1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


AXLATLARNI ZARARSIZLLNTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

AXLATLARNI ZARARSIZLLNTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH 
Aholi turar joylaridan chiqadigan axlatlarni axlatxonalarga tashlash 
inson sog’lig’iga zararli ekani gigiena fani tomonidan isbotlangan. Lekin 
shunga qaramasdan bu masalaga befarq qarab kelinmoqda. Axlatxonalarda 
axlatlarni zararsizlantirmay ulardan foydalanib bo’lmaydi. 
Axlatlarni ikki yo’l bilan zararsizlantirish va ulardan foydalanish 
mumkin: a) biotyermik usul, axlatni kompost qilish, ya’ni axlatni maxsus 
axlatxonalarda zararsizlantirilib, so’ng ulardan parniklarda foydalanish; b) 
axlatki kuydiradigan, xillaydigan zavodlarda zararsizlantirish; 
Biotyermik usul tuproq bilan zararsizlantirish usuliga o’xshaydi, 
bunda organik moddalarning bioximik parchalanish jarayonlari 
mikroorganizmlar hisobiga bo’ladi. 
Axlatlarni kompostlash
. Bu murakkab aerobli biologik jarayon 
bo’lib, bu jarayonda organik moddalarning tez chiriydigan qismi, 
o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladigan minyeral moddalarga 
parchalanadi. Jarayon chirindi hosil bo’lishi bilan tugaydi. Tabiiy holatda 
kompost jarayoni bir yil davom etishi mumkin. Mexanizmlar yordamida 
esa ikki-uch kunda tugashi mumkin. Agar kompostlash uskunalari to’g’ri 
loyihalangan bo’lsa, unda axlatlarning tyermofil mikroblar yordamida 
harorati oshib, qattiq axlatlar yaxshi zarar-sizlantiriladi. 
Kompost usulida axlatning harorati 60—75°S ga ko’tarilib, undagi 
inson organizmiga zararli bo’lgan va uning sog’ligiga xavf tug’diruvchi 
barcha mikroorganizmlar o’z-o’zidan qiriladi. 


396
CHiqindi axlatlarni zararsizlantirishda eng asosiy omillar axlatning 
tarkibiy qismi, uning fizik xususiyatlari, namligi, shamollatish tartibi,
harorati hisoblanadi. 
30 - rasm. Axlatni 
kompostlash maydoni. 
1 — kompost maydoniga 
keladigan yo’l; 2 — tosh bilan 
shibbalangan yo’l; 3 — o’tish 
ko’priklari; 4 — suvlarni oqizib 
ketuvchi kanallar; 5 — kompost 
g’aramlar; 6 — ik-kinchi darajali xom 
ashyo; 7 — mashina va asbob-
uskunalar; 8 — xo’jalik maydoni. 
Kompostlashning biotyermik jarayonida uch bosqich kuzatiladi: 1) 
haroratning ko’tarila borishi; 2) haroratning juda yuqori darajaga 
ko’tarilishi; 3) haroratning asta-sekin pasaya borishi. 
Birinchi bosqichda sporasi bo’lmagan mezofil mikroorganizmlar jadal 
ko’payavyeradi. Ularning yashashi va ko’payishi uchun 25—30°S eng 
qulay harorat hisoblanadi. Bu mikroorganizmlar uchun issiqlik 
enyergiyasini axlat tarkibidagi parchalanayotgan organik birikmalar, ya’ni 


397
karbon suvlar, organik kislotalar, oqsillar va boshqalar byeradi. Demak, 
kompostlashning birinchi bosqichida harorat sekin-asta ko’tarilib, organik 
moddalarning parchalanish jarayoni boshlanadi. Bu bosqichda ayni shu 
haroratga moslashgan sporali tyermofil mikroorganizmlarning ko’payishiga 
va rivojlanishiga sharoit tug’iladi. Mezofil mikroblar o’z-o’zidan qirila 
boshlaydi. Tyermofil mikro-organizmlar esa taxminan 42—45°S da 
ko’paya boradi. 
Kompostlashda haroratning ko’tarilishi bir kundan o’n kungacha 
davom etishi mumkin. Kompostlash jarayonining ikkinchi bosqichi-da 
yuqorida aytganimizdek harorat ko’tarila borib mezofil mik-roorganizmlar 
tyermofil mikroblarining ko’payishiga sharoit tug’diradi. Bunday
sharoitda bu baktyeriyalar tez rivojlanib, harorat har 10°S ga
ko’tarilganda ularning ko’payishi ham 2—3 
barobar ortib boradi. Bu jarayon kompost harorati 70°S ga
ko’tarilguncha davom etadi. 
Kompostlashning uchinchi bosqichida harorat sekin-asta pasaya bo-
radi, ammo mikroorganizmlar soni kamaymaydi. Agar axlat tarki-bini 
ko’proq oziq-ovqat chiqindilari tashkil qilsa va uning namligi 65% bo’lsa 
bunday axlatni kompostlash yo’li bilan zararsizlantirib bo’lmaydi. 
CHiqindi axlatlarda namlik bo’lsa, ularda shamollash jarayoni buziladi. 
SHuning uchun ham chiqindi-axlatlarning namligi 45—55% atrofida 
bo’lgani maqsadga muvofiqdir. 
Kompostlash maydonlari shahardan tashqarida yoki aholi turar 
joylaridan 500 metr uzoqlikda sanitariya-himoya chegarasida 
joylashtiriladi. Kompostlash maydoni tekis, yog’ingarchilik vaqtada suv 
bosmaydigan bo’lishi kerak. Kompost maydonlarining atrofi halqob suvlar 
oqib ketadigan aylanma ariqlar bilan o’raladi. Ariqlar cheti 25—30 sm 
ko’tarilgan bo’lib, kompost g’arami atrofiga manzarali daraxtlar ekiladi. 


398
Har bir 1000 aholiga 0,13 ga yer maydoni kerak bo’ladi. Axlat g’aramlarini 
tashkil qilish uchun yer maydonlari oldindan rejalashtiriladi. Bu 
maydonning uzunligi 25—30 metr, eni — 3 metr bo’ladi. G’aramning 
balandligi esa 1—1,5 metr bo’lib, kompost tagiga shox-shabba yoki hashak 
yoyilib uning ustiga axlat bosiladi (30-rasm). G’aram faqatgina axlatlardan 
iborat bo’lib, usti va yon atrofi 15—20 sm qalinlikda tuproq bilan 
byerkitiladi, mabodo ilgarigidan qolgan gumusli kompost bo’lsa unda 
yangi kompost gumus bilan byerkitiladi. Tuproq va gumus bilan 
kompostlashda maxsus mikrofloralar qo’shiladi. Bunday qilinsa kompostga 
pashsha kirolmaydi, qo’lansa hidli gazlar tashqariga chiqmaydi. 
S. Aglickiyning o’n uchta tajriba uchun tashkil qilgan kompostlari 
etilganda qilingan baktyeriologik analizlar shuni ko’rsatdiki, kompost 
harorati 45°S ko’tarilganda 1 gramm kompostda mikroblar soni 3,5—28 
mln dan 0,2—3 mln gacha kamayadi, koli-titr 0,00001— 0,001 dan 1, hatto 
10 gacha ko’tariladi, gijja tuxumlari ham o’la-boshlaydi. Kompost 
tarkibida azot — 0,75; fosfor - 0,4—0,86; kaliy — 0,5—0,75% ni tashkil 
qiladi. Kompost 5—12 oyda etiladi. Kompost etilganda rangi qoramtir 
jigarrang tusga kirib hidsiz, pashshalarni o’ziga jalb qilmaydigan moddaga 
aylanadi. Kompost etilgach to’r ogmda elanib, ulardan tosh, temir 
bo’laklari, oyna siniqlari ajratib olinadi. Hosil bo’lgan unsimon kompost 
bir gektar yerga 25—50 tonna atrofida tuproq unumdorligini oshirish uchun 
solinadi. Hosildorlik 6—9 c gacha oshadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish