2.2. Didaktik o’yinlarning tasnifi va klassifikatsiyasi.
O’yin - bolalarning ongi, qalbiga singib ketgan faoliyatdir, ularning bu faoliyati, o’yin turlariga qarab, ob’ektiv voqelikni, hayotni muayyan darajada o’zida aks ettiradi. O’yin - bola hayotining uzviy qismidir. O’yin orqali bola atrof- muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o’simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi.
Boshlang’ich ta’lim davrida o’quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o’yinlar alohida ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlar o’quvchilar aqlini charxlaydi, so’z boyligining oshishi, og’zaki nutqining riivojlanishida, mukammal inson bo’lib kamol topishida g’oyat katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. Didaktik o’yinlar jarayonida, o’quvchilar o’yin qoidalariga qat’iy rioya qilishga o’rganadilar, inoqlik his-tuyg’ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi. Ayniqsa o’yin jarayonida ularning idroki, zehni, xotirasi, bilim olish ishtiyoqi oshib, mustahkamlana boradi. O’quvchilarning iste’dodi, ijodiy qobiliyati namoyon bo’la boshlaydi.
Ta’lim jarayonida didaktik o’yinlar o’quvchilarning yosh xususiyatlariga ko’ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko’rgazmalilikni taminlashga qaratilgan bo’lib, o’quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi vaqtda o’yinlarning takomillashgan turlari mavjud. O’yinlar bilan o’qitish nafaqat maktabgacha ta’lim muassasalari yoki boshlang’ich ta’lim muassasalari, balki ta’limning boshqa turlarida ham qo’llanilishi mumkin.
O’qitish o’yinlari 3 asosiy vazifani bajaradi:
vositali: aniq bir ko’nikma va malakalarni shakllantirish;
inotik: o’quvchilarda bilimlarini shakllantirish va ularning fikrlarini rivojlantirish;
ijtimoiy- psixologik: kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantirish.
Har bir vazifa o’yinning aniq bir turiga mos keladi: instrumental vazifa o’yin mashqlarda, mostik didaktik o’yinlarda, ijtimoiy-psixologik esa rolik o’yinlarda ifodalanishi mumkin.
O’qitish o’yinlarning samaradorligini oshirish uchun uning texnologiyasi:
Boshlang’ich ta’limda bolalarga mo’ljallangan ixtiyoriy o’qitish o’yini quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin.
O’yin muhitining yaratish. Bu bosqichda o’yinning mazmuni va asosiy vazifasi aniqlanadi, o’quvchi-bolalarning psixologik tayyogarligi ta’minlanadi.
O’yin jarayoning tashkil etish. Bu bosqichda o’quvchi bolalarga o’yin-qonda va shartlari tushuntiriladi hamda ular orasida bajariladigan rollarni taqsimlash amalga oshiriladi.
O’yinni o’tkazish. Bunda o’yinni o’tkazish maqsadlariamalga oshiriladi.
Yakun yasash. Bu bosqichda qisman o’quvchi-bolalarning o’zlari ham, maxsus ekspertlar (psixolog, pedagog) tomonidan ham o’yinning borishi, natijalari va qo’yilgan maqsad to’la amalga oshgan yoki oshmaganligi tahlil qilinadi.
Shuni ta’qidlash kerakki, o’qitish o’yinlarida faqat bir oddiy o’yin uslubidan foydalanilmaydi. O’yin jarayonida guruhiy, yakkama-yakka, murabbiy va o’quvchi-bolalarning birlamchi muhokamasi, sodda test o’tkazish (masalan, rasmlardan iborat bo’lgan testlar) va so’rov, rasmiy vaziyatlar yaratishlardan foydalanish mumkin.
O’qitish o’yinlarining uslubi va xususiyatidan kelib chiqqan xolda, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin.
Imitatsion o’yinlar (aniq ishlab chiqarishga kasbga qiziqtirishga) yo’naltirilgan, elementlar ko’nikmalarni shakllantirishga mo’ljallangan o’qitishda foydalaniladi.
Mazmunli-rolli o’yinlar (ularning asosida aniq vaziyat-hayoti, ishchanlik yoki boshqa sifatlar yotadi. Bunday holda, o’yinda har bir bola aniq rolni bajaradigan teatr qo’yishni eslatadi). Masalan, “O’yinchoqlar do’koni va xaridorlar”, “sabzavotlar bozori” kabi o’yinlar o’tkazilishi mumkin. Bular intellektual faoliyat shaklidagi ijodiy o’yinlardir, shuning uchun, ayni holda o’quvchi-bolalarni tayyorlash va o’yin senariyasini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega:
Innovatsion o’yinlar (ularning boshda o’yin turlaridan ajralib turadigan farqi harakatli tuzilishga ega ekanligi va o’yinlar bir necha o’qitish-rivojlantiruvchi “fazolarda” masalan, kompyuter dasturlaridan foydalanib o’tkazishdir. Innovatsion o’yinlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sifatli bilim olishga qaratilgan. Agar yuqorida misol keltirilgan o’yin turlari uslubi bilan farq qilgan bo’lsa, u holda oxirgilarini ajratish tamoni-aniq vaziyatni boshqarish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat bo’lgan maqsad o’yinining mo’ljallanishidir). Masalan komp’yuter dasturida amalga oshiriladigan sodda “Labirint” o’yini yoki o’n sonigacha chegarada bajariladigan maxsus “Hisobla!” o’yinlari innovatsion o’yinlarga misol sifatida olinishi mumkin.
Tashkiliy- faoliyatli o’yinlar. Bularda etibor ko’proq o’yin vaziyatlarini tashhis qilish va muammoni yechish variantlarini tanlashni asoslashga qaratiladi. Uslub nuqtai nazaridan, bu yerda e’tibor ko’proq bolalarning muloqotiga va guruhiy ishlarining boshqa shakllariga qaratiladi.
Ishchan o’yin (trening)lar. Eng samarali uslublardan biri ishchanlik o’yinidir. Uni modellashtirish jarayonida muammoli vaziyat aniqlanadi va qo’yiladi, o’yin maqsadi va uni yechish yo’llari izlanadi. Ishchanlik o’yinlari maktabgacha va boshlang’ich ta’lim muassasalarida, shuningdek, ta’limning boshqa turlarida ham qo’llanilishi mumkin. Bunday o’yinlarda “Men murabbiy,” “Men haydovchi,” “Men katta bo’lsam...” kabi o’yinlarda bolalarda ishchanlik o’yin elementlarini shakllantirish mumkin.
Har bir didaktik o’yinni o’tkazishda muayyan maqsad, masalan, biror harakatni, biror hisoblash usulini, ya’ni ma’lum didaktik topshiriqni mustahkamlash vazifa qilib olinadi. Masalan, ”Teatr” o’yiniga qo’yiladigan didaktik topshiriq bolalarning oldingi darslarda tanishgan 5 soni haqidagi tushunchalarini mustahkamlashdan iborat. “Doiraviy misollar” o’yinida esa ikinchi o’nlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat bo’lgan didaktik topshiriq qo’yiladi.
Bolalarga o’yinni o’rgatishdan muayyan ta’limiy maqsad nazarda tutiladi. o’yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. o’yin o’tkazilish shakllari va usullari bilan ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi.
Didaktik o’yinlar ta’limning ko’rgazmaliligini, o’qituvchining nutqini va bolalar harakatini o’z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko’rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug’iladi. Bu esa o’qituvchining aytganlarini bolalarning o’ylab olishiga va o’sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik o’yinlar qoidalarini o’quvchilarning o’zlari bajarishlariga imkon beradi. Didaktik o’yinlarning bo’ tarzda tuzilish xususiyatlari o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o’yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |