2-Белдан кийиладиган кийимларга охирги ишлов бериш технологияси.
Ayollar va bolalarning kiyimlari, shuningdek, ichki kiyimlar engil kiyimlar hisoblanadi.
Engil kiyimlarning hammasi asosan ikki guruhga: kamarli va elkali kiyimlarga bo’linadi.
Kamarli kiyimlar guruhiga yubka, shim va lozim, yelkali kiyimlarga ko’ylak bluzka, xalat va boshqalar kiradi.
YUBKALAR.
Yubkalar fasoni bo’yicha har xil: vitochkali, tog’ri, qiyiqli vitochkasiz, ikki chokli, klyoshli, shladkali yubka va hakozalar. Qanday maqsadda kiyilishiga qarab ularni kostyum bilan kiyiladigan va kostyumsiz, faqat o’zi kiyiladiga yubkalarga ajiratish mumkin. Kostyum bilan kiyiladigan va nimcha bilan bir xil materialdan tikilgan yubkaning bichilishi nimchaning bichilishiga mos tushushi lozim.
Faqat o’zini kiyiladigan yubkaning fasoni bichilishi jussaning xususiyatlariga, shuningdek, gazlamaning to’qilishi va gullariga qarab tanlanadi. Keng klyoshli yubkalar engil gazlamadan tikilib, to’g’ri fasonli yubkaning etagi kengaytiriladi. Ular zich to’qilgan va qaliniroq gazlamadan tikiladi. Yengil yoki zich to’qilgan jun gazlama kremplin shuningdek zich to’qilgan ipak gazlamadan tikilgan yubkalarni yaxtak, kostyum, nimcha va shu kabilar bilan kiyish mumkin bo’ladi.
To’g’ri yubka kengiroq turadi, bir chokli, ikki chokli, uch chokli skladkali, burmali boladi.
Yubлaning beli belbog’li, rezinkali yoki tasmali bo’lishi ham mumkin.
To’g’ri yubkalar esa gazlamaning bo’ylama ipi yo’nalishi bo’yicha bichiladi.
Klenli yubka qiyiqli bir qancha klenlardan tashkil topadi. Bunda bo’ylama ip har bir klenlarning markazidan o’tadi. Bo’ylama ip ko’rinib turishi uchu klenning andozasidagi markaziy chizig’i ustiga yuqori va pastdan teshikcha qilib qirqib qo’yiladi. Klyosh va konussimon yupkalar yarim klyosh, to’liq klyosh konussimon bo’ladi. Bunday yubkalar aylana, yarim aylana, 1/3 aylana, ¼ aylana shaklida bichiladi. Bo’ylama ip old bo’lakining o’rta chizig’iga to’g’ri keladi
Yubkalar ikki guruhga bo’linadi.
Birinchi guruh yubkalari.
Oldida, ort bo’lagida, yon tamonida, tahlamasi bor yoki etagi salgina kengaytirilgan yubkalar
Burmali gir aylangan taxlamali, mayda-mayda taxlamali plissirovkali, gafreli, etagi keng yubkalar.
Bel qismida vitachkalari yoki mayda tahlamalari bor, etagi toraytirilgan yubkalar.
Ikkinchi guruh yubkalari.
Klyosh, keng klyosh va bir necha bo’lakdan iborat etagi keng plissirovka, kengaytirilgan gafre klyosh simon taxlamali yubkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |