalar
dunyoqarashining kengayib borayotgani, o’quvchilarning mustaqil o’qish
ko’nikmalarini shakllantirish, sinfdan tashqari o’qish darslarini axborot
texnologiyalari asosida tashkil etish imkoniyatlarining kengligi, ifodali
o’qish ko’nikmasini shakllantirishning samarali, yangi bosqichga
ko’tarilayotganligi masalasi mazkur mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: