1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Qayum Sobirovich Zoirov



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

14
Qayum Sobirovich Zoirov
professor, O’zbekiston va 
Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan vrach, fan arbobi, olim va tashkilotchi. 
U 227 ta ilmiy maqolalar, 5 ta kitob, 12 ta ilmiy-ommabop risola, 12 ta 
qo’llanmalar muallifi. Uning gigiena sohasidagi ishlari 1951-1954 yillada 
O’zbekiston sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari oliygohida boshlandi. Q.S. 
Zoirov 1955—1963 yillarda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash 
vazirining birinchi o’rinbosari, 1963-—1966 yillarda Toshkent vrachlar 
malakasini oshi-rish oliy bilimgohining rektori va gigiena kafedrasi mudiri, 
1966—1979 yillarda Respublika Sog’liqni saqlash vaziri, 1979 yildan boshlab 
Toshkent Davlat vrachlar malakasini oshirish ilmgohining rektori 
lavozimlarida ishlagan. U gigiena ilmiga, uning rivojiga katta hissa qo’shgan, 
ayniqsa respublikada tibbiy xodimlar tayyorlashda katta xizmat qilgan 
tashkilotchilardan biri. Uning ko’p ilmiy asarlari kommunal gigiena, 
epidemiologayaga bag’ishlangan. Ayniqsa u aholini toza suv bilan ta’minlash, 
turar joylar gigienasi va boshqalarga ahamiyat bergan. 
Q.S. Zoirovning xalq sog’lig’ini saqlash yo’lida olib borgan ishlari
davlatimiz tomonidan yuqori baholandi. U 5 ta orden, 11 ta 
medal, 4 ta O’zbekiston respublikasi Oliy Sovetining faxriy yorliqlari bilan 
mukofotlangan. U Sog’liqni saqlash a’lochisi edi. 
Ulug’ Vatan urushidan so’ng kommunal gigiena fani ham nazariy, ham 
amaliy jihatdan anchagina rivoj topdi. Ko’pgina tajribalar qilindi, tashqi 
muhitning ifloslanish sabablari o’rganib chiqildi. Bunday ilmiy ishlarda suv 
havzalarining sanitariya normalari, suv omborlari va dengiz havzalarining 
sanitariya holati, ayniqsa sanoat chiqindi suvlarining suv havzalariga 
tashlanishi oqibatlari ishlab chiqildi. 
Turli ilmiy ishlarning yozilishiga sabab sanoat korxonalari 
chiqindilarining atmosfera havosini, suv havzalarini, turar joylarni 
ifloslantirishi bo’ldi. Ilmiy-tekshirish ilmgohlari, maxsus laboratoriyalar, 
gigiena kafedralarida ilmiy tajribalar olib borildi. Atmosfera havosi iflos 


15
bo’lgan territoriyalardagi aholining sog’lig’i va turli kasalliklar o’rganib 
chiqildi. Sanoat korxonalari bilan aholi yashaydigan joylar o’rtasida sanitariya 
muhofaza zonasi o’rnatish amalga oshirildi. 
Tajribalar va olib borilgan ilmiy ishlarda ko’pchilik zaharli 
moddalarning ruxsat etiladigan miqdorini ilmiy asosda aniqlashga va qonuniy 
hujjatlar asosida ishlatilishiga muvaffaq bo’lindi. Ruxsat etiladigan miqdorlar 
atmosfera havosi uchun, ichimlik suv va keyingi vaqtlarda hatto tuproqlar 
uchun ham ishlab chiqilmoqda, Bunday miqdorlarning sanitariya amaliyotida 
joriy etilishi, ogohlantirish va kundalik sanitariya nazoratini olib borish uchun 
kerak bo’lgan hujjatdir. 
Keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti juda ko’p sun’iy polimyer va 
plastmassa matyeriallarni sintez qilishga va ularni xalq xo’jaligida joriy 
qilishga katta yo’l ochib berdi. Gigiena fanining vazifasi sintetik 
matyeriallarning bezararligiga to’g’ri baho berish, ularning gigienik 
normalarini ishlab chiqish va amalda joriy qilishdir. 
Ayniqsa, kimyo sanoatining taraqqiyoti fan oldiga katta vazifalar qo’ydi. 
Sababi shundaki, kimyo sanoati har yili ko’plab zaharliligi, fizik va biologik 
xossalari turlicha bo’lgan moddalar ishlab chiqarmoqda, sanoat chiqindi 
suvlarida turli zaharli moddalar mavjud. 
Gigiena qoidasiga ko’ra har qanday iflos chiqindilar tarkibidagi 
kimyoviy modda miqdori ruxsat etiladiganidan oshib ketmasligi kerak. 
Hozirgi kunning dolzarb masalalaridan eng asosiysi tashqi muhitni 
ifloslanishdan muhofaza qilishdir. 
1972 yilda qabul qilingan va gazetalarda e’lon qilingan «Tabiatni 
muhofaza qilishni kuchaytirish va tabiiy boyliklardan rejali foydalanish 
to’g’risida»gi qarorda tashqi muhitni asrash davlat ahamiyatiga molik bo’lgan 
masala ekani yana bir bor tasdiqlandi. 
Hozirgi kunda sanoat korxonalari qurilishi avj olmoqda. SHu sababli 
ularni reja asosida qurish va sanoat korxonalari chiqin-dilarini aholi


16
salomatligiga zarar yetkazmaydigan qilib tashlashga 
ahamiyat berish dolzarb vazifa hisoblanadi. SHuningdek, transport, qishloq 
xo’jaligi mashinalarini gigiena qonun-qoidalariga rioya qilgan holda 
taqsimlash, sanoat korxonalari va boshqalarni regionlarda to’g’ri joylashtirish, 
aholini sanoat markazlariga to’g’ri bo’lish, tabiiy boyliklardan va mehnat 
resurslaridan rejali foydalanish, ishchilarning mehnat va yashash sharoitlarini 
yaxshilash, aholining dam olishini ta’minlash kompleks chora-tadbirlari 
ishlab chiqildi. 
Respublikamizda xalq salomatligani saqlash yo’lida keng ko’lamda 
sanitariya-gigiena ishlari olib borilmoqda. Jumladan, epidemik ka-
salliklarning kelib chiqish sabablari va uning oldini olishni, aholiga 
tushuntirish, tashqi muhit ob’yektlarini sog’lomlashtirish, tashkilotlar, 
muassasalar, vazirliklar jalb qilinmoqda. 
Asosiy masala shundaki, kishi organizmidagi o’zgarishlar va uning 
sabablarini to’g’ri aniqlab organizmga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, 
juda bo’lmaganda ularning ta’sirini kamaytirish choralarini ishlab chiqish 
zarur bo’ladi. Bu masalalarni hal qilishda albatta kommunal gigiena yordam 
berishi mumkin. Kommunal gigiena tashqi muhitga salbiy ta’sir etuvchi 
omillar, turar joylardagi ijtimoiy ahvolni o’rganib, odamlar sihat-salomatligini 
asrash va tashqi muhit ob’yektlarini sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini 
aniqlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qilishni o’rgatadi. 
Inson salomatligini saqlash yo’lida ishlab chiqilayotgan qonun va 
qoidalar, davlat standartlari, normalarining to’g’ri ishlatilishi sanitariya 
nazorati tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat sanitariya nazorati nohiyalarda, viloyatlarda, respublikalarda 
amalga oshiriladi. Masalan, qurilish ob’yekti qanday bo’lishidan qat’i nazar 
unga yer maydoni ajratishda, ularning loyiha va planlarini ishlab chiqishda 
sanitariya nazorati izchillik bilan olib boriladi. 
Davlat sanitariya nazorati yuza va yer osti ichimlik suv havzalarini 


17
ifloslanishdan muhofaza qiladi. Atmosfera havosini sanoat va xo’jalik 
chiqindilari bilan ifloslanishining oldini oladi va ularning aholi sog’lig’iga, 
yashash sharoitiga salbiy ta’sirining oldini olish tadbir-choralarini ishlab 
chiqadi va ularni amalga oshirishni nazorat qiladi. Asosiy maqsad aholi turar 
joylarini sog’lomlashtirish yo’li bilan inson sog’lig’ini muhofaza qilishdir. 
Sanitariya nazoratini olib boruvchi idoralarga nizomda ko’rsatilgan 
quyidagi huquqlar byeriladi: 
1.
Vazirliklar, tashkilotlar, muassasalar, lavozimli shaxslar, ayrim 
fuqarolardan sanitariya-epidemiologaya chora-tadbirlarini uyushtirish va 
bajarilish vaqtini talab qilish. 
2.
Aholi turar joylarini loyiha asosida qurilishiga, sanoat korxonalari va 
har qanday qurilish ob’yektlariga to’g’ri joy ajra-tishga, aholini toza suv
bilan ta’minlash, ularga chiqindi suvlar 
tushishiga yo’l qo’ymaslik va atmosfera havosining ifloslanmasligi 
choralarini ko’rish. 
3.
Foydalanishga topshirilayotgan uy-joylar, madaniy va maishiy xizmat 
ko’rsatish idoralari, sanoat korxonalarining hozirgi sanitariya holati va u 
yerda epidemik kasalliklar tarqalishi oldini olish qoidalarining normaga 
to’g’ri kelishi haqida xulosa chiqarish. 
4.
Ishlab turgan muassasalarda bundan keyin ham sanitariya va 
epidemiologiya holatining buzilishiga yo’l qo’ymaslik, aks holda ularning 
ishini to’xtatish. 
5.
Zarur bo’lib qolgan hollarda gigienik xulosalar yozish uchun qaysi 
vazirliklarga, tashkilotlarga qarashliligidan qat’i nazar sanitariya, gigiena va 
epidemiologayaga tegishli bo’lgan ilmiy-tekshirish ilmgohlari laboratoriyalari 
zimmasiga ekspyertiza qilish vazifasini yuklatish mumkin. 
6.
Sanitariya nazorati ostidagi hamma ob’yektlarga sanitariya vrachlari 
har qanday sharoitda, kunning qaysi vaqtida bo’lmasin o’zining 
guvohnomasini ko’rsatib uning sanitariya holatini tekshirishi mumkin. 


18
Shuni aytish kerakki, sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli sanitariya-
epidemiologiya muassasalari va idoralarining chiqargan qarorlari, xulosalari 
Davlat idoralaridagi lavozimli shaxslar, korxona, tashkilot boshliqlari va 
ayrim kishilar uchun qonuniydir. 
Ogohlantirish sanitariya nazorati deganda nima tushuniladi? 
Maqsad har bir ob’yektning sanitariya qoida va normalar asosida 
qurilishini nazorat qilishdir. Ob’yektlar maxsus komissiya tuzgan aktlar bilan 
hujjatlashtiriladi, komissiya a’zolari unga qo’l qo’yadilar. Komissiyaning har 
bir a’zosi o’zining kasbi bo’yicha ob’yektni tekshirib, to’g’ri qurilganiga 
ishonch hosil qilgach, hujjatga qo’l qo’yishi kerak. 
Ishlab chiqarish korxonalarining Davlat qabul qilish komissiyasi 
ob’yektni foydalanishga topshirayotganda aktga Davlat sanitariya nazorati 
mehnatni muhofaza qilish inspekciyasi hamda buyurtmachining qo’li 
qo’yilmagan bo’lsa, qabul qilish aktini noto’g’ri deb topadi. 
Bu sanitariya nazorati idoralarining huquqi yuqori ekanligi va sanitariya 
xodimlarining javobgar shaxs ekanliklaridan darak byeradi. 
Kundalik sanitariya nazorati degani nima? Bu sanitariya-epidemiologiya 
stanciyalari xodimlari tomonidan rejali ravishda bajariladigan kundalik ishdir. 
Bu ishda sanitariya-epidemiologiya xodimlari inson organizmiga va ularning 
sog’lig’iga salbiy ta’sir etuvchi omillarni turli usullar bilan aniqlaydilar. 
Ularning ta’sirini kamaytirish yoki umuman yo’q qilish tadbir-choralari ishlab 
chiqilishi va amalga oshirilshpini nazorat ostiga oladilar. 
Kundalik sanitariya nazorati ogohlantirish sanitariya nazorati-ning 
davomi bo’lib, foydalanish uchun topshirilgan ob’yektlarni boshqarish
jarayonida hosil bo’lgan ijobiy yoki salbiy tomonlarini 
aniqlash va shu yo’llar bilan kishi sog’lig’ini saqlashda ishtirok etishdir. 
Xulosa qilib shuni aytish zarurki, sanitariya nazorati ko’pchilik idoralar, 
tashkilotlar, vazirliklarning tashqi muhitni muhofaza qiluvchi xodimlari bilan 
hamkorlikda olib borilishi kerak ekan. 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish