343
ATMOSFERA HAVOSIDAGI ZARARLI OMILLARNING YER SATHIGA
TARQALISH QONUNLARI
Atmosfera havosi turli ko’rinishdagi zararli yoki zararsiz hisoblangan
gaz, bug’, chang, qurum va boshqalar bilan ifloslanadi. Havoning
ifloslanish darajasi ko’p sabablarga bog’liq. Jumladan, turar joylardagi
havoni ifloslantiruvchi manbalar soniga, havoga chiqadigan gaz, bug’ va
boshqalar miqdoriga, turar joylarning iqlimi, ob-havosiga, relyefiga,
geografik kengligiga bog’liq. SHuning uchun ham havoni ifloslantiruvchi
manbalardan chiqadigan zararli moddalarning havo havzasida tarqalishi,
shuningdek suyulib ketishini o’rganish atmosfera havosini muhofaza
qilishda katta ahamiyatga ega.
Qizig’i shundaki, atmosfera havosi qisqa muddat ichida yuqori
darajada zararlanishi va tezlikda o’rtacha holatga qaytishi mumkin.
Bizda eng katta ruxsat etiladigan miqdor va o’rtacha sutkalik ruxsat
etiladigan miqdor qabul qilingan.
Gigienik nuqtai nazardan yana bir holat, ya’ni turli vaqt davo-mida
o’rtacha deb tushunilgan moddalarning miqdoriy nisbati katta ahamiyatga
ega. Bu ifloslantiruvchi modda bilan aholining kasalliga orasidagi
bog’lanishni bilishga imkon byeradi. 20—30 minut ichida hisoblanadigan
eng katta miqdorning o’rtacha sutkalik miqdor ga nisbati 3 : 1 ga teng.
YOqilg’ilarning yonishi oqibatida atmosferaga tushadigan ifloslantiruvchi
omillar juda ko’p. Bunga uy-joylarda paydo bo’ladigan ifloslantiruvchi
moddalar ham kiradi. Hozir shaharlarni markazlashtirilgan issiqlik bilan
ta’minlash shahar havosini ham sifat, ham miqdor jihatidan o’zgartirib
yubordi.
Atmosfera havosiga tushadigan ifloslantiruvchi moddalar mo’rilar,
ventilyaciya shaxtalaridan chiqib, gaz va aerozol holida havo havzasiga
tushadi. Ular uzoq masofalarga tarqalib, ko’proq bo’shliqlarni egallaydi.
Asosan yer yuzasiga yaqin bo’lgan atmosfera qavatlari ifloslanadi, ular
344
tuproqqa ham tushishi mumkin.
Atmosfera havosining ifloslanishiga ko’pincha meteorologik
omillar ta’sir ko’rsatadi. Atmosfera havosi atmosfera chegarasi
27 – rasm. Dudburonlardan tutunning tarkalishi
yaqinida tik, ko’ndalang hamda aylanma harakat qiladi. Ularning harakat
tezligi yo’nalishiga bog’liq. Bunday harakat havoning quyosh nuri bilan
notekis isitilishi, yer relyefining notekisligi natijasida vujudga keladi. Havo
harakatining joy almashishi havo qatlamlaridagi harakatning turlicha
bo’lishiga sababchi bo’ladi. Bu o’z navbatida havodagi zararli gazlar,
bug’lar, chang va aerozollarning bir havo qatlamidan ikkinchisiga ko’chib
345
yurishiga, ularning miqdori o’zgarishiga sababchi bo’ladi.
Dudburonlardan chiqayotgan tutun va gazlarning oqimi uning
haroratiga, yo’nalishiga bog’liq. Jumladan, to’lqinsimon havo oqimi tik
haroratning mo’ri yaqinidagi o’zgaruvchanligiga bog’liq. Bunday
o’zgarishlar odatda kunduzi, ob-havo ochiq bo’lgan vaqtda va quyosh
nuridan yer qizib ketganda kuzatiladi.
Konussimon havo oqimi harorat o’rtacha, bulutli bo’lganda yoki
shabada esib turgan paytda kuzatiladi.
YArim doira havo oqimi harorat almashib turishidan ilon iziga
o’xshab dudburovdan uzoqlagan sari kengayib boradi. Bunday holat qor
yoqqan paytda va sal shamol esganda havo ochiq vaqtda kuzatiladi.
YArim doira havo oqimi shamol tezligiga bog’liq bo’ladi. Bunday
oqim havoni unchalik ifloslantirmaydi. CHunki chiqindi moddalar
anchagina uzoq masofalarga uchib ketadi va havoda ko’proq «suyuladi».
Mabodo havoni ifloslantiruvchi manbalar vodiylarda, tog’larning
oralig’ida joylashgan bo’lsa, gaz va chang chiqaruvchi mo’rilar ko’proq
bo’lsa, u holda havoning vodiy bo’ylab ifloslanishi anchagina xavfli tus
oladi. Bu zararli gazlar chang, kul va aerozollarning havodagi miqdori
oshib ketishiga sababchi bo’ladi.
Dudburonlardan chiqadigan havo oqimi asosan kechasilari kuzatiladi,
ko’pincha bu 1—2 soat davom etadi, ba’zvda 8—9 soat davom etishi ham
mumkin.
Ifloslangan havoning mo’rilardan burqirab chiqishi odamda noxushlik
uyg’otadi. U zaharli moddalarni yer yuzasiga yaqinlashtirib, tuproq va
o’simliklarni ifloslantiradi. Ayniqsa qish faslida havo haroratining pasayib
ketishi dudburondan chiqqan yuqori harorat-dagi zararli moddalarni sovuq
havo bilan aralashib pastga oqishiga sabab bo’ladi. Bu vaqtda mo’rilar
atrofida zararli moddalar koncent-raciyasi oshib ketadi. Natijada tuproq
ham ifloslanadi. Agar bun-day oqim bir necha kun davom etsa, aholi
346
salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Atmosfera havosida zararli moddalarning gorizontal yoki yotiq holda
tarqalishi havo tezligi va yo’nalishining o’zgaruvchanligaga bog’liq.
Mabodo shamol tezligi sust bo’lsa, zararli moddalarning atmos-fyera
havosidagi miqdori ancha ortadi, bu esa aholi orasida zaharla-nish xavfini
kuchaytiradi. SHamol tezligining 2 m/sekundga kamayi-shi havodagi
birikmalar tarqalishini asosiy manbadan 5—6 km yaqin-lashtiradi, sul’fid
angidrid miqdorini esa 2 marta kamaytiradi.
SHamol tezligi qanchalik kuchaysa, havodagi zararli birikmalar
shuncha uzoqlashadi, ularning suyulishiga imkon tug’iladi. Ayniqsa,
havo harakati girdobli bo’lsa, birikmalarning aralashib ketishi ham intensiv
bo’ladi.
Atmosfera havosining ifloslanishi shamol oqimi tezlashganda yoki
susayganda o’zgaradi. Bunday o’zgarishlar havoning nihoyatda
ifloslanishiga olib keladi. Ayniqsa, O’rta Osiyo respublikalarida yoz
faslida, Sibirda esa qish faslida yirik sanoat korxonalari joylashgan
shaharlarning sharoiti ancha yomonlashadi. Atmosfera havosi kuchli
ifloslanib, odamlarning salomatligiga kuchli ta’sir etadi, go’yo havo
etishmayotgandek tuyuladi.
Demak, sanoat korxonalarini qurish davrida, uning loyihalari
tuzilayotganda joyning relyefi, topografiyasi inobatga olinishi kerak.
Pastqam yerlarda havoning to’xtab qolishi kuzatiladi. Bu esa o’z
navbatida havoning ifloslanishiga sabab bo’ladi.
Uncha baland bo’lmagan tepalik relyefiga ega bo’lgan joylarning
atmosfera havosi tekis relyefga ega bo’lgan joylarning atmosfera havosidan
uncha farq qilmaydi. Biroq tepaliklar 50—100 metr, ularshshg qiyaligi 5—
6° ga teng bo’lsa, havoning ifloslanishi 50% ga etishi mumkin. Agar
mo’rilar uzunligi o’rtacha bo’lsa, bunday holat sodir bo’ladi. Korxonalar
qurilayotganda shamol yo’nalishiga ahamiyat byerilishi zarur.
Agar tepalik shamol yo’nalishida joylashgan bo’lsa, tepalik yoy-
347
bag’rida shamol kuchi pasayib, havo havzasining ifloslanishiga olib keladi.
Notekis yer relyefining atmosfera havosini ifloslantirishga ta’siri juda
katta, shuning uchun ham keyingi vaqtlarda notekis joylardagi atmosfera
havosining ifloslanish darajasini to’g’ri hisoblash uchun qo’shimcha
koefficientlar kirgizilmoqda.
Atmosfera havosidagi zararli moddalarning tarqalishiga shahar
qurilishining ta’siri katta deb hisoblanadi. Ma’lumki, quyosh nurining
tushishi, namlik, shamol rejimi, harorat katta shaharlarda bir qadar o’zgarib
ketdi. Temir-beton uylar, asfal’tlangan ko’chalar, uylarning baland qilib
qurilishi yoz faslida atmosfera havosining isib ketishiga, havo
aeraciyasining kamayishiga olib boradi. SHu sababli shaharlar issiqlik
tarqatuvchi orolga o’xshab qolmoqda, kichikroq territoriyalarda yuqoridan
pastga, pastdan yuqoriga ko’tariluvchi havo oqimi paydo bo’lmoqda.
Transport vositalari ko’payshpi sababli havo tumanlari sodir bo’lmoqda,
atmosfera havosidagi ifloslanishlarning tarqalishiga, ularning suyulishiga
to’sqinlik qilmoqda.
Atmosfera havosining ifloslanishi natijasida yer yuzasi ham katta
zarar ko’radi. Bunday ahvoldan qutulish uchun olimlar bir qancha takliflar
kiritmoqdalar. Dudburon mo’rilarining baland qilib qurilishi katta
ahamiyatga ega.
Dudburon mo’risi ustidan o’tadigan shamol qancha tez bo’lsa,
ifloslanish darajasi shuncha kamayadi.
Baland qilib qurilgan dudburon yer yuziga yaqin bo’lgan havoning
ifloslanishini kamaytirish bilan birga, tutun bilan ifloslanish
radiusini oshiradi. Mo’rining uzunliga 20—40 metrga teng balandlikda
qurilsa, ifloslanish darajasi eng yuqori bo’ladi. Hozir dudburon
mo’rilarining 180—320 metrga teng balandlikda qurilishi havodagi
ifloslanishning 10 km va undan ham uzoqroq masofaga tarqalishiga sabab
bo’lmoqda.
Atmosfera havosining yer yuzasiga yaqin qatlamlaridagi
348
ifloslantiruvchi moddalar qoncentraciyasining kam bo’lishi yoki ko’proq
miqdorda aniqlanishi havo harakatidagi notekis har xil yo’nalishlarning
mavjudligidandir. Jumladan, pastlik joylarda havo harakatining ancha
sekinligi, hatto to’xtab qolgan holatlari ham kuzatiladi.
Atmosfera havosining ifloslanish darajasi havo havzasiga tushgan
chiqindilar miqdoriga bog’liq. CHiqindi moddalar kg, g, mg lar bilan
ifodalanib, ma’lum vaqt bilan belgilanadi. Masalan, sut-ka/kg,
sekund/gramm, yil/tonna bilan belgilanadi.
Atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar uyushgan va
uyushmagan holatda amalga oshiriladi. Masalan, ventilyaciya sistemasi
yoki aspiraciya yo’li bilan yig’ilgan gaz yoki boshqa chiqindilar yig’ilgan
holda chiqarib tashlanadi. Bunday chiqindilar tarkibidagi moddalar
koncentraciyasi yuqori bo’lganligi sababli ular atmoefyeraga mo’rilar
orqali chiqarib tashlanadi. Masalan, isitish qozonlaridan, issiqlik elektr
standiyalaridan chiqqan tutun va gazlar mo’rilar orqali atmosferaga
chiqariladi. Bunday chiqindilar kichik-kichik cexlardan, dastgohlar ustiga
o’rnatilgan qopqoqlardan quvur-lar orqali so’rilib, yig’ilgan holda
ventilyaciya quvurlari orqali chiqarib yuboriladi.
SHuni aytish kerakki, uyushmagan holdagi chiqindilarning atmosfera
havosiga chiqarib tashlanishi atrof-muhitga asoratli ta’sir ko’rsatmoqda.
Uyushgan chiqindilar miqdori va ular tarkibidagi ayrim moddalar
koncentraciyasi turli usullar bilan o’lchanadi.
30-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |