SUV HAVZALARINING SANITARIYA-MUHOFAZA ZONALARI
Davlat standarti (27-61-84) talabiga asosan suv manbalari va bosh suv
olish inshootlari atrofida sanitariya-muhofaza zonalarini to’g’ri tashkil qilish
katta ahamiyatga ega. Unda suv olish joyi, vodoprovod inshootlariga
ulanadigan joy ma’lum qoidaga amal qilingan holda muhofaza qilinishi shart.
Bu muhofaza zonalari Sog’liqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Sanitariya-himoya zonasi — bu xo’jalik-ichimlik suv havzalarini, suv
qabul qilib olish inshootlarini ma’lum ajratilgan masofa va territoriyalarda
himoya qilishdir. Sanitariya-himoya zonasini tashkil qilish, ya’ni ma’lum
ajratilgan territoriyada qattiq tartib o’rnatilishi, bu ayniqsa ochiq suv
havzalari uchun va yer osti suvla-
137
rining ifloslanishining oldini olish uchun
mo’ljallangandir.
Bunday
zonalar
vodoprovod bosh inshootlarini ham o’z
ichiga oladi. Ular suv manbalarini tasodifiy
yoki ataylab zararlanti-rilishi oldini olishga
imkon bsradi. Aholi sog’lig’ini saqlashni
ko’zda tutib, 1937 yili sobiq SSSR Xalq
komis-sarlar Soveti va Markaziy Ijroiya
komiteti tomonidan aholini «Vodop-rovod
va suv bilan ta’minlash manba-larini
sanitariya
jihatidan
himoyalash»
to’g’risvda maxsus qaror qabul qilingan.
SHu qaror asosida juda ko’p ko’rsatma
hujjatlar chiqarildi, bu hujjatlarda
sanitariya-himoya zonasini kengaytirish,
himoya zonasida ish rejimini tashkil qilish
va boshqalar ko’zda tutilgan. 1982 yilda
sobiq SSSR Davlat Bosh sani-tariya vrachi
tomonidan yana bir nizom tasdiqlandi.
Bunda aholini xo’jalik-ichimlik suv bilan
ta’minlash, suv manbalari atrofidagi
sanitariya-himoya
6-r a s m. Artezian kudukning
muxofaza chegarasi.
1 – statik satx; 2 – dinamik satx; V –
mintaka sanitariya-ximoya zonasi.
zonalarini loyihalashva undan foydalanish to’g’risida qaror qabul qilindi (26-
40-82).
SHu hujjatlar asosida sanitariya-himoya zonalarini suv manbalari va
vodoprovod inshootlari uchun uyushtirilganda uch zona — mintaqa ko’zda
tutiladi.
Birinchi mintaqa kat’iy tartibli zona bo’lib, bunda suv olish joyi,
vodoprovod bosh inshootlari turli ifloslanishlardan himoya qilinadi. Birinchi
138
mintaqa territoriyasi yuza suv havzasini, suv olish inshootini, daryo yoki
kanal qirg’oqlari va shu qirg’oqlarga tutashgan maydonlarni o’z ichiga oladi.
Daryo yoki kanalning suv olish joyida vodoprovodning bosh inshootlari
joylashtiriladi. Birinchi mintaqa suv olish joyidan ikkinchi qarama-qarshi
qirg’og’igacha bo’lgan masofa suv to’la yoki yarim bo’lishidan qat’i nazar
100 metrni tashkil qilishi lozim. Suv havzasidagi suvning bir qismi uning
oqish-oqmasligidan qat’i-nazar birinchi mintaqaga kiritiladi.
Yer osti suv manbalari uchun eng kichik suv maydonining himoya
zonasi — deprsssiv chuqurlik maydoni hisobga olinadi. CHunki yer osti
suvlari shu depressiv chuqurlik atrofida ifloslanadi. Bosimsiz yer osti suvlari
uchun himoya zonasi maydonining radiusi 50 metr, bosimli yer osti suvlari
uchun 30 metrga teng (6-rasm).
Birinchi mintaqa territoriyalariga qo’yiladigan talab quyidagicha:
1. Birinchi mintaqaga qarashli territoriyalar har tomondan devorlar bilan
o’raladi.
2. Uning territoriyasi ichki ishlar bo’limi xodimlari tomonidan
qo’riqlanadi, maxsus hujjatsiz hech kim u yerga qo’yilmaydi.
3. Birinchi mintaqa territoriyasida vodoprovod inshootlariga aloqasi
bo’lmagan qurilishlarga ruxsat etilmaydi.
4. Hojatxonalar temir-betondan, yer osti suvlarini ifloslan-tirmaydigan
qilib quriladi.
5. Maydonni doim toza tutish, obodonlashtirish, yo’llarga asfal’t
yotqizish, chiqindilarni o’z vaqtida olib ketish va boshqa tadbir-choralar
ko’zda tutiladi.
6. Birinchi mintaqadagi suvlarda baliq tutish, cho’milish, qayiqda
uchish, suv bo’ylarida mol boqish, ekinlarga zaharli ximikatlar sepishga
ruxsat etilmaydi.
II va III mintaqalar cheklash va kuzatish maydonlarini, yer osti suv
139
manbalari va ochiq suv havzalari uchun ajratilgan territoriyalarni o’z ichiga
oladi. Bu mintaqalarning vazifasi suv havzalarini suv olish joyigacha
mikroblardan ifloslanishining oldini olish va suv smfatini Davlat standarti
darajasiga ko’tarishdir. Davlat standarti 27-61-84 bo’yicha «Markazlashgan
xo’jalik-ichimlik suv bilan ta’minlash qoidasi» da suv havzalarini chegaralash
va kuzatish mintaqalari chegaralarini aniqlashdan asosiy maqsad suvga
tushgan mikroblar sonini kamaytirishdir. Bu ko’rsatkich katta ahamiyat kasb
etib, quyidagi formula bilan ifodalanadi:
N
t
= N
o
• 10
kt
,
I
o
— ifloslangan suvdagi baktyeriyalar miqdori;
N
t
—- ma’lum vaqt o’tgandan so’ng qolgan baktyeriyalar koncentra-
ciyasi;
k — baktyeriyalarning o’lish tezligi.
SHunday suvlar vodoprovod inshootlarida ishlangandan so’ng 28-74-82
yil Davlat standartining «Ichimlik suv» talabiga javob be-
rishi kerak.
CHeklash va kuzatish zonalarida suvni doimo himoya qilish maqsadida
ayniqsa ifloslantiruvchi ob’yektlarga nisbatan sog’lomlashtirish tadbir-
choralari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Rossiyaning Yevropa qismida cheklash mintaqasining daryo suvi
oqimiga qarshi masofasi o’rtacha va katta daryolarda 30—60 km ni
tashkil qiladi. Kichik daryolar, masalan sekundiga 10 m
3
debitli suvi bo’lgan
daryolarning sanitariya-himoya zonalari hamma territoriyani o’z ichiga oladi.
Oqar suvlar uchun birinchi mintaqa suv havzalarining suv olish joyidan
suvning pastki oqimigacha bo’lgan qismida himoya zonasining uzunligi 250
metrga teng. Bunda shamol kuchli bo’lgan vaqtda suvning orqaga oqishini
hisobga olish kerak bo’ladi.
Oqmaydigaya suv havzalari uchun ikyugdchi sanitariya-himoya zonasi
140
suv olish joyidan suv sathi bo’ylab 3—5 km masofani o’z ichiga oladi. Bunda
joyning gidrologik holati hisobga olinadi.
Ikkinchi mintaqa chegaralari qirg’oq bo’ylab, tekis yerda 500 dan 1000
metrgacha, tog’li joylarda birinchi ko’tarilgan tepalikkacha bo’lgan
masofani o’z ichiga oladi. III mintaqa yon bag’ri chegaralari suv chegarasidan
3—5 km maydonni tashkil qiladi.
II va IIII mintaqadaga sanitariya-himoya qilish zonasida olib boriladigan
tadbir va choralar aeosan suv bo’ylarida uy-joylar qurilishini kamaytirish,
korxona chiqindi suvlaridan tozalash, chiqindi-axlatlarni zararsiz holatga
keltirish, ifloslanishga sabab bo’ladigan ob’yektlar sonini kamaytirish, suv
havzalaridan kir yuvish, mollarni sug’orishda foydalanmaslikdan iborat.
Mintaqa territoriyalarida joylashgan korxonalarning texnologik
jarayonlarini kuzatish chiqindi suvlarning ko’payib ketishi, uning tarkibi
o’zgarishining oldini olishga yordam byeradi. Korxona suvlarining ochiq suv
havzalariga tashlanishini nazorat qilish suv havzalarini muhofaza qilish
qonunlari asosida olib boriladi. Mabodo korxona chiqindi suvlarini texnika va
iqtisodiy jihatdan tozalash imkoni bo’lmay qolsa, u holda chiqindi suvlar
ikkinchi mintaqadagi himoya zonasi tashqarisiga chiqarib tashlanadi. Bundan
ko’zlangan maqsad suv havzalarini ifloslanishdan muhofaza qilishdir.
YUza suv havzalaridagi suv tarkibini yaxshilash maqsadida oqar suv
qirg’oqlariga manzarali daraxtlar ekiladi yoki o’tloqlar tashkil qilinadi.
O’tloqlar, daraxtzorlarning kengliga 100—150 metrdan kam bo’lmasligi
kerak.
Daryo suvida kemalar qatnaydigan bo’lsa, ularning harakatini nazorat
qilish, ularning suvni ifloslantirishiga yo’l qo’ymaslik, xo’jalik suvlarini suv
havzalariga tashlanishi oldini olish, qolgan oqova suvlarni shahar
kanalizaciya tarmoqlariga quyish zarur.
II va III mintaqalarda suv sifati nazoratini yaxshi uyushtirish
zarur,shunda suv sifati Davlat standarti talabiga javob byeradi. Mabodo
141
suvning sifati o’zgaradigan bo’lsa, tezlikda suv namunalari tekshirilib, aybdor
tashkilotlar tartibga chaqiriladi. SHu maqsadda sanitggriya xodimlari II va III
himoya zonalaridagi suv manbalaridan namunalar olib kimyoviy,
baktyeriologik jihatdan tekshirishga yuborib turadilar.
Yer osti suvlarida himoya zonalari tashkil qilishdan maqsad suvlarning
tabiiy holatini saqlash, ularning kimyoviy tarkibi va baktyerialogik
ko’rsatkichlari doimo normada bo’lishiga erishishdir. CHunki yer osti suvlari
ko’pincha tozalanmay to’g’ridan-to’g’ri aholini suvga bo’lgar ehtiyojini
qondirish uchun truboprovodlar yordamida tarqatiladi.
SHuning uchun yer osti suv havzalarini ifloslanishdan saqlash,
foydalanilayotgan artezian quduq suvlarini himoya qilish yuqumli kasalliklar
tarqalishining oldini oladi.
Yer osti suvlari darz ketgan qatlamlar va bo’shliqlar orqali grunt
suvlardan ifloslanishi mumkin. Yer osti suvlari ayniqsa depression
chuqurliklardan tezroq zararlanadi.
Ayniqsa, II mintaqada yer osti suvlarini mikroblardan asrash zarur.
Mikroblar bilan ifloslangan yer osti suvlari suv olinadigan quduqqacha
tozalanishi kerak. Tozalash birmuncha vaqt talab qiladi. Ikkinchi yer osti
suvlarini himoyalash zonasi gidrodinamik: hisob-kitoblar bilan aniqlanadi,
ya’ni ikkinchi zonada yer osti suvlari mikroblardan tozalanishi uchun. 400
kun, qatlamlararo suvlar uchun 200 kun kerak bo’ladi.
Yer osti suvlarining III himoya zonasini tashkil qilishda yana
gidrodinamik hisoblarga asoslaniladi. Agar yer osti suvlari kimyoviy
moddalar bilan ifloslangan bo’lsa, kimyoviy moddalarning suv oladigan
joygacha etib borishi ancha qiyin, u suv olinadigan nuqtadan naridan o’tishi
mumkin. Odatda, chuqur quduqlardan foydalanish muddati 25 yil.
Zararlangan yer osti suvlari shu davr ichida ham suv olish joyigacha etib
kelmasligi mumkin. Ammo, suv qiya holatda siljisa, ifloslanish gadrodinamik
142
hisobdagiga qaraganda tezroq bo’lishi mumkin. Bu yer qatlamining
g’alvirligiga, yer ostidagi suvning harakat tezligiga bog’liq. SHuning uchun,
gidrodinamik hisoblar gidroinjenyerlar, sanitariya vrachlari bilan birga olib
boriladi.
Yer osti suvlari uchun II va III sanitariya-himoya zonalarini tashkil
qilishdan maqsad o’sha territoriyalarda foydalanilmayotgan chuqur artezian
quduqlarini aniqlash, tuproqlarni mikroblardan, zaharli ximikatlar, minyeral
o’g’itlar va boshqa kimyoviy moddalardan saqlash hisoblanadi. Ifloslantirish
xavfini tug’diruvchi artezian quduqlari tamponlanib, yer ostiga iflosliklar
tushishining oldi olinadi va shu kabi boshqa tadbir-choralar ko’riladi.
Ulardan tashqari, yer osti suvlarini ifloslanishdan saqlash maqsadida
sanoat korxona chiqindi suvlari yoki ularning loyqa quyqumlarini yig’ish,
neft’ mahsuloti chiqindilari va mnnyeral o’g’itlarni saqlash uchun omborlar
qurish va boshqalarga ruxsat etilmaydi. Yer qatlamlari mustahkam
gidroizolyaciya matyeriallari bilan o’ralib, yer osti suvlari himoyalanganiga
ishonch hosil bo’lgach, mazkur mintaqalarda ba’zi bir qurilishlarga ruxsat
byeriladi.
II mintaqada mozorlar qurish, o’lgan hayvonlarni ko’mish, axlatlarni
yig’ish uchun joy ajratish, suyuq chiqnndilarni zararsizlantirishga ruxsat
etilmaydi. Mabodo turar joylar qurishga ruxsat byerilgudek bo’lsa, ularning
hammasi kanalizaciya tarmog’iga ulangan bo’lishi lozim.
Yer osti suvlarining sifat ko’rsatkichi 27-61-8 raqamli Davlat stavdarti
talabiga javob berishi zarur.
YAngi Davlat standarti bo’yicha yer osti suvlari va yuza suv havzalari
ko’rsatkichi uch turga bo’linadi.
1. Yer osti suv manbalari.
Birinchi darajali suv manbalarining hamma ko’rsatkichlari 28-74-82
raqamli Davlat standarti talabiga javob byeradi.
143
Ikkinchi darajali suv manbalarining sifat ko’rsatkichi Davlat standartiga
to’g’ri kelmaydi. Uni fil’trlash, zararsizlantirish yo’li bilan vaqti-vaqtida
zararsiz holatga keltirib turiladi.
Uchinchi darajali suv manbalari sifatini 28-74-82 raqamli Davlat
standarti talabiga etkazish uchun, ikkinchi turdagi kabi suv sifatini oshirish
choralari ko’riladi. Bunday suvlar oldin tindirilib, so’ngra fil’trlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |