1. Shaxsiy sugurtaning mohiyati va rivojlanish tarixi. 2. Shaxsiy sugurtaning turlari. 3. Fuqarolarni baxtsiz hodisadan sugurta qilish.
1. Shaxsiy sugurta baxtsiz hodisalar yoxud tabiiy hodisalar roy berishi oqibatida fuqarolarning hayoti va sogligiga shikast etkazilishi bilan bogliq ularning mulkiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sugurtaning mustaqil tarmogi. Shaxsiy sugurta fuqarolar boshiga kulfat tushganda ularni moddiy jihatdan qollab-quvvatlashning muhim vositasi hisoblanadi. Shu manoda, shaxsiy sugurta ijtimoiy himoyaning hayotiy tajribada sinalgan ishonchli shaklidir.
Shaxsiy sugurtaning, xususan uning ajralmas bogini bolgan fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sugurtasining joriy etilishi bir necha asrlik tarixga ega. 1541 yilda Evropada mavjud bolgan dengiz huquqi qoidalariga kora, kema egalari shu kema kapitanlarini baxtsiz hodisalardan sugurtalashlari shart bolgan.
Shaxsiy sugurtaning bazi belgilari qadimgi rimliklarga ham malum bolgan. Osha paytda Diana va Antoni muxlislarining diniy jamiyati bolgan. Unga azo bolib kirgan shaxslar azolik badalini tolashgan. Jamiyat azolaridan vafot etganda uni komish bilan bogliq xarajatlar jamiyat hisobidan amalga oshirilgan va hatto, pul mablaglarining muayyan qismi vafot etgan shaxsning merosxorlariga berilgan.
1699 yil Angliyada shaxsiy sugurta bilan shugullanadigan dastlabki sugurta tashkiloti barpo etilgan va u avvalo beva ayollar hamda etim bolalarni sugurtasini amalga oshirgan. Bu jamiyatning nomi Ekvatebl deb atalgan. XVIII asrda esa Germaniyada suyak sinishi holatlaridan himoyalash boyicha ozaro yordam uyushmalari tashkil etilgan. 1849 yili Angliyada temir yollarda baxtsiz hodisalardan sugurtalash boyicha dastlabki «Railway Death Rassengers Company» nomli sugurta kompaniyasi tuzildi.
Shaxsiy sugurta boyicha sugurtalanuvchi sifatida har qanday yuridik va jismoniy shaxs bolishi mumkin.
Shaxsiy sugurta bu inson hayotiga, uning mehnat qobiliyati va
salomatligiga tahdid soladigan turli xavf-xatarlardan himoyalanishning muhim shakli.
Hozirgi paytda shaxsiy sugurta sugurta faoliyatining yirik tarmogi sifatida jahon amaliyotida keng qollaniladi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda shaxsiy sugurta turlari boyicha kelib tushgan sugurta mukofotlari boshqa sugurta turlari boyicha kelib tushgan sugurta mukofotlariga nisbatan yuqori salmoqqa ega. Masalan, AQShda jami yigilgan sugurta mukofotlari hajmida shaxsiy sugurtaning hissasi 50,0 foizdan yuqoridir.
Otgan asrning boshlarida hozirgi Ozbekiston hududida Rossiya sugurta tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat korsatgan va ular aholiga shaxsiy sugurta xizmatlarini korsatishgan.
1917 yildan 1990 yilgacha mamlakatimizda shaxsiy sugurtalash ishlari davlat sugurta organlari (Gosstrax) tomonidan amalga oshirilgan. Ana shu davrda sugurta shartlari, qoidalari va tariflari markazda-Moskvada ishlab chiqilar va aksariyat hollarda mahalliy shart-sharoitlar va xususiyatlar hisobga olinmas edi.
1991 yilda Ozbekistonning oz siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini qolga kiritishi hayotimizning barcha jabhalari qatorida sugurta sohasini ham bozor munosabatlari tamoyillariga mos ravishda rivojlanishi uchun sharoit yaratdi. Togri, mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiyotda roy bergan keskin ozgarishlar qisqa muddat bolsada pulning qadrsizlanishiga, pirovardida, aholi turmush darajasining pasayib ketishiga olib keldi. Shubhasiz, bu holat shaxsiy sugurtaning aholi ortasidagi ommaviyligiga putur etkazdi. Natijada, bu sugurta turlari boyicha sugurta shartnomalari soni va sugurta mukofotlari miqdori kamaydi. Masalan, 1993 yilda shaxsiy sugurtaning alohida turi bolgan hayot sugurtasi boyicha jami 1770356 dona shartnoma tuzilgan holda bu korsatkich 1994 yilda 406864 donaga kamaygan.
Bunday salbiy vaziyatni oldini olish va aholining shaxsiy sugurtaga bolgan ishonchini tiklash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining omonotlardagi va davlat sug’urtasi bo’yicha pul mablag’larini indeksatsiya qilish to’g’risida” 1995 yilning 20 dekabrida PF № 1327-son Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmonga muvofiq, 1996 yildan boshlab aholining 1992 yil 1 yanvargacha bolgan holatiga kora va 1996 yil 1 yanvargacha amalda bolgan Davlat sugurta bosh boshqarmasi muassasalarida turgan hayotni, bolalarni sugurta qilish, nikoh kunida beriladigan uzoq muddatli sugurta shartnomalari tolovlarini bosqichma-bosqich indeksatsiya qilish maqsadga muvofiq deb topildi. Davlat sugurta muasasalari tomonidan 1996 yilning 1 yanvaridan 1 iyuligacha bolgan muddatda fuqarolarning 400,0 mingdan ziyod shartnomalari indeksatsiya qilindi.
Ozbekiston Respublikasida shaxsiy sugurtani amalga oshirishning huquqiy asoslari Fuqarolik kodeksining 921-moddasida aks ettirilgan. Unga kora, shaxsiy sugurta shartnomasi boyicha bir taraf (sugurtalovchi) boshqa taraf (sugurta qildiruvchi) tolaydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sugurta mukofoti) evaziga sugurta qildiruvchining ozining yoxud shartnomada korsatilgan boshqa fuqaro (sugurtalangan shaxs)ning hayoti yoki sogligiga zarar etkazilgan, u muayyan yoshga tolgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sugurta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sugurta pulini) bir yola yoki vaqt-vaqti bilan tolab turish majburiyatini oladi. Shuningdek, kodeksda shaxsiy sugurta shartnomasi kimning foydasini kozlab tuzilgan bolsa, osha shaxs sugurta pulini olish huquqiga ega boladi, deb korsatilgan.
Shaxsiy sugurta shartnomasi tuzishda sugurta qildiruvchi bilan sugurtalovchi ortasida quyidagilar togrisida kelishuvga erishilishi lozim:
- sugurtalangan shaxs togrisida;
- sugurtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sugurta amalga oshirilayotgan voqea (sugurta hodisasi)ning xususiyati togrisida;
- sugurta puli miqdori togrisida;
- sugurta mukofotining miqdori va uni tolash muddati (muddatlari) togrisida;
- shartnomaning amal qilish muddati togrisida.
Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Agar sugurta shartnomasi sugurta qildiruvchi, sugurtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan fuqaroning ahvolini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarni oz ichiga olsa, shartnomaning ana shu shartlari orniga qonun hujjatlarining tegishli qoidalari qollaniladi.
2. Sugurtalanuvchining hayoti, sogligi, mehnat qobiliyati bilan bogliq mulkiy manfaatlari shaxsiy sugurtaning obekti hisoblanadi. Sugurtalovchi va sugurtalanuvchilar hamda sugurtalangan shaxslar shaxsiy sugurta subektlaridir.
Shaxsiy sugurta, odatda, fuqarolarni quyidagi xavf-xatarlardan himoyalanishini nazarda tutadi:
nafaqa yoshiga etishi bilan fuqaroning faol mehnat faoliyatini tugashi.
Yuqorida qayd etilgan hamma holatlarda sugurta hodisasini roy berishi sugurtalanuvchining yoki sugurtalangan shaxsning daromadini kamayishiga sabab boladi.
Ilmiy-iqtisodiy adabiyotlarda shaxsiy sugurta turlicha tasniflanadi. Mutaxassislar ortasida keng tarqalgan fikrlarga kora, shaxsiy sugurta 2 ta kichik tarmoqqa bolinadi:
hayot sugurtasi;
sogliqni sugurtalash;
Sogliqni sugurtalash, oz navbatida, 2 ta guruhga bolinadi:
baxtsiz hodisalardan sugurtalash;
tibbiy sugurta.
Shaxsiy sugurtani hayot sugurtasiga va sogliqni sugurtasiga bolinishiga asosiy sabab sugurta summalarini jamgarilib borilishidir.Hayot sugurtasi uzoq muddatli bolib, unda shartnoma boyicha belgilangan sugurta summasi har yili jamgarilib boradi.
Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sugurtalashda sugurta summalari jamgarilmaydi, muddati 1 yildan oshmaydi.
2002 yilning 28 mayidan etiboran Sugurta faoliyati togrisida qonunning qabul qilinishi bilan sugurta 2 ta tarmoqqa bolindi:
hayot sugurtasi;
umumiy sugurta.
Qonunga asosan sugurtalovchilarning faoliyati sugurtaning qaysi tarmogiga ixtisoslashganligiga qarab alohida litsenziyalanadigan boldi. Hayot sugurtasini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bolgan sugurtalovchilar umumiy sugurta turlarini otkazishga haqli emas yoki aksincha.
Shaxsiy sugurta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy shaxsiy sugurta turlariga quyidagilar kiradi:
hayot sugurtasi;
fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sugurtalash;
fuqarolarning sogligini va kasalliklardan sugurtalash;
fuqaroni malum yoshgacha etishish sugurtasi;
vafot etish holatidan uzoq muddatli sugurta;
tibbiy sugurta;
chet elga ketuvchilarni kasalliklardan sugurta;
maktab oquvchilarini baxtsiz hodisalardan sugurtalash.
Majburiy tarzda amalga oshiriladigan shaxsiy sugurta turlariga quyidagilar kiradi:
yolovchilarni baxtsiz hodisalardan majburiy sugurtalash;
soliq organlari xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sugurtasi;
Ozbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qomitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sugurtasi.
Majburiy davlat sugurtasini 2003 yil 1 yanvardan boshlab Ozbekinvest eksport-import milliy sugurta kompaniyasi otkazib kelmoqda. Ushbu sugurta turlari boyicha sugurta tarifi bir sugurtalanuvchiga bir yilga eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida belgilangan. 2005 yil 1 fevral holatiga bu summa 1306 somni tashkil etadi (2004 yil 1 avgustdan eng kam ish haqi 6530,0 som miqdorida belgilangan). Sugurta mukofotlari sugurtalanuvchi uchun respublika byudjeti mablaglari hisobidan tolanadi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda faoliyat korsatayotgan sugurta tashkilotlari, asosan, quyidagi sugurta turlarini amalga oshirishadi:
baxtsiz hodisalardan sugurtalash;
ixtiyoriy tibbiy sugurta va kasal bolish holatidan sugurta;
chet elga ketayotgan shaxslarni sugurtasi;
hayot sugurtasi.
Yuqorida qayd etilgan sugurta turlari ichida baxtsiz hodisalardan sugurtalash keng tarqalgan bolib, ular Ozbekinvest EIMSK, Ozagrosugurta va Kafolat davlat-aktsiyadorlik sugurta kompaniyalari, Madad sugurta agentligi kabi bir qator sugurta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
20012 yil 1 iyun holatiga mamlakatimizda 37 ta sugurta tashkiloti faoliyat korsatayotgan bolsa, ularning aksariyati baxtsiz hodisalardan sugurtalash, va faqat 2 tasi hayot sugurtasi boyicha tegishli litsenziyalarga ega.
Sugurta bozorida mijozlarni jalb etish boyicha raqobat bolganligi tufayli ixtiyoriy shaxsiy sugurta turlari boyicha tarif stavkalari turlichadir. Masalan, Ozbekinvest kompaniyasida 20-25 yoshlardagi shaxslarni 100,0 ming somga sugurtalash uchun tarif stavkasi ana shu sugurta summasiga nisbatan 1,125 foizni, yoshi 55-60 da bolgan fuqarolar uchun esa tarif stavkasi 1,575 foizni tashkil etadi. Ozagrosugurta sugurta kompaniyasida maktab oquvchilarini baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sugurtalash boyicha tarif stavkasi sugurta summasiga nisbatan 0,2 foiz miqdorida belgilangan.
Kafolat sugurta kompaniyasida talabalarni baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sugurtasi boyicha tarif stavkasi sugurta summasiga nisbatan
0,5 foizni tashkil etadi.
3. Shaxsiy sugurta turlari tarkibida fuqarolarni baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sugurtalash alohida oringa ega. Shu bois, biz ushbu sugurta turi bilan yaqindan tanishamiz. Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sugurtalash boyicha shartnoma qonunga kora yuridik va jismoniy shaxslarni yozma arizasi asosida tuziladi. Shartnoma tuzishdan oldin sugurta tashkiloti oz mijozlariga sugurta xizmatini taklif etadi. Yuridik va jismoniy shaxslar sugurta shartnomasi tuzishdan oldin albatta sugurtalovchining moliyaviy holati, litsenziyasi mavjudligi bilan qiziqishi lozim.
Sugurta shartnomasi tuzishdan oldin sugurta tashkiloti vakili sugurtalayotgan shaxslarni fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sugurtalash qoidalar bilan tanishtirishi lozim. Mazkur sugurta turi boyicha fuqarolarni baxtsiz hodisa roy berish natijasida sogligi va hayotini saqlash bilan bogliq manfaat sugurta obekti hisoblanadi. Sugurtalovchi, odatda, asab va ruxiy kasallikka duchor bolgan, falaj, kozi ojiz shaxslar, eshitish qobiliyati zaif bolgan va nogiron shaxslar bilan sugurta shartnomasini tuzmaydi.
Sugurtalangan shaxsning hayotiga va sogligiga quyidagi baxtsiz hodisalarni roy berishi natijasida shikast etganda va tasdiqlanganda sugurta summalari berilishi mumkin:
- jarohat olganda;
- suyaklarni sinishi, chiqishi;
- ichki organlarni zararlanishi;
- kuyishi;
- teri qatlamlarini sovuq urishi;
- elekt toki tasirida jarohatlanishi;
- kimyoviy moddalar va zararli osimlik tasirida zararlanishi;
- tish sinishi.
Bundan tashqari yuqorida qayd etilgan holatlar natijasida olim xolati yuz berganda xam sugurta summasi tolanadi.
Quyidagi hodisalarni roy berishi oqibatida sugurtalangan shaxsning hayoti va sogligiga shikast etkazilsa yoxud olimga olib kelsa sugurta summasi tolanmaydi:
- yadro portlashi;
- radiatsiya va nurlanish;
- sugurtalangan shaxsning atayin hatti-harakati natijasida baxtsiz hodisalar yuz berganda, oz joniga qasd qilganda va jinoiy harakatlar natijasida roy berishi.
Sugurta mukofoti sugurta tashkilotining hisob-kitob raqamiga kelib tushgandan song u shartnomada korsatilgan muddat ichida fuqarolarga sugurta polisini berishi shart. Agar sugurta polisi yoqotilgan taqdirda sugurta tashkiloti sugurtalagan shaxsga uning dublikatini beradi.
Sugurtalanuvchilarning huquqlari:
- sugurta shartnomasi amalda bolgan davrda sugurtalangan shaxs sugurta tashkilotidan sugurta masalalari boyicha maslahatlar olishi;
-sugurta polisi yoqotilganda uning dublikatini olish.
Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sugurtalashda sugurtalangan shaxslar yana quyidagi huquqlarga ega bolishi mumkin:
- sugurta summasini olishda nizolar paydo bolganda mustaqil ekspertni jalb etish;
- sugurtalanuvchi bilan kelishilgan holda amaldagi sugurta shartnomasiga qoshimcha va ozgartirishlar kiritish;
- sugurtalovchi bilan kelishgan holda sugurta shartnomasini muddatdan oldin bekor qilish.
Sugurtalanuvchi majburiyatlari:
- sugurta shartnomasida korsatilgan muddat va shartlarda sugurta mukofotlarini tolash;
- sugurtalangan shaxslarga sugurta shartnomasi shartlari togrisida malumotlar berish.
Sugurtalovchining huquqlari:
-sugurta hodisalari sugurtalovchi tomonidan tan olinmaganda sugurta summalarini tolamaslik;
- sugurta shartnomasida korsatilgan muddatda sugurta mukofoti tolanmasa sugurta shartnomasini bekor qilish.
Sugurtalovchining majburiyatlari:
- fuqarolarni baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sugurtalash qoidalari va sugurta shartnomasi shartlari bilan sugurtalanuvchini tanishtirish;
- sugurta shartnomasida korsatilgan muddatda sugurta polisini berish;
- sugurta hodisasi roy berganda sugurta summasini tolash;
- sugurta summasini tolashdan voz kechilganda, u holda 10 kun muddatda sugurtalanuvchiga yozma ravishda xabar berish.
Sugurta hodisasi roy berganda bu haqida sugurtalangan shaxslar qisqa muddatda sugurtalovchiga xabar berishi lozim. Baxtsiz hodisa roy berganda sugurtalangan shaxslar sugurtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
- sugurta polisi;
- davolash profilaktika muassasidan baxtsiz hodisa natijasida sugurtalangan shaxsning davolanganligini tasdiqlovchi malumotnoma.
Zaruriyat bolganda sugurtalovchi sugurta summasini tolash masalasini hal etish uchun zarur bolgan boshqa hujjatlarni sorashga ham haqli.
Baxtsiz hodisalar roy berish natijasida olim hodisasi roy berganda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- sugurta polisi;
- FXDYo bolimidan olim holati roy bergani togrisida malumotnoma;
- merosxurlik huquqini tasdiqlovchi hujjat;
agar olim hodisasi yol-transporti natijasida roy bergan bolsa, yol harakati xavfsizligi organidan olingan malumotnoma
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat.