1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


SHIFOXONALARNING SANITARIYA VA TEXNIKA ANJOMLARI



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

SHIFOXONALARNING SANITARIYA VA TEXNIKA ANJOMLARI 
Har qanday shifoxonalar jamoa joyi bo’lib, ularni obodonlashtirish 
talab qilinadi. YA’ni, shifoxonalarni kanalizaciya, vodoprovod, issiq suv 
bilan ta’minlash sanitariya tartib-intizomini amalga oshirish imkonini 
byeradi. 
SHuning uchun, shifoxonalarni shahar vodoprovod, kanalizaciya, 
issiqlik tarqatuvchi shohobchalarga ulash qulay bo’lgan joylarga qurish 
kerak. Bularning hammasi ishlab chiqilgan loyihalarda ko’rsatiladi. Har bir 
bemorga sutkasiga 300-400 litr suv etkazib byerilishi kerak. 
SHifoxonalarning chiqindi suvlarini yaxshilab tozalaydigan inshootlarga 
yuboriladi. Unda chiqindi suvlarni zararsizlantirish uchun zamonaviy 
usullardan, ya’ni biologik, qayta tozalash va zararsizlantirish usullaridan 
foydalaniladi. 
Bu ishlar yuqori malakali injenyer-texniklar yordamida amalga 
oshiriladi. YUqumli kasalliklar shifoxonalarining chiqindi suvlarini 
zararsizlantirish uchun vaqtinchalik ishlab chiqilgan tavsiyanomadan 
foydalanish kerak (tavsiyanoma 1978 yili Sog’liqni saqlash vazirligi 
tomonidan 8 avgustda tasdiqlangan). Bunday chiqindi suvlar tarkibida juda 
ko’p miqdorda patogen mikroorga-nizmlar mavjud bo’lib, ular aholiga juda 
katta xavf tug’diradi. 
Bu chiqindi suvlar tarkibida vabo kasalligini, qorin tifini, ichburug’ni 
chaqiruvchi mikroblar, brucellyoz, sal’monellyoz, kuydirgi, sil va boshqa 


345
og’ir yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi mikroblar, turli gijja tuxumlari, 
sarig’ kasalligini tarqatuvchi viruslar, entyeroviruslar va boshqalar bo’ladi. 
YUqumli kasalliklar shifoxonasining chiqindi suvlarini tozalash, 
zararsizlantirish inshootlari shifoxona hududiga sanitariya himoya 
chegaralarini hisobga olib quriladi. Ular chiqindi suvlar miqdoriga bog’liq. 
Jumladan, bir sutkalik chiqindi suv miqdori 200 m
3
ga etganda sanitariya 
himoya chegarasi boshqa binolarga nisbatan 100 metr, 500 m
3
ga etsa 150 
metr bo’ladi. Tozalash inshootlarining atrofi 1,6 metr balandlikda devor 
bilan o’ralib, ko’kalamzorlashtiriladi. Yo’llar yoritilib asfalt yotqiziladi, 
yo’llarning eni 3,5 metr bo’ladi. 
Tozalangan 
va 
mikroorganizmlardan, 
gel’mintlardan 
zararsizlantirilgan chiqindi suvlar ochiq suv havzalariga oqiziladi. 
CHiqindi suvlarni zararsizlantirish natijasini nazorat qilish maqsadida bir 
sutkada eng kamida 3-4 marotaba chiqindi suv namunasi qoldiq xlorga va 
ichak tayoqchalariga tekshiriladi. Qoldiq xlor miqdori bir litr suvda 1,5 mg 
dan kam bo’lmasligi kerak, chiqindi suv biologik tozalashdan so’ng va 
xlorlangandan keyin uning koli indeksi uzog’i bilan 1000 bo’lishi kerak. 
Bu ishlarni bajarish uchun tozalash inshotolarida kontaktli katta rezyervuar 
(idish), xlorator asbobi, cho’kmani olish uchun moslama va boshqa 
laboratoriya anjomlari bo’lishi talab qilinadi. 
SHifoxona binolarining issiq va sovuq suv bilan ta’minlanishi 
bemorlar uchun qulay sharoit tug’diradi. Bu esa o’z navbatida 
bemorlarning shaxsiy gigiena talablarini bajarishga yordam byeradi. 
SHifoxonalarning elektr enyergiya sistemasi shahar yoki nohiya elektr 
enyergiyasi setiga ulangan bo’lishi kerak. Ba’zi bir hollarda elektr 
enyergiyasi bo’lmay qolganda, kasalxona og’ir holatga tushib qolmasligi 
uchun uning o’zini elektr enyergiya ishlab chiqadigan uskanalari, ya’ni 
kichik elektrodvigatellari bo’lishi kerak. 
Palata va xonalarni yoritish uchun sut rangiga ega bo’lgan 


346
yoritgichlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Lyuminescent lampalar ham 
ishlatilishi mumkin. Umuman olganda xuddi kunduzgidek yorug’lik 
tarqatuvchi lampalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Bulardan tashqari har bir karavot boshiga kichik joyni yoritish 
maqsadida stol usti yoritish lampalari o’rnatiladi. SHifoxonalarni yoritishda 
sanitariya normasi va qoidasidan foydalaniladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish