63.Bu bog'lar ichida oq, qizg'ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko'rkam binolar, ko‘shklar, kichik-kichik saroyiar ko'zga tashlanadi. Ushbu gapda nechta sifat qatnashgan va ularning tuzilishga ko'ra turlarini aniqlang.
A.4 ta sodda, 1 ta qo'shma, 1 ta takroriy sifat
B.5 ta sodda, 1 ta takroriy sifat
C.3 ta sodda, 1 ta qo'shma, 1 ta takroriy sifat
D.3 ta sodda, 2 ta qo'shma, 1 ta takroriy sifat
64.Qaysi gapda juft sifat vositasiz to'ldiruvchiga bog'langan?
A)Menga o'xshash esli-hushli yigit- ga zoriqib o'tirgan ekan
B.Alg'ov-dalg'ov shamol esib turar edi
C.Ba'zan plitka shokoladmi, arzon- garov qo'g'irchoqmi olib keladi
D.Shoxlar qurib, ularda yakkam- dukkam yaproqlargina qoladi
65.Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri otlashgan sifatlarga xos emas?
A.Otga xos ko'plik qo'shimchasini qabul qiladi B.Otga xos egalik qo'shimchasini qabul qiladi
C.Otga xos yasovchi qo'shimcha- larni qabul qiladi
D.Gapda otga xos barcha sintaktik vazifalarni bajara oladi
66.Sifat yasovchi qo'shimchalar qo'shilishi bilan ayrim so'zlarda qanday tovush o'zgarishlari ro'y beradi?
A.tovush tushishi, tovush ortishi B.tovush tushishi, tovush almashishi
C.tovush ortishi va almashishi D.tovush tushishi, ortishi, almashishi
67.Hayotdan ham qadrliroq narsa bor bo'lsa, bu - sogliq, olimdan ham qo'rqinchliroq narsa bor bolsa, bu - ka- sallik, hay otga teng narsa - boylik, olim bilan barobar narsa - faqirlik.
Ushbu gapdagi yasama sifatlar tarkibida nechta so'z yasovchi qo'shimcha mavjud? A) 4 B) 5 C) 3 D) 2
68.Qaysi gapda til orqa undoshi sifat yasovchi qo'shimcha vazifasini bajargan?
A)Qo'rqoq oldin musht ko'tarar
B)Onangning har bir aytgan gapi qulog'im ostida jaranglaydi
C)Elakka chiqqan xotinning ellik og'iz gapi bor
D)Olmalarni saralayotganda chi- riklarini alohida ajratib oling
69.Qaysi gapda uchta yasama sifat ishtirok etgan?
Tuproq qatlami qalin, sersuv yer- larda o'sgan archalar yo'g'on va bo'ydor bo'ladi
Atrofdagi hovlilardan ko'tarilgan tutunlar ko'kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi
C)Shahzodaning dilini ma’yus, har kungi mudhish tuyg'ularga o'xshmagan, allaqanday pokiza hislar chulg'ab oldi
D)Daryoga doimiy ravishda irmoq- lar kelib qo'shilib turmasa, uning oqimi jo'shqin bo'la olmaydi
70.Qaysi gaplarda ishtirok etgan yasama sifatlarning asosi ham, ko'mak-
chi morfemasi ham shakldoshik xususi- yatiga ega?
1.Kechki payt hujrada Boburning yolg'iz o'zi o'tirar edi.
2.Bo'm-bo'sh otxonaning eshigi lang ochiq turaredi.
3.Osmon tip-tiniq, yulduzlar siyrak edi.
4.Sergaplik dushmaningdir, chunki u sening ayblaringni ochib tashlaydi.
1,2, 3,4 B) 1,2 C)1, 2, 3 D)1, 3
71.Qaysi gapdagi yasama sifatning asosi omonimlik xususiyatiga ega?
Bilimdon o'z bilimi tufayli har qa- chon ofatlardan omon qoladi
Jo'shadi buloqning kumush yoshlari, ham mungli, ham shirin jildi- rashlari
O'ymakor gullar bilinmaydigan darajada o'chgan eshikka kiramiz
Xalqimiz faqat jisman emas, qal- ban ham uyg'oq bo'lishi lozim
72.Qaysi javobda sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha bilan omonimlik hosil qiladigan sifat yasovchi qo'shimchalar ko'rsatilgan? 1) -ma; 2) -siz; 3) -in; 4) -k; 5) -q. A)2, 4 B) 1,3, 4 C) 2, 3D) 1,2, 3
73.Qaysi qatordagi gapda yasovchi qo'shimchasi jarangli undoshdan so'ng qo'shilgan yasama sifat berilgan?
Yo'lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning tanga-tanga barglari iliq quyosh nuridan marvariddek tovlanadi
Bo'm-bo'sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi
Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunohkor esa g'am va qayg‘u ostidadir
Osmonda barkashdek qip-qizil to'lin oy suzardi
74.Yasama fe’ldan yasalgan sifat qaysi qatordagi gapda qatnashgan?
A)Bog'imizda sayroqi qushlar to'lib yotibdi B)Uning so'zlari samimiy va iliq edi
C)Ariqlarda suv emas, o'ynoqi nur oqadi D)Bo'm-bo'sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi
75.Qaysi qatordagi gapda sifatdan yasalgan yasama sifat ishtirok etgan?
A)Avaz dahlizdan rangdor vassal, sertokcha uyga kirdi
B)Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunohkor esa g'am va qayg'u ostidadir
C)Foydali ishni qilishdan charchama
D)Rostgo'y kishilar hech qachon yolg'on gapirmaydilar
76.Qaysi gapda asosi yasama ot bo'lgan sifat aniqlovchi vazifasini bajar- gan?
A)Yozgi harakat - kuzgi barakat
B)Dunyoda eng orzumand xalq o'zbek bo'lsa ajabmas
C)Tuproq juda bo'liq va serunum bo'lsa kerak
D)Bilimli va iste’dodli kishilar elda aziz
77.Qaysi gapda yasama sifat tarkibidagi so'z yasovchi qo'shimcha tor unlidan keyin qo'shilmagan?
A)Sovuqni sovuq deysan, issiqni issiq deysan
B)G'iyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi
C)Bahorning iliq kunlaridan biri edi
D)Balandparvoz, quruq gapir- gan odamning gapi bemaza qovunga o'xshaydi
78.Qaysi qatordagi gapda otdan yasalgan yasama sifat otlashgan?
A)Achchiqni achchiq kesar
B)Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil
C)Aqlli va dono kishilar yo'lda adashmaydi
79.Hunarli o'lmas, hunarsiz kun ko'rmas Qaysi qatordagi gapda yasama sifat mavjud?
Kech kirib, ajib bir so'lim payt boshlandi
Do'mbirachi qadim qozoq kuylari- dan dostonlar kuylamoqda
Otin bibi qari, jiddiy, sersavlat xotin
Men tomosha qilib boraman, xayol qanotida go'yo sahrolar, tog'lar kezaman
80.Sifat + ot shaklidagi qo'shma sifat- lar qatnashgan gapni toping.
Shirinsuxan, oqko'ngil insonlar mevali daraxtga o'xshaydi
Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag'ishlaydi
Toshbag'ir odamdan yaxshilik kutma
Hulkarning och jigarrang yonoq- larida ajib bir qizillik o'ynaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |