SHOVQINNING ODAM ORGANIZMIGA TA’SIRI
SHovqinning odam organizmiga ta’siri quyidagicha o’rganiladi:
a)
aholidan so’rash orqali;
b)
fiziologik, bioximik, gematologik va boshqa usullardan
foydalanib, organizmdagi bo’layotgan o’zgarishlarni o’rganish orqali;
v)
laboratoriya hayvonlarida tajriba o’tkazish yo’li bilan;
g)
asab sistemasidagi o’zgarishlarni o’rganish orqali;
d)
statistika ma’lumotlaridan foydalanib, shahar aholisi kasalligini
o’rganish;
e)
guruh ustidan nazorat olib borish orqali.
Bunday tekshirishlar olib borishdan maqsad odamlar sog’lig’iga
shovqin-suronning ta’sirini o’rganish va uning oldini olish chora-tadbirini
ishlab chiqishdir. Bunda shovqinni eshitish a’zolariga, yurak-tomir va nyerv
sistemasiga ta’siri o’rganiladi.
Odatda shovqin ta’siri alohida-alohida guruhlarga bo’lib o’rganiladi.
Jumladan, transport vositalaridan chiqadigan shovqinni, korxonalar shovqini,
turar-joy shovqini va boshqalar. Masalan, transport shovqini doimiy
81
shovqinga kirmaydi, turar-joy shovqini binoning sanitariya-gigiena jihatidan
nechog’li to’g’ri qurilganiga bog’liq.
6 - j a d v a l
Hayotiy shovqinlar
SHovqin manbalari
SHovqinning kuchi (dB da)
So’zlashish
Telefonda
Eshikni qattiq yopish
Bolaning yig’lashi
Lift motorining tovushi
Lift eshigining byerkilishi
Liftning ko’tarilishi
Suv isitish qozoni
60
75
78
80
87
78
65
82
7 – j a d v a l
Sanoat korxonalaridan chikadigan shovkin darajasi (dBA)
SHovqin manbalari
Tovush darajasi (dBA)
Mashinasozlik korxonalari
Metallurgiya zavodlari
Yigiruv cexlari
Kompressor stanciyalari
Gaz trubali enyergetik uskunalar
Temirni qoliplash cexi
80 gacha
90 – 100
90 gacha
90 – 100
100 – 110
100 – 110
Zadene klassifikaciyasi bo’yicha shovqinning ta’sir etish kuchi 4
darajaga bo’linadi: I daraja — 40—50 dB bo’lib, organizmda ruhiy
o’zgarishlar paydo bo’ladi. II daraja — 60—80 dB. Bunda vegetativ nyerv
sistemasida buzilishlar paydo bo’ladi. III daraja — 90—110 dB. Bunda
eshitish buziladi yoki pasayadi. IV daraja— 120 dB dan yuqori. Bunda
eshitish a’zolari zararlanadi.
Qizig’i shundaki, 60 dB atrofidagi shovqin juda kuchli bo’lmasada
asabga ta’sir qiladi. Hozirgi kunda paydo bo’layotgan turli-tuman tovushlar
82
kuchi hatto kam bo’lsada, bosh miya yarim sharlarini taranglashtirib,
charchoqlik holatini keltirib chiqarmoqda,
Anketa tarqatish yo’li bilan aholining shovqinga bo’lgan munosabati
tekshirilganda, 30 dB ga ega bo’lgan 1000 Gc kenglikdagi shovqinga nisbatan
bezovtalanish kuzatilmaydi, 35 dB odamlarning bezovtalanishiga sabab
bo’ladi. 50 dB da odam kuchli bezovtalanadi, hatto bu so’zlashiga halaqit
berishi mumkin.
Ko’cha shovqinining kuchi 70 dBga etganda 38 foiz odamga qattiq ta’sir
ko’rsatgan, 71—75 dB — 58%, 75—80 dB li shovqindan 72 foiz odam qattiq
bezovtalanib, hatto ularda kasallik holati kuzatilgan. Dyerazasi shoh ko’chaga
qaragan uyga 50—70 dB shovqin eshitiladi. Bu odamlar asabiga tegib ularni
bezovta qiladi.
Moskva gigiena ilmiy-tekshirish instituti ksltirgan dalillarga ko’ra
transportdan paydo bo’ladigan shovqin eshitish a’zolariga katta ta’sir etadi. 60
dB ga teng bo’lgan shovqin eshitish sezgisini pasaytiradi, 70 dB ga teng
bo’lgani shovqin va boshqalarni eshitishni kamaytiradi.
Odamlar uzoq vaqt turib qoladigan joylarda shovqin darajasi 80 dB ga
etishiga yo’l qo’ymaslik kerak. CHunki bunday shovqin markaziy nyerv
sistemasini tormozlab, yurak va qon tomir sistemasi funkciyasini buzadi,
charchoqlik seziladi, diqqat qilish qob|iliyati izdan chiqadi.
Uy-joy shovqini 50 dB ga etganda nyerv sistsmasining ishi buzila
boshlaydi. SHovqin kuchi 58—60 va 63 dB ga etganida sistolik bosim
pasayib, diastolik bosim oshishi kuzatiladi.
Elektrokardiogrammada katta o’zgarishlar borligi aniqlanadi. YUrak
urishi tezlashadi, shovqin 90 dBA ga etganda yurakdagi o’zgarishlar ancha
yaqqol namoyon bo’ladi. Reoencefalografiya usuli bilan miya tomirlari tonusi
oshganligini, qon bosimi pasayganligani, o’z navbatida bosh miyada
tormozlanish va qo’zg’alish ro’y berganini aniqlash mumkin. SHovqin uyquni
qochiruvchi omillardan hisoblanadi, u uyquni buzadi, dam olishga halaqit
83
byeradi. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, shovqin darajasi 40 dB ga etganda
uyqu buzilar ekan. 50 dB ga etganda yarim kechagacha uyqu kelmaydi, odam
ancha qiynalishi mumkin.
Keyingi vaqtlarda shovqin bilan markaziy nyerv sistemasi va yurak-
tomir kasalliklari o’rtasida o’zaro bog’lanish borliga aniqlan-
di. Umumiy kasalliklarning ko’payishiga sabab bo’ladigan omillardan biri
ham shovqin ekanligi ma’lum bo’ldi.
Faqatgina 30—35 dBga teng bo’lgan shovqin organizmda o’zgarish
chiqarmasligi mumkin.
Dam olish, ishdan keyingi charchoqni yozish, ijod qilishning ko’p qismi
uyda, xonadonda kechadi. Xonadondagi shovqin 35 dB ga etganda qo’ni-
qo’shnilardan turli shikoyatlar tushishi mumkin. Bunda uyqu engil-elpi
bo’ladi. Turli shovqinlar sezgi a’zolariga ta’sir etib, uyquda cho’chishlik,
yaxshi dam ololmaslik kuzatiladi.
Darhaqiqat, katta shaharlardagi shovqin-suron ba’zan kishilarni garang
qilib qo’yadi. Masalan, Franciyada har 100 000 aholiga 100—120 ta garang
to’g’ri kelar ekan. 1970 yilda AQSH da kattalar o’rtasida 11 mln, kichiklar
o’rtasida 3 mln yarim garang odam borligi aniqlangan.
V. I. Pol’govning fikricha, umumiy kasalliklarning soni shovqin ta’sirida
ko’payar ekan. Hattoki, odamlarda uchraydigan gastrit, me’da va 12 barmoq
ichakdagi yara kasalliklari shovqin ta’sirida kuchayar ekan.
SHovqin odamga yana quyidagicha ta’sir etadi:
1.
Eshitish funkciyasi vaqtinchalik yoki doimiy buziladi. Natijada odam
so’zlarni yaxshi qabul qila olmaydi va fikrini boshqalarga tushuntira olmaydi.
2.
Uyqu buziladi, hayol qochib, bezovtalik alomatlari kuzatiladi.
3.
Fiziologik o’zgarishlar kuzatiladi.
4.
Asabga va insonning umumiy sog’lig’iga ta’sir etadi.
5.
Ishlab chiqarish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir etadi.
84
SHOVQINNING RUXSAT ETILADIGAN DARAJASI VA UNI O’LCHASH
Ko’p yillar davomida olib borilgan ilmiy ishlar turli ob’yektlarda
shovqin normasini ishlab chiqish imkonini berdi. Natijada «turar joylar,
xonadonlarda shovqinning ruxsat etiladigan sanitariya normalari» hamda
sanitariya-epidemiologiya stanciyasi xodimlari uchun mo’ljallangan 872—70
raqamli metodik ko’rsatmalar ishlab chiqildi.
SHovqinni o’lchash uchun turli xil asboblar ishlab chiqilgan. Bular
17187—71 raqamli Davlat standart talabiga javob byeradi.
Sanitariya amaliyotida injenyer-texniklar tomonidan ishlab chiqilgan
shovqin o’lchagichlar (SHd-63, SHd-71), tebranishni o’lchaydigan asboblar
(ISHV-1 va boshq.), Bryul’ va K’yer chet el shovqin o’lchagichlari va
boshqalar ishlatiladi.
Birinchi darajali shovqin o’lchagichlar 20—12 500 qaytalanish
kengligidagi shovqinni o’lchaydi, ikkinchi darajali o’lchagichlar esa 31,5—
8000 Gc li shovqin kuchini o’lchaydi.
SHovqin o’lchanayotganda quyidagilarga amal qilish lozim. SHovqin
o’lchagichning mikrofoni shovqin manbaiga to’g’ri
o’rnatilishi va odamdan 0,5 metr uzoqlikda turishi zarur. SHovqin kuchi
o’lchanayotganda shamolning tezligi sekundiga 1 metrdan oshmasligi kerak.
Asbob ko’rsatkichi «tez» degan belgiga ulanishi zarur. Xonadonlar, jamoa
binolarida shovqin eshik va dyerazalar byerk holda uch nuqtada o’lchanadi.
SHovqin o’lchagich asbobi devordan 1,2 metr uzoqda turishi kerak. Agar uy
ichida turib tashqaridagi shovqin o’lchanishi kerak bo’lsa, unda eshik va
oynalar ochiq turishi kerak. SHovqin o’lchagichning mikrofoni tovush
kelayotgan tomonga to’g’rilab joylashtirilishi kerak. SHovqin shovqin
manbaiga yaqin joylashgan binolarda o’lchanishi kerak. Agar shovqin har xil
manbalardan paydo bo’layotgan bo’lsa, ularning eng kuchlisi, odamlar
hayotiga halaqit qiladigani sanitariya vrachlari tomonidan aiiqlanib, so’ngra
85
o’lchanadi. Bunda xonadon egalaridan so’rash, ularning fikrini nazarda tutish
katta ahamiyatga ega. SHovqin o’lchanayotganda uning doimiy yoki
vaqtinchaliligini aniqlash zarur. Asbob orqali 2—10 minutli kuzatish
davomida ko’rsatkichlar 5 dB kam bo’lsa, doimiy hisoblanadi, 5 dB ortiq
bo’lsa, beqaror shovqin deyiladi. Doimiy shovqin tanlangan 3 nuqtada 3 qayta
o’lchanadi, so’ngra o’rtacha arifmetik miqdor topiladi. Uzlukli shovqin quloq
bilan yoki apparat yordamida o’lchanadi. Eng yuqori arifmetik ko’rsatkich
shovqin normasi bilan solishtiriladi.
8-j a d v a l
Do'stlaringiz bilan baham: |