357
yo’l qo’ymaslik lozim. Sanitariya nazorati xodimlari
bu borada tadbirkorlik
bilan faoliyat ko’rsatishlari lozim, chunki yig’ilib qoladigan axlatlar
yuqumli kasalliklar tarqalishiga sababchi bo’lishi mumkin. Bunday
zonalarni tashkil qilishdan maqsad turar joylardagi aholi salomatligini
saqlashdir. Himoya zonalarining katta-kichikligi sanoat korxonalaridan
chiqadigan chiqindilar miqdoriga bog’liq.
Sanitariya-himoya zonasi 5 turga bo’linadi:
1-turga taalluqli sanoat korxonalari uchun sanitariya-himoya chegarasi
1000 m; 2-turdagi sanoat korxonalari uchun 500; 3-turdagi sanoat
korxonalari uchun 300; 4-turdagi sanoat korxonalari uchun 100 metr; 5-
turdagi sanoat korxonalari uchun esa 50 metrni tashkil etadi. Zarur hollarda
mazkur himoya masofalari uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.
Agar sanoat korxonalari qoshidagi havoni
tozalash inshootlari yaxshi
ishlamasa yoki tozalash inshootlari umuman bo’lmasa, joylardagi havo
muallaq turadigan yoki tumanli bo’lsa himoya zonalari uzaytiriladi.
Ayrim sanoat korxonalari, shuningdek, ba’zi ishlab chiqarish
komplekslari,
ximiya sanoati, neftni qayta ishlash, metallurgiya
kombinatlari, issiqlik elektr stanciyalari bilan aholi turar joylari orasidagi
himoya masofalari sanitariya-epidemiologiya Bosh
boshqarmasi va Davlat qurilish komiteti tomonidan belgilanadi. Bunday
xuquq boshqa
respublikalardagi sanitariya, epidemiologiya Bosh
boshqarmasi va jumhuriyat Davlat qurilish komitetlariga ham byeriladi.
Sanntariya-himoya zonalari ko’kalamzorlashtirilishi zarur. SHunday
qilinganda daraxtlar zararli moddalar uchun tabiiy to’siq vazifasini o’tab,
chang, aerozol va boshqa ta’sirchan moddalarni o’zida ushlab qoladi.
YAshil zonalar havodagi chang miqdorini 2—3 marta kamaytiradi.
Ular havodagi sul’fit angidrid gazini o’ziga singdirib oladi va sul’fatlarga
aylanadi.
YAshil qalqonlar nafaqat changlarni, balki zararli gazlarni ham o’ziga
358
singdirib zararsizlantiradi. SHu sababli yashil zonalar tashkil
qilinayotganda zararli gazlarga, kislota va ishqorlarga chidamli
daraxtlar
o’tkazish zarur. Sanoat korxonalari joylashgan atmosfera havosining
ifloslanish darajasi yuqori bo’lgan joylarga mevali daraxtlar o’tkazmagan
ma’qul.
Sanitariya himoya zonasining 70% ini ko’kalamzorlashtirish mumkin.
I, II, III darajali sanoat korxonalarining 10% maydonini garaj, kirxona,
oshxona va hokazolar uchun, 20% maydonini esa yo’l va yo’lkalarga
ajratish mumkin. IV va V darajali sanoat korxonalari, turar joylar
oralig’idagi himoya masofasi ochiq qoldirilib, o’tloq.parga, daraxtlarga
aylantirilishi maqsadga muvofiq.
Sanitariya himoya zonasidagi daraxtlarga eng kuchli ta’sir etuvchi
moddalar kimyo, ko’mir sanoati, shuningdek qora va rangli metallurgiya
korxonalaridan ajralib chiqadigan sul’fit va sul’fat angidrid, vodorod
sul’fit, ftor, ammiak, sul’fat azot, brom va boshqa shu kabi moddalardir.
Sanitariya himoya zonasiga o’t o’chirish deposi, hammom, kirxona,
garaj, omborlar, konstruktorlik byurolari, o’quv yurtlari, laboratoriyalar,
garaj va boshqalarni qurish mumkin.
Sanitariya himoya zonasiga havoni qo’shimcha ifloslantiruvchi
ob’yektlar, shuningdek sport maydonlari, istirohat bog’lari, bolalar bog’cha
va yaslisi, maktab, davolash-profilaktika va sog’lomlashtirish
muassasalarini qurishga ruxsat byerilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: