Izlash
Начало формы
Saytdan qidirish:
Конец формы
Eng yangi maqolalar
Ta’lim-tarbiya bo’yicha hikmatli so’zlar
Kitoblar bilan bog`liq faktlar
Farzandning ota-ona oldidagi odob qoidalari
Til haqida she’rlar to’plami
Til haqida maqollar
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Elektron darsliklar (barcha maktab o’quv fanlarining elektron shakli) - 48 001
O’quvchilar aqlini charxlaydigan qiziqarli va mantiqiy savollar to’plami (javobi bilan) - 24 741
2019-2020 o’quv yili uchun tayanch o’quv reja tasdiqlandi - 12 669
1-11 sinf tarbiyaviy soat yillik dars ishlanmalar - 11 266
Mantiqiy savollar javoblari bilan 100 ta, DAHSHAT! - 10 329
Tasodifiy maqolalar
O’rindoshlik asosida qancha ishlash mumkin?
Liderlikni aniqlash testi
2019-2020 o’quv yili uchun maktab ish rejasi namunasi
Prezident maktablarida kimlar o’qishi mumkin?
O’qituvchi o’quvchiga qattiqqo’llik bilan munosabatda bulishga haqqi yo’qmi?
So’nggi fikrlar
Elektron darsliklar (barcha maktab o’quv fanlarining elektron shakli)"Gulchehra Yuldoshova"ga
Prezident maktablarida kimlar o’qishi mumkin? "Shahlo"ga
Sizningcha, daraxtdagi odamlardan qaysi biri eng ahmoq? "Baxtiyor Roziq"ga
Sizningcha, daraxtdagi odamlardan qaysi biri eng ahmoq? "sayyora"ga
Rus tilini mustaqil o’rganish uchun o’zbekcha audio darslik "Xomidov Jahongir"ga
Bo’limlar
Abituriyentlarga (4)
Android dasturlar (1)
Audio kitoblar (7)
ibratli hikoya va rivoyatlar (4)
Ko'zi ojizlar uchun (15)
O'qituvchilarga (125)
Dars ishlanmalar (8)
Dolzarb savollarga javoblar (17)
Hujjatlar (11)
Ko'rgazmali materiallar (1)
Senariylar (6)
Tavsiyalar (9)
Yangi metodlar (12)
Yangiliklar (1)
Yillik ish rejalar (22)
O'quvchilarga (31)
Ota-onalarga (13)
Psixologik testlar (35)
Qanday qilib (6)
Shaxsiy rivojlanish (19)
She'rlarim (3)
O’z fanini sevuvchi o’qituvchilar darsni tashkil etishda o’quvchilar qiziqishini oshirish va darslarni jonlantirish uchun turli metod va o’yinlardan foydalanadi. O’yin asosida olib borilgan mavzular esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Qolaversa, o’quvchilar ham noodatiy darslarni yaxshi ko’radilar.
Quyida sizlarga foydalanilishi mumkin bo’lgan ana shunday o’yinlardan ayrimlarini izohlab beraman. Uni siz kenggaytirishingiz, o’z ijodkorligingiz bilan yondoshib boyitishingiz mumkin.
1 “Baliq ovi” o’yini.
Doskaning bir tomoniga dengiz rasmi, ikkinchi tomoniga akvarium rasmi tushiriladi. Dengizda baliqlar bo’ladi. O’quvchi dengizdagi baliqlardan birini tutib uni orqa qismidagi savollarga javob beradi. Javob to’g’ri bo’lsa baliqni akvariumga, noto’g’ri bo’lsadengizga qo’yib yuboradi.
2 “Raketa” o’yini.
Doskaga raketa rasmi chiziladi, yoki, uchta raketa yasab savollar yozilgan kartochkalar ilinadi. Raketa o’zga sayyoraga uchish uchun yuklardan xoli bo’lishi kerak. O’quvchilar uch guruhga bo’linadi. Qaysi guruh a’zolari savollarga to’g’ri javob bersa kartochkalar olib tashlanadi. To’g’ri javob berilmagan kartochka raketada qoladi va u ucha olmaydi. Yangi mavzuni tushuntirish paytida raketa yetib brogan sayyoradan kelgan ma’lumotlar sifatida mavzu tushuntirilsa qiziqarliroq bo’ladi.
3 “To’g’ri-noto’g’ri” o’yini.
O’qituvchilar savollarni an’anaviylikdan qochgan holda berishlari ham mumkin. Berilgan savolga o’quvchi faqat to’g’ri yoki noto’g’ri deb javob beradi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi 1989- yil 21- oktabrda berilgan – to’g’ri.
4 “Xotira mashqi” o’yini.
Hozirjavoblik va zukkolikni oshirish maqsadida, ayniqsa birinchi tanishuv darsida qo’llash mumkin bo’lgan o’yin. O’quvchi o’z ismini aytadi va shu ism bilan boshlanuvchi biror adib nomini aytadi. Adham – Alisher Navoiy, Bahodir – Zahiriddin Muhammad Bobur, Gavhar – Gulxaniy kabi.
5 “Bo’g’in” o’yini.
O’quvchilarning tezkor fikrlashlari, so’z boyligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bunda birinchi aytilgan so’zning oxirgi bo’g’imi keyingi so’zning birinchi bo’g’imiga to’g’ri kelishi kerak bo’ladi. Maktab – tabrik, rassom – somsa va hokazo.
6 “Mo’jizalar maydonchasi” o’yini.
O’quvchilarning o’rniga qarab uch guruhga ajratib olinadi. Har bir guruhga alohida o’tilgan mavzu yuzasidan savol beriladi. Har bir guruhdan savolga birinchi bo’lib javob bergan uch o’quvchini doskaga taklif qilinadi. O’qituvchi doskaga o’tilgan mavzuga aloqador atamaning harflariga teng katakchalar chizadi. Birinchi chiqqan o’quvchi o’zi istagan katakchaning harfini ochadi. Agar birinchi ochilgan katakchadayoq qaysidir o’quvchida javob tayyor bo’lsa javobni aytishi, yoki keyingi o’quvchi boshqa bir katakchani ochib davom ettirishi mumkin. Harflarni ochishda o’quvchilarga savol berilmaydi, o’quvchi navbat bilan o’zi istagan katakchani ochishni so’raydi. Atama topilgunga qadar o’yin davom ettiriladi.
7 “Maqol” o’yini
O’quvchilarni rag’batlantirish va maqollarni bilish darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. O’qituvchi o’yin shartini aytmagan holda talabgor o’quvchilarni doskaga taklif etadi. O’quvchilar istaganicha doskaga chiqishi mumkin. O’qituvchi birinchi o’quvchiga bejirim karopka beradi, o’quvchi maqol aytib uni sherigiga uzatadi. Karopkani olgan o’quvchi maqol aytib yana keyingi sherigiga tutqazadi. Maqol aytolmagan yoki aytilgan maqolni takrorlagan o’quvchi o’rniga o’tiradi. O’yin bitta o’quvchi qolgunicha davom ettiriladi. Oxirgi qolgan o’quvchi g’olib bo’lish uchun maqol aytadi va karopkani ochib ichidagi o’qituvchi tayyorlagan sovg’aga ega chiqadi.
8 “So’zdan so’z yasash” o’yini.
Bu o’yin o’quvchilarni so’z boyligini oshirishga, qayta xotirlashga va mantiqan fikrlashni kengaytirishga undaydi. Yozuv taxtasiga o’qituvchi tomonidan bir so’z yozib qo’yiladi. Shundan so’ng o’qituvchi ma’lum vaqt davomida ana shu so’z harflaridan foydalangan holda boshqa so’z yasashlarini aytadi. Belgilangan vaqtda qaysi o’quvchi ko’proq so’z yoza olgan bo’lsa shu o’quvchi g’oliblikni qo’lga kiritadi. Zanjir – zar, zira, arz, ariza, jar, ranj,
9 “Ustunchalar” o’yini.
Yaqin o’tgan mavzularni qayta xotirlash va mustahkamlash, chaqqonlik va tez fikrlay olish qobiliyatlarini o’stirish uchun ayni qo’l keluvchi o’yindir. O’quvchilar daftar varog’ini istagingizga qarab 2, 3, 4 yoki 5 ta ustunchaga bo’lishadi. Ustunchalar boshiga mavzu nomi yoziladi. Har bir ustunchaga belgilashingizga qarab 5 tadan yoki 7 tadan mavzuga oid atama yozish kerak bo’ladi. Birinchi bo’lib bo’lgan uch o’quvchini yozuv taxtasiga taklif qilasiz. Ular barchasini to’g’ri va bexato bajarishgan bo’lsa qo’shimcha baho bilan siylashingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |