Ҳаётни вафот этишдан (ўлимдан) суғурталаш шахсий суғуртанинг бир кўриниши ҳисобланади. Шунингдек, унинг қуйидаги кўринишлари мавжуд: Bonus to‘lovli hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash – uzoq muddatga sug‘urta himoyasini ta‘minlashga qaratilgan unifikatsiya qilingan dasturdir. Bonus to‘lovli hayot sug‘urtasining asosiy mohiyati hayotni sug‘urtalash bilan birga mablag‘larni jamg‘arish imkoniyatini yaratishdan va moliyaviy barqaror kelajakni ta‘minlashdan iborat.
Sug‘urta shartnomasining asasiy shartlari: 1. Sug‘urta muddati – 13 oydan 20 yilgacha;
2. Sug‘urta puli miqdori sug‘urtalanuvchi (mijoz) tomonidan tanlangandan keyin Sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblab beradi. Sug‘urta mukofotining miqdori Sug‘urtalangan shaxsning yoshi, sug‘urta muddati va sugurta badallarini to‘lash tartibiga bog’liq;
3. Badallar to‘lovi quyidagi uslublarning birida: bir vaqtning o‘zida to‘liq, yillik, yarim yilda bir marotaba, har chorakda yoki har oyda amalgam oshirilishi mumkin;
4. Sug‘urta puli quyidagi hollarda (sug‘urta hodisasi) to‘lanadi:
- Sug‘urtalangan shaxs shartnoma muddati tugaguncha yashaganda (bunda sug‘urta puli to‘langan barcha badallar va kompaniyaning qo‘shimcha bonusi yig’indisiga teng);
- Sug‘urtalangan shaxs vafot etganda (bunda sug‘urta puli olim qachon yuz berganligi va qancha badallar to‘langanligidan qat‘iy nazar Sug‘urtalangan shaxs butun muddati uchun to‘lashi kerak bo‘lgan barcha badallar va Kompaniyaning qo‘shimcha bonusi yig‘indisiga teng);
5. Sug‘urtalangan shaxsning yoshi – 18 dan 60 gacha, shartnoma muddati tugashi sanasida 65 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak.
Qarzdorning hayotini sug‘urtalash Qarzdorning hayotini sug‘urtalash – bu kredit muassalarining qaltisliklarini boshqrish usullaridan biridir. Qarzdorning hayotini sug‘urtalash shartlariga muvofiq Qarzdor (baxtsiz hodisa natijasida) vafot etsa yoki I guruh nogironi bo‘lsa, Sug‘urta kompaniyasi kredit bergan muassaga qarzning qaytarilmagan qismini to‘lab beradi.
Jismoniy shaxslar uchun sug‘urtaning ushbu turi ertangi kunga ishonch va o‘z yaqinlari uchun xotirjam bo‘lishga imkon beradi, chunki ko‘ngilsiz voqealar yuz berganda kredit Sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplanadi va uning yaqinlariga hech qanday talablar qo‘yilmaydi.
Sug‘urta kredit muassasasi (bank), Qarzdor va sug‘urta kompaniyasi o‘rtasidagi qarzdorning hayotini sug‘urtalash uchtomonlama shartnoma asosida amalgam oshiriladi. Sug‘urta mukofoti qarzdor yoki kredit muassasasi tomonidan kredit qaytarilmasligi qaltisligini kamaytirishga ko‘maklashuvchi oldini olish tadbirlari sifatida kredit muassasasi tomonidan to‘lanishi mumkin.
6. Qarz muddatidan avval to‘lansa, Sug‘urtalovchi Sug‘urtalangan shaxsga sug‘urta mukofotining ishlab topilmagan qismini (ishlatilmagan davr uchun mukofotni) ishni olib