2.Kuzatish metodi - odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo'naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish metodidan o‘quv-tarbiya ishining u yoki bu sohasidagi ishning qanday borayotganini o'rganish uchun foydalaniladi.Kuzatish tutash yoki tanlama bo'lishi mumkin - 1.Ilmiy tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog'lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o'rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborot- larni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o'rganish, suhbat va so'rovnomalar o'tkazish, ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.
- 3.Tajriba - bu ham kuzatish bolib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o'zgartirib turiladigan sharoitda o'tkaziladi. Pedagogik Tajriba o'qitishning va tarbiyalashning u yoki bu usulining, ko'rsatma - qollanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda qo’llaniladi.
2.Reproduktiv metod. Reproduktiv metodning asosiy belgisi faoliyat usulini tiklash va o'qituvchining topshiriqlari bo‘yicha takrorlashdan iborat. Bu metod yordamida o'quvchilarda malaka va ko'nikmalar tarkib topadi. - Tushuncha - bu predmet to'plamlarining muhim, umumiy belgilari to'g'risidagi fikrdir. Tushuncha o'quvchilarda predmet va haqiqiy olamhodisalarining hissiy obrazlari bolgan tasavvurlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.
- 1.Izohli-illyustrativ metod. Yangi axborotlarni ilgari o'zlashtirilgan axborotlar bilan taqqoslashadi va eslab qolishadi
- 3.Bilimlarni muammoli bayon qilish.
- Izlanishlarni olib borishga o'rgatadi
- 4.Qisman izlanish yoki evristik metod.
- O‘quvchilarni mustaqil faolliklari darajasiga ko‘ra klassifikasiyalanuvchi metodlar
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: Matematik to‘garaklar, olimpiadalar, qiziqarli matematik kechalar, matematik ekskursiyalar., matematik gazetani chiqarish, matematik viktorina va burchaklarni tashkil qilish. - Mashg‘ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10-12 minutdan 1 soatgacha mo'ljallangan bo‘lishi mumkin.
- Suhbat - o‘qitishning savol-javob metodidir. O‘qitishda suhbatning ikki xilidan, ya’ni katexezik va evrestik suhbatdan foydalaniladi.
- Mashq deb biror amalni, shu amalni o‘zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish va ijodiy mashqlarga katta ahamiyat beriladi. Ijodiy xaraktyerdagi mashqlarga masalan, masala va misollarni turli usullar bilan yechish, ifoda bo‘yicha masala tuzish, qisqa yozuv, chizmaga ko‘ra masala tuzish, muammoli masalalarni yechish mashqlari va boshqa mashqlar kiradi
- Raqamlash metodikasi bosqichda o'qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10, 100 ichida, 1000 ichida va ko‘p xonali sonlarni sanay olishini, didaktik tamoyillar asosida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat.
- 1-o‘nlikni raqamlashda 1-10 sonlarini sanash, raqamlarni aytish, ketma-ketligini,
- katta-kichikligini o‘zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o‘nlik bilan nol soni ham birga o‘rgatiladi. Uni bo‘sh to‘plamning xarkteristikasi sifatida berilgan. Raqamlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni raqamlash qaraladi.1-,2-, ....o‘nliklarni hosil qilish, birgalikda o‘nliklarni, ya’ni o‘nli sanoq tizimining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida
- va ko‘p xonali sonlar og‘zaki va yozma raqamlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning nomlarini o‘rgatishlar amalga oshiriladi. Nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang'ich matematika kursini asosini tashkil qiladi. Unga qo'shib algebra va geometriya elementlari o'qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni asta-sekin o‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi.
- Raqamlashni o‘rgatish ikki bosqichga ajratiladi:11–20 sonlarni raqamlash va 21–100 sonlarni raqamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |