1. Shaxtaning bosh suv chiqarish qurilmalarini loyihalash


Shaxtadagi suvni chiqarib tashlashning texnologik sxemasi



Download 1,48 Mb.
bet3/14
Sana09.12.2021
Hajmi1,48 Mb.
#190633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
variant 3

Shaxtadagi suvni chiqarib tashlashning texnologik sxemasi
Konchilik korxonalarida suvni chiqarib tashlash ishlarini tashkil etishsuvni chiqarishning texnologik sxemasini tanlashdan boshlanadi. Suvni chiqarib tashlash shaxtada foydali qazilmani qazib olish ishlari olib boriladigan qavat (gorizont)lar soni, shaxtaning chuqurligi, suv oqimining miqdori va uning kimyoviy xossalari hamda suv chiqarish qurilmasi uskunalarining texnik ko’rsatkichlari asosida tuziladi.

Foydali qazilmani qazib olish ishlari bir vaqtda bir nechta qavatda olib boriladigan konlarda suv chiqarish ishlarining texnologik sxemalari turlicha bo’ladi.

Birinchi usul (2a-rasm) konning har bir qavatida suv chiqarish qurilmasi o’rnatiladi va bu qurilmalar bilan har bir qavatdagi suv alohida-alohida yer sathiga chiqariladi. Bu usul konning qavatlaridagi suv oqimining miqdori yuqori bo’lgan konlarda qo’llaniladi.

2-rasm



Ikkinchi usul (2b-rasm) konning pastki qavatida barcha qavatlardagi suv oqimlar miqdoriga hisoblangan suv chiqarish qurilmasi o’rnatiladi.Yuqori qavatdagi suv oqimi pastki qavatga, ya’ni suv chiqarish qurilmasi orqali suv to’plagichga tushiriladi. U yerda konning barcha qavatlaridagi suvlar to’planadi va suv chiqarish qurilmasi bilan yer sathiga chiqariladi. Bunday usul yuqori qavatdagi suv oqimining miqdori pastki qavatdagi suv oqimining miqdoridan kam bo’lgan konlarda qo’llaniladi. Uchinchi usul (2v-rasm) konning yuqori qavatida barcha qavatlardagi suv oqimi miqdoriga mo’ljallangan va pastki qavatda esa shu yerdagi suv oqimiga hisoblangan suv chiqarish qurilmalari o’rnatiladi.Pastki qavatdagi suv oqimi u yerda o’rnatilgan suv chiqarish qurilmasi bilan yuqori qavatdagi suv to’plagichga ko’tariladi. U yerda yuqori qavatdagi suv oqimi bilan yig’iladi va suv chiqarish qurilmasi bilan yer sathiga chiqariladi. Bunday usul chuqur konlarda va katta bosimga bardosh bera oladigan suv quvuri bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. To’rtinchi usul (2a-rasm), qavatlardagi suvning kimyoviy xossalari (neytral, ishqoriy kislotali) turlicha bo’lgan konlarda har bir qavatdagi suv oqimi alohida-alohida yer sathiga chiqariladi. Konlarda suv chiqarish ishlarini tashkil etishda nasosxona va suv to’plagich kletli stvol atrofi qo’rasida joylashtiriladi. Bunday joylashtirish quyidagi afzalliklarga ega: suv haydaluvchi quvurning nasosxonadan stvolgacha bo’lgan bo’lak uzunligi qisqa bo’ladi.

Bu esa:


- suv chiqarish qurilmasi uchun sarflanadigan harajatlarni kamaytiradi;

- nasosxona toza havo oqimi bilan shamollatiladi. Natijada suv chiqarish qurilmasining elektr jihozlari uchun xavfsiz ishlash sharoiti yaratiladi;

- suv chiqarish qurilmasi uskunalarini stvol atrofi qo’rasidan nasosxonagacha tashish ishlarini osonlashtiradi. Bu esa qurilma uskunalarini o’rnatish (montaj), texnikxizmat ko’rsatish vа buzish (demontaj) ishlarida noqulayliklar tug’diradi;

- kondagi barcha lahimlar stvol atrofi qo’rasi tomon qiya qilib o’tilishi sababli lahimlardagi suvlar o’z oqimi bilan suv to’plagichga kelib quyiladi;

- suv chiqarish qurilmasining elektr energiya bilan ta’minlash osonlashadi;

- suv to’plagichdagi suvni ko’tarish balandligi minimal bo’ladi.

Suv chiqarish qurilmasini loyihalash jarayonida konning chuqurligi, undagi suv oqimining miqdori va foydali qazilmani qazib olish ishlari olib boriladigan qavatlar soni asosida yuqorida keltirilgan sxemalardan biri tanlanadi.



Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish