1-sinf
Matematika
Mavzu: Sodda yassi va fazoviy figuralar (mustahkamlash)
Darsning maqsadlari:
ta’limiy: o‘quvchilarning sodda yassi va fazoviy figuralar haqidagi umumiy ma’lumotlarini mustahkamlash, figuralarni farqlashga o‘rgatish. Fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish, tahlil qilish, ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK1: tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va tasvirlay oladi;
tarbiyaviy: tabiatga nisbatan mehrli bo’lish va ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga o’rgatish, do’stona munosabatni tarbiyalash.
TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhlarda ishlash.
rivojlantiruvchi: tanqidiy hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
FK2: matematikani o‘rganish jarayonida o‘zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira oladi;
Dars turi: yangi mavzuni o’rganish
Dars metodi: didaktik o’yinlar: “Parashyutni och!”, “Jim”, “Mosini top”, “Aralash shakllar”
Dars jihozi: sodda, yassi figuralar rasmlari, fazoviy figuralar maketlari, mavzuga oid slaydlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsning maqsadini aytish
Darsga hozirlik ko’rish.
O‘qituvchi: ― Hozirgi darsimizning nomi nima? (Matematika).
Dars shiori: Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh!
― Albatta, hisobni bilmagan inson hech qaysi kasbni mukammal egallay olmaydi.
II. O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifani tekshirib chiqaman.
(O‘quvchilar fazoviy va yassi figuralarning nomini aytishadi).
Sodda yassi figuralar: to‘rtburchak, uchburchak, doira, beshburchak, kvadrat, oltiburchak.
Fazoviy figuralar: konus, kub, silindr, piramida, shar, parallelepiped. (O‘qituvchi o‘quvchilar bilimini to‘ldiradi).
“Jim” o’yini.
73 raqamini ko’rsataman, o’quvchilar qo’llaridagi raqamli kartochkalardan 70 va 3 sonini ko’rsatadi.
S hu tariqa uyga berilgan 9-misolning yechilishini takrorlab olamiz.
2. Og’zaki hisob: Parashyutni javoblar bilan bog’la!
30+20
70-10
20+60
60 80 50
Guruhlarda ishlash.
O‘quvchilar 5 guruhga bo‘linishadi.
1- guruh: «Konus»
2- guruh: «Piramida»
3- guruh: «Kub»
4- guruh: «Silindr»
5- guruh: «Shar»
1-topshiriq: «Shakllarda sonlar aksi».
Har bir guruhga shakllar tasvirlangan A4 formatdagi qog‘ozlar tarqatiladi va bir xil shaklni bo‘yash aytiladi. Rasmlarda 1,2,3,4,5 sonlari namoyon bo‘ladi.
― Bu raqamlar nimani anglatyapti? (O‘quvchilar 5ta tashabbusni aytib berishadi).
Kub piramida konus silindr shar
I II.Yangi mavzu bayoni
2-topshiriq: «Aralash shaklllar»
10- misol, slaydda berilgan figuralar orasidan yassi va fazoviy figuralarni ajratib yozish topshirig‘i beriladi. Figuralar raqamlangan bo‘ladi. Har bir guruh maslahatlashgan holda figuralarni ajratib, raqamlarini yozishadi.
3-topshiriq:
11-misol
Bir ustunga sonlar yig’indisini, ikkinchi ustunga sonlar ayirmasini yozing va uni yeching:
40+20= 50-20=
20+10= 90-40=
30+20= 70-30=
Mosini top! 60 30 30 50 40 50
IV. Mustahkamlash.
4-topshiriq: Masalani yeching:
- 20 tup
70 tup
- ? tup
Yechish:
70-20= 50
Javob: 50 tup oq atirgul
Og’zaki savol-javob:
Sonlarning har birida nechta o’nlik va nechta birlik bor?
96 = 9 ta o’nlik 6 ta birlik
38=3 ta o’nlik va 8 birlik
67= 6 ta o’nlik va 7 birlik
85= 8 ta o’nlik va 5 birlik
27= 2 ta o’nlik va 7 birlik
V. Dars yakuni. O’quvchilar darsdagi faolligiga qarab baholanadi.
V I. Uyga vazifa: 15-misol
“TASDIQLAYMAN”
47-MAKTAB DIREKTORI:
_____TASHIMOV Y.
„___“____2021-YIL
Qibray tuman XTB ga qarashli
47- umumta`lim maktabining
boshlang`ich sinf o`qituvchisi
TUXTAYEVA KAMOLANING
1
" Sodda yassi va fazoviy figuralar (mustahkamlash)"
-“A” sinf matematika fanidan
MAVZUSIDA DARS ISHLANMASI
Do'stlaringiz bilan baham: |