1. Shohruh sulton madhida Mirzo Ulug’bek madhida



Download 39,46 Kb.
bet3/3
Sana29.10.2022
Hajmi39,46 Kb.
#858062
1   2   3
Bog'liq
Sakkokiy

Keldi maymunu humoyun iydi olam bo’ldi shod,
Maqdami sizga muborak, bo’lsin, ey Xusravnihod.
Ishrat asbobi muhayyovu qamug’ boron zarif,
Saqlasun ?odir yomon ko’zdin o’qili “In yakod”.
Keyingi baytdan boshlab podshoh Mirzo Ulug’bekning madhi keltirilib, bunday bayramu saroy Jamshid, Faridun, ?ubodlar davrida bo’lmaganligi, Ulug’bek yuritayotgan adolatni No’shiravon umrida ko’rmaganligi ta’kidlanadi.
Qasidada shoir Mirzo Ulug’bek davridagi din rivojlanganligi, bid’at ahli to’g’ri yo’lga kirganligi, zuhdu taqvo yuksalib, isyonu fasod ahli yo’qolganligi, adolat mezoni tuzilib, rostlik rivojlanganligi, fitna bozori buzilganligi, ushbu bayramda mukofot tariqasida kiyim olganlarning sanog’i bo’lmaganligi kabi ijtimoiy hayot tasvirini keltiradi.
So’nggi ikki bayt duo bo’lib, unda shoir an’anaga muvofiq Ulug’bek Mirzoga boqiy hayot tilaydi:
Bo’lg’onincha dunyoda har yilda iydu zavqu aysh,
Yurugoncha yer yuzi ustida xodiyu javod.
Surgonincha ablaqi ayyomni savti qazo,
Sen minib davlat otin umrungg’a bo’lsun imtidod.
Barcha davrlarning mashhur siymosi, davlat va ilm ishlarini teng yuritgan temuriylarning eng mashhur vakillaridan sanalgan Mirzo Ulug’bek o’z davrining turkigo’y shoirlari tomonidan din va dunyo homiysi sifatida e’tirof etildi. Ular tomonidan olim va podshohning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy faoliyati yuqori baholandi. Bu esa turkiy qasidalarning mag’zini tashkil etdi.
QASIDA
Mirzo Ulug’bek madhi
Jahondin ketti tashvish-u mabodoyi amon keldi,
Xaloyiq, aysh eting, bu kun sururi jovidon keldi.
Tan erdi bu ulus barcha aningtek joni bor yo yo’q,
Bihamdillah o’g’on fazli bila ul tanga jon keldi.
Bu mavkib gardi surmosi topilmas erdi berib jon,
Ko’rung ko’z birla haq suninkim o’sh xush roygon keldi.
Alamtek barcha beklarning boshi ko’kka kerak teksa,
Kim onlar tak’ya qilg’oli bu qutlug’ oston keldi.
Jahondin Ahraman ketib musaxxar bo’lg’oy insu jon,
Kim o’sh taxtini yel ko’trub Sulaymoni zamon keldi.
Boyindi taxtining qadri, o’zung toj ko’kka toshlodi,
Adolat bog’i sabz o’ldi, chu No’shiravon keldi.
Kerak jon bulbuli tun-kun navodin tinmasa bir dam,
Chu do’stlarig’a xurram yoz, adularg’a xazon keldi.
Raiyat qo’y erur, sulton anga sho’bonu yo bo’ri,
Bo’ri o’lg’o-yu qo’y ting’oy, chu Musotek shubon keldi.
Bu kundin so’ngra ko’p ting’oy raiyatlar rioyatdin,
Ulus haqqida ming turla atodin mehribon keldi.
Ko’ngullar bo’ldi xush ravshan ko’rub qolmadi bir zarra,
Qorong’ulik ketib, holi chu xurshidi zamon keldi.
Sevunsun xisravi oliy guhar sulton Ulug’bekkim,
Shahanshoh Shohruhbektek shahi xisrav nishon keldi.
Bu shahning lashkari qaysi viloyat sori azm etsa,
Falakdin har zamon ul dam nidoyi «al-amon» keldi.
Bular elga qilich – nayza olib hayjoga kirganda,
Hech ish kelmodi a’dodin magar ohu fig’on keldi.
Bu lashkar yetkanin ko’rsang yasob a’doning ustiga,
Sog’ing’oysen cherik ermas magar gurzu sinon keldi.
Shahanshoho, sening oting shahi kishvarkusho erdi,
Ol emdi dunyoni ko’ktin, laqab getisiton keldi.
Tavaru qo’y bikin dushman, ko’rub baxting qaviysini,
O’z ilgin bog’lab ollingg’a, zaifu notavon keldi.
Kirib tulku bikin dushman, inida o’lgay ochliqdin,
Ne qilsun ustina haybat bila sheri jayon keldi.
Quruq savdo pishurdi-yu, vale xom etti ishlarin,
Oxir ko’rgul bu savdodin, boshig’a ne ziyon keldi.
Ayo shoho, malak siyrat sening vasfing so’zi ichra,
O’qiyin emdi olingda yana bir doston keldi.
Eshiging tuproqi majruh bo’lg’on jonu tanlarg’a,
Shifoliq marhami bo’ldi, bisoti parniyon keldi.
Nekim No’shiravon adl ishi ichra qildi taqsirin,
Qamug’ing’a aning bir-bir, sharif zoti zamon keldi.
Salotin dunyoda ko’p keldi-yu, kechti seningtek bir,
Falakning gar tili bo’lsa ayitsunkim, qachon keldi.
Malaktek zuhd-u toatda ishingni muntaho qilding,
Bu ishdin lojaram sidra senga adno makon keldi.
Qachon Kayvon bikin onlar saroy-u toqi oliyg’a,
Tilosa posbonliqni, shahi Hinduston keldi.
Sening bazmingda kelturub, eshikka Zuhrani gardun,
Dedi tanda eding adno, kanizak madhxon keldi.
Gadolar roygon topg’oy zaruriy moli Qorunni,
Yadi bayzo bikin ilging, jahong’a zarfishon keldi.
Ulusqa to’y berur bo’lsang, qo’yub oltin kumush girda,
Murassa’minjular birla, falaktin ikki xon keldi.
Qilich yashnatsang urushta, aning kay shu’lasin dushman,
Ko’rub aytur: Qamug’, hay-hay, qoching, barqi yomon keldi.
O’qungni ko’rsa sahmingdin so’ngugtek titrar a’zosi,
Degay a’dokim o’sh jong’a, baloyi nogahon keldi.
Kishikim qahringga uchrar, shaqovat birla ul bordi,
Vale lutfingni topg’ong’a, saodatdin nishon keldi.
Shaho, lutfungni topqom deb duochi banda Sakkokiy,
Belin joni bila bog’lab, bu xizmatga ravon keldi.
Erurman xonadoningning ko’ngul birla duochisi
Menga burhon tilosalar, so’zum xud chin ayon keldi.
Mamolik nazmi-yu, dinning qurug’idur sharif zoting,
Nabitek shar’iy ishingda, zamiring xurdadon keldi.
Jahonda qarnlar tirik bo’lub izzat bila turg’il,
Azal vaqtida chun oting, shahi sohibqiron keldi.



  1. Na’t qasidasi

Adabiyot tarixida Qur’oni Karimning sura nomlari yoki oyatlarini, Hadisi shariflarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtibos qilish, ba’zan esa, ularning ma’nosiga iqtibos qilish holatlari ko‘p uchraydi. Ushbu qasidada ham, shunday iqtiboslar mavjud. Jumladan, Alloh ikki olamni Muhammad (s.a.v.)ning haqqiga paydo qilganligi, avval Nuri Muhammadiya paydo bo‘lganligi, u Odam (a.s.)ga omonatga qo‘yilganligi, buni anglamaganlar «mardudi la’in» bo‘lganligi; «Kuntu kanzan», (Alloh (j.j.) aytadi: «Men bir maxfiy Xazina erdim, tanilmoqlikni istadim. Olamni yaratdim, to qudratimni namoyon etsam, Odamni yaratdim, to o‘zimni (rahmatim va mag‘firatimni) oshkor etsam») xazinasining xazinaboni bo‘lganligi; me’roj kechasi, kechadagi voqealarga ishoralar, barmog‘i ishorati bilan ko‘kdagi oyni ikkiga ajratganligi, bir hovuch tuproq bilan dushman ko‘zini ko‘r qilganligi, pishgan echki go‘shti tilga kirganligi, masjiddagi ustun yig‘laganligi, o‘rgimchak uyining mustahkam qal’a bo‘lganligi, U barcha gunohkorlarni shafoat etishni istasa, Haq Unga baxshida etishi mumkinligi, chunki bu xalq avvalu oxir uning uchun yaratilganligi, bu nur O‘zi (Alloh (j.j.)ning nuridan yaralganligi kabi oyat, hadis ma’nolariga ishoralar etiladi. Keyingi baytlarni ko‘zdan kechiramiz: Bo‘lsa ham oriz erur zotingg‘a bu jismu bashar Bo‘ldi ne bo‘ldi, necha kun dur sadaf ichra makin . Odam o‘g‘li sen vale, Haq garchi odam suratin, Qildi rahmat suyini qudrat ili birla ajin . Nur bahridin arig‘ zoting erur duri yatim , Ne deb ayto yin aningdek gavhar aslin movu tin . Avval odamg‘a vadi’at qo‘ydi nuringni O‘g‘on , Ushbu sirni bilmag‘onlar bo‘ldi mardudi lain. Bu jismu bashar Sening zotingga omonatga olinib, bu dur (Nuri Muhammadiya), bir necha vaqtlar sadaf ichida yashirin bo‘ldi. Ya’ni, Muhammad (s.a.v.) tug‘ilguniga qadar U bir nechta Odam zurriyodi tanasida yashirin bo‘lganligi ravshandir. Sen Odam (a.s)ning zurriyodisan (Haq qudrati bilan rahmat suvini qo‘shib xamir qorib, Odam (a.s) suratini barpo etgan bo‘lsa-da), u Nur sababdan pok zoting, sadaf ichida bir o‘zi yetilgan yirik durdir, men shunday gavharning aslini qanday qilib, suv va loy deya olaman, deb muammo qo‘yadi shoir.
Keyingi baytda ushbu muammo ochiladi. Shu sababli ham Azozil Odam(a.s)ni tuproqdan yaratilgan, deb sajda qilmaydi va la’natlanadi. Chunki u sirni bilmagan edi. Haq Taolo Sening nuringni avval Odam(a.s.)ga omonat qo‘ygan edi. «Kuntu kanzan» din xazoyin Xozini zoting erur, Ore-ore ul amonatg‘a kerak sentek Amin . «Li ma’alloh» hujrasinda sendin o‘zga sig‘madi, Mahram ermas sir saroyinda sanga Ruhul-amin . Sen basharsan, ming malak bandangdurur, ey joni pok! Ofarin ul pok joningg‘a, xazoron ofarin. Anbiyoyu mursalin xalqa tutub o‘ltursalar, Barcha bir angushtariyu sen ular aro nigin. «Kuntu kanzan» xazinasining xazinaboni Sening zotingdir. Albatta, shunday omonatga sendek ishonchli amin (omonatga xiyonat qilmaydigan. Muhammad (s.a.v)nig sifatlaridan biri) kerakdir. Keyingi bayt Me’roj kechasi haqida bo‘lib, U oqshom payg‘ambar s.a.v. Buroq otiga minib, Jabroil a.s. uni yetaklab yetti qat osmonni sayr qildirib, sidratul-muntaho degan manzildagi daraxtgacha yetkazdilar. Shu joyda Jabroil (a.s.) qolib, payg‘ambar (s.a.v.) tanho Alloh mehmonsaroyi tomon boradilar. «Li ma’alloh» (men Alloh bilan birga) hujrasiga, ya’ni, sir saroyiga Ruhul amin (Jabroil (a.s.) ham sig‘magan, mahram bo‘la olmagan. Sen insonsan, ming farishtalar Sening bandangdur, Sening pok joningga ming-ming ofarinlar bo‘lsin. Payg‘ambarlar bir xalqa bo‘lib, aylana bo‘lib o‘tirganda ular bir uzuk bo‘lsa, Sen uning ko‘zidirsan. Ne bashar topti bu johu manzilatni, ne malak, O‘z qulig‘a Xojadin izzat hamin bo‘lg‘ay hamin . Ey Muhammad otingu Mahmud zotingga maqom, Qullaringg‘a kamtarin nuzli erur Xuldi barin . Qul qilur G‘ilmon o‘zin, topsa Buroqing soyasin, Subsa qilg‘oy zulfini, qilsang kanizak Huri iyn . Beli bog‘liq bandadur shirin so‘zingga nay shakkar, Halqa dar go‘shi erur alfozingg‘a duri samin. Bunday martaba va mavqeni odam farzandlaridan ham, farishtalardan ham birortasi topmadi. O‘z quliga xojasidan izzat bo‘lsa, shuncha bo‘ladi-da. Muhammad oting, Mahmud zotingga maqomdir. Qullaringga, ummatlaringga kamtarin mehmondorlik jannatdir. G‘ilmon (o‘g‘il bolalardan bo‘lgan jannat xizmatkorlari) Buroq oting soyasini topsa, o‘zini qul qiladi, Huri in (qiz bolalardan bo‘lgan jannat xizmatkorlari)ni kanizak qilsang, sochini supurgi qiladi. Nayshakar shirin so‘zingga beli bog‘langan banda bo‘lsa, so‘zlaringga qimmatbaho dur sodiq quldir. Ul javod ilging kafidin konu daryog‘a yasor, Bosqon izing tuprog‘idin Arshu kursiga yamin. Barmoqing qilsa ishorat ikki bo‘lur ko‘kda oy, Bir ovuch tuproqni sochsang, tortar a’doning37 ko‘zin. Vuslatingdin goh kirur tilg‘a pishiq buzg‘olai, Furqatingdin goh qilur Hannona zoriyu anin. Do‘stlaring ollida yerdek past Haybar qal’asi, Dushmaning daf’ig‘a o‘rgamchi o‘yi Hisni Hasin. Barmog‘ing ishorat qilsa, ko‘kdagi oy ikkiga ajraladi. Bir hovuch tuproq sochsang, dushman ko‘zi ko‘r bo‘ladi.
Haybar urushida musulmonlar g‘alaba qiladi. Mag‘lub tomon bir pishirilgan echki go‘shtiga zahar solib payg‘ambar s.a.v.ga jo‘natadi. Payg‘ambar (s.a.v.) qo‘lini olib borganlarida, u tilga kirib «men zaharlanganman» deydi. Ushbu misrada shu haqda gap bormoqda. Keyingi misra esa, «yig‘laguvchi ustun» haqida bo‘lib, Rasululloh (s.a.v.) Makkadan Madinaga hijrat qilib kelganlarida bir masjid bino qildilar. Bunga xurmo yog‘ochidan bir necha ustun qo‘yilgan edi. Rasululloh (s.a.v.) har vaqt juma namozi o‘qisa, shu ustunlarning biriga suyanib, shu yerda xutba o‘qib, xalqqa va’z aytar edi. U vaqtlarda masjidga minbar qo‘yish rasm bo‘lmagan edi. Sahobalardan Tamimud doriy r.a.: - Yo Rasululloh, siz uchun bir minbar yasatsak, ustiga va’z aytsangiz qanday bo‘lur, - dedi. – Yaxshi bo‘lur, - deb ruxsat berdilar. So‘ngra bir minbar yasab, uni imomning o‘ng tomoniga qo‘ydilar. Islom olamida eng birinchi yasalgan va masjidga qo‘yilgan minbar shu edi. Juma kuni kelgach, Rasululloh s.a.v. xutba uchun ustun oldida to‘xtamay, minbarga o‘tib ketdi. Mana shu paytda u ustun bo‘talog‘idan ayrilgan tuyaday bo‘zlab, ingray boshladi. Misradagi «anin» so‘zi – ingrash ma’nosida. Va shu kundan boshlab ustunning nomi «Hannona» - «Yig‘laguvchi» bo‘ldi. Do‘stlaring oldida Haybar qal’asi yerdek past bo‘lsa, dushmaningni daf’ etish uchun o‘rgimchak to‘ri mustahkam qal’adir. Bu misrada Payg‘ambar (s.a.v.) hijratlari voqeasi haqida so‘z ketadi. Payg‘ambar s.a.v. Abu Bakr Siddiq bilan Makkadan Madinaga dushmanlardan yashirin yo‘lga chiqadi va tog‘ etagidagi Sur g‘orida to‘xtaydi. Ularni dushmanlar izlab g‘or eshigi oldigacha keladi. Ammo g‘orning eshiklari o‘rgimchak to‘rlari bilan o‘ralgan, hech qanday iz yo‘q edi. Buni ko‘rgan dushmanlari qaytib ketishadi.
Ikki dunyoni sening haqqingda paydo qildi Haq, Xud na bo‘lg‘ay xidmatingda Turku Hindu Rumu Chin. Barcha olam osiy, sen qo‘lsang, bag‘ishlar Haq sanga, Chun tufaylingdur bu xalqi avvalinu oxirin. Pok joningni haqqi ulkim, erur o‘z nuridin, Ul O‘g‘on haqqi seni kim qildi barchadin guzin. Haq Taolo ikki dunyoni sening haqqing uchun paydo ayladi, albatta, Turk, Hind, Rum, Chin Sening xizmatingda bo‘lsa, arziydi.
Butun olam gunohkordir, Sen ularni shafoat etmoqchi bo‘lsang, Alloh Senga bag‘ishlaydi, topshiradi. Chunki, avvalu oxir bu xalq, odam farzandi Sen sababli paydo bo‘ldi. Pok joningni haqqiki, Alloh Taolo o‘z nuridan berib, Seni barchadan ustun qildi.
Qasida so‘ngida yana Muhammad (s.a.v.)ning shafoatchilik, olamning rahmati sifatida paydo etilganligiga ishora etib, shoir o‘zini gunohkor ataydi va mahshar kunida unga rahm etishini so‘rab iltijo qiladi: Rahm qil, mahshar kuni Sakkokiy osi jonig‘a, Yo shafe’al muznibin, yo rahmatan lil-olamin[1, 2b]. Ushbu qasidada shoirning diniy, falsafiy, irfoniy qarashlari aks etar ekan, islom dinining mohiyati, boshqa dinlardan ustunligi, Muhammad (s.a.v.) xulqi, boshqa payg‘ambarlardan ustunligi, komil inson sifatlari, bu olam gunohkorlar, osiylar olami ekanligiyu birgina shafoatchi Muhammad (s.a.v.) shafoati bilan mahshar kunida ular azoblardan ozod etilishi chiroyli tashbehlar, iqtiboslar bilan dalillanadi

III.Xulosa


Sakkokiy (15-asr) shoir. Ismi, tug‘ilgan va vafot etgan yillari noma’lum. Samarqandda Xalil Sulton (1405-09) va Ulug‘bek hukmronligi davrida yashab, ijod etgan. Alisher Navoiy Sakkokiy ijodiga yuksak baho bergan: «Turkiy alfozining bulag‘osindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bag‘oyat va birining latif g‘azaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdudur» («Xutbai davovin»). 
Sakkokiy xalqining boy og‘zaki ijodini, salaflari asarlarini puxta o‘rgangan va ijodiy oziqlangan. Turkiy tilda asarlar yaratish, uning boy ichki imkoniyatlaridan foydalanish borasida ko‘p ish qilgan. Asarlarida inson muhabbati, orzu-tilaklarini, dard-alamlarini, tabiat go‘zalliklarini tasvirlagan. G‘azallarida ma’no va shakl birligini saqlab, so‘z o‘yinlari va qochirimlardan unumli foydalangan. Uning lirikasida jaholat va nodonlikka qarshi adolatparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan. Bunday g‘oyalar Sakkokiyning qasidalarida ochiqroq namoyon bo‘lgan.
Sakkokiy o‘zbek adabiyotida qasida janriga asos solgan shoirlardan. Xoja Muhammad Porso, Xalil Sulton, Ulug‘bek va Arslon Xoja Tarxonlarga bag‘ishlab qasidalar yozgan. Qasidalaridan birida Ulug‘bekni xalqning mehribon hukmdori, ma’rifatparvar va buyuk olim sifatida ulug‘laydi. Shunday ma’rifatparvar podshoh bilan zamondosh bo‘lganidan faxrlanadi va:
Falak yillar kerak sayr etsayu keltirsa ilkiga,
Meningdek shoiri turku seningdek shohi dononi,
degan misrlarini yozgan.
Sakkokiyning adabiy faoliyati zamondoshlari Lutfiy, Gadoiy, Atoiy kabi Navoiy ijodiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan; o‘zbek dunyoviy lirikasini ham mazmun, ham shakl jihatdan boyitgan. Shoir g‘azallari va qasidalari devon qilib to‘plangan bo‘lsada, to‘liq nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Sakkokiy devoni Londonda, Britaniya muzeyida va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. ? 7685) saqlanadi.
* * *
Bo'yungtek butmadi bo'ston aro sarvi ravon, ey jon,
Yuzungtek ham ochilmadi chamanda guliston, ey jon.
O'qunguznung boshoqing'a ko'ngul mushtoq, ko'z oshiq,
Bular tolashmoqin bo'ldi ul ikki ora qon, ey jon.
Agar Rum ahlina zulfung habashning lashkarin solsa,
Ko'ngul ilginda ul soat topilmas hech amon, ey jon.
Sening la'lingdin uftonib qizorur la'l qon ichra,
Hasad eltur mening yuzum ko'ribon za'faron, ey jon.
Yuzung davrinda ko'zlarim gahi la'lu, gahi lo'lu,
Chiqorur ko'rsa bu san'at,uyolur bahri kon, ey jon.
Falak Sakokiga bukun qulunmen der, jihat zohir,
Tun axshom itlaring birla o'turmush bir zamon, ey jon.
* * *
Qaro ko'z birla bir g'amza qilib yuz ming jafo qilma,
Karashma birla olamni meningtek mubtalo qilma.
Mening bu xasta jonimg'a sening darding erur marham,
Qiyomatga tekin hargiz bu dardimg'a davo qilma.
Meni,ey oy,qo'rqarmen qilib dunyoda sargashta,
Eshiking tuproqin ko'zga topilmas to'tiyo qilma.
Firoqing bo'tasi ishra qonimni sizg'irur har dam,
Yuzumni oltun etkoli g'amingni kimiyo qilma.
Axir, begona deb giryon eshigindin quvar bo'lsang,
Kular yuz ko'rguzub avval kishini oshino qilma.
Bag'ir qon aylading javru jafolar birla, sultonim,
Ko'zum yoshi bila har dam yuzumdin mojaro qilma.
E Sakokiy, bu shax qobqin ganimat tut,chu zulfig'a
Ayoqin bog'lagon qushsen,ucharg'a hech havo qilma.
* * *
Ko'rub gultek yuzung jon pora-pora,
Jigar ham qildi ul qon pora-pora.
Jonim ko'rgan jafoning mingda birin,
Bo'lur gar ko'rsa sandon pora-pora.

Kularda ko'rsa og'zi birla tishin,


Bo'lur gulnori xandon pora-pora.
Netong munda o'zin chok etsa g'uncha,
Aningtek bo'ldi chandon pora-pora.
Bag'ir qon qildi amrindinu bo'ldi,
Ko'zumda la'lu marjon pora-pora.
Saqoqin kish yaqosi o'pkanidin
Jonim choku giribon pora-pora.
Ko'ngul Sakkokiytek jon birla rozi,
Jigarni qilsa ul jon pora-pora.
* * *
Furqatingda, ey pari,tan kuydi-yu jon yig'ladi,
Dambadam xud qayg'udin ikki ko'zum qon yig'ladi.
Hech davo yo'q dardkim jonimda bor,oni ko'rub
To'nin chok etti tabibu doru darmon yig'ladi.
Dur tishinggu gul yuzung vasfidin kechti hadis,
Jam' hayrat o'tina yondi-yu so'zon yig'ladi.
Eshikingda it bikin bostim necha yil qovrulub,
Ushbu holimni ko'rub kofir,musulmon yig'ladi.
Yig'ladi hatto raqibning kelg'ondan rahmi manga,
Bori ul qattiq ko'ngulluk chinmu yolg'on yig'ladi.
Bildilar yuzdin ko'rub Sakkokiy holin so'rmayin,
Xosu omu shahru deh,donovu nodon yig'ladi.
* * *
Kam ermas ul oy mubtalosi,
Yolg'uz menga yo'q aning balosi.
Tushti bu zaif jonimg'a dardi,
O'lmaktin izin yo'q ul davosi.
Bergusi g'arib boshimni yelga,
Ruxsoravu zulfining havosi.
Kim ko'rsa aning yuzini aytur:
'Ne turfa erur bu turk balosi?'
Turkona ir irlag'uncha,oning
Kuydurdi meni yalay-bulosi.
Oyina sening yuzung ko'rubon
Lof ursa,yuzunda yo'q safosi.
Dardu g'amu ranju menu o'lmoq
Sakkokiyga bo'ldi jon azosi.
* * *
Agar qoshimda o'shal gul uzor bo'lsa edi,
G'ame yo'q erdi,g'amim gar hazor bo'lsa edi.
Jonim fidosi aning,koshki mening bu tanim
Oti tuyoqidin uchqon g'ubor bo'lsa edi.
Ko'zum bag'ir qonidin yuz nigor qilmas edi,
Agar ko'ngulga muvofiq nigor bo'lsa edi.
Biror ko'ngul g'amidin bo'lsa erdi voqif do'st,
Ne qayg'u,dushman agar sad hazor bo'lsa edi.
O'larda qolmag'ay erdi ko'ngulda bu hasrat,
Raqib it bikin eshikda zor bo'lsa edi.
Jonimg'a sahl erur erdi jafosi ag'yorning,
Agar ko'ngul bila ul yor yor bo'lsa edi.
Raqib tishlamas erdi seni, ey Sakkokiy,
Aning iticha sanga e'tibor bo'lsa edi.
* * *
Sentek jahonda ko'zlari ayni balo qani?
Mentek aning balosi bila mubtalo qani?
Irning aqiqi garchi jahonda yagonadur,
Chehrai mengizli ham yana bir qahrabo qani?
Ko'zni g'ubor tutti firoqingda yig'la-yu,
Izing to'zindan o'zga anga to'tiyo qani?
La'ling sharobi bo'ldi ko'ngul dardina davo,
Bu dard jong'a yetti,vale ul davo qani?
Yuzumni oltun etti sening ishqing, ey sanam,
Mundoq baqirni oltun etar kimiyo qani?
Qaddu hadingg'a sarvu gul o'zin tutar shabih,
O'nla bo'yu yuzinda bu obu havo qani?
Husnung zakotin bergali bir qibla izlasang,
Sakkokitek bu dunyoda bir benavo qani?
* * *
Jon hajr o'tina tushti,yana bizni unutma,
Zulfung beki qad bo'ldi duto,bizni unutma.
Qurbon bo'lubon vasling uchun shukr o'tagaybiz,
(To) bu mahaldin,sanamo, bizni unutma.
Yo'q erdi rizo ketgali bir lahza qoshingdin,
Sendin chu yiroq soldi qazo, bizni unutma.
Nortek yangoqing furqati ichra ko'ngulu jon,
Ul kuydi judovu bu judo, bizni unutma.
Iso damining bor asari har nafasingda,
Jon dardina,ey xulqi davo, bizni unutma.
Hijron evining kunjin olib kechavu kunduz,
Zulfu yuzinga tilda sano, bizni unutma.
Sakkoki ul oy manzilina xud eta bilmas,
Sen yetsang agar anda, sabo, bizni unutma.
* * *
Ey husn ganji, bu zaif ko'nglumni vayron aylama,
Yuz uza zulfung tog'itib,umrum parishon aylama.
Har nokasu kas yuzuna xush toza gul yanglig' kulub,
Bag'rimni har dam g'unchatek hasrat bila qon aylama.
Nortek yangoqing shu'lasin sen ko'rguzub ag'yorg'a,
G'ayrat o'ti ichra yona bag'rimni baryon aylama.
Barcha xaloyiq to'p bikin tashlar ayoqing uza bosh,
Bu ishga zulfung dol erur,sen oni chavgon aylama.
Bo'lsa qiyomat barchadin qilg'on ishini so'rg'usi,
Oz qil jafou javrni,muncha farovon aylama.
Zulmu sitamni zulfungu kofir ko'zungga o'gartib,
Bu keng jahonni sen manga bir tor zindon aylama.
Ey yinju tishlik dilbarim,la'li guharboring haqi,
Sakkokining ikki ko'zin har lahza ummon aylama.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Sakkokiy – tanlangan asarlar, O’zSSR davlat badiiy adabiyot nashriyoti, Toshkent – 1958

  2. https://saviya.uz/

  3. https://n.ziyouz.com/

Download 39,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish