MIKROBLARGA QARSHI KURASH
SHifoxonalarda ichki mikroblarning tarqalishini oldini olish uchun
infekciyalar bilan zararlangan bemorlarni ajratib, ularni alohida palatalarda
izchillik bilan davolash, ular bilan muloqotda ehtiyot bo’lish, ya’ni nafas
yo’llariga fil’trli niqoblar kiyish, palataga kirishdan oldin va chiqqandan
so’ng qo’lni dezinfekciya
qilish, bemor foydalangan narsalarni maxsus idishlarda dezinfekciya
eritmalariga solib olib chiqib ketish kerak bo’ladi.
Palata yoki shifoxonalarda olib boriladigan tadbir-choralar qanday
infekciya bo’lishidan qat’i nazar epidemiologik holatga qarab belgilanadi.
Masalan; adenovirus infekciyalari tarqalsa, birinchidan shaxsiy gigiena
qoidalarini bajarish tavsiya etiladi. SHuningdek yo’talganda, aksirganda
qo’l bilan yoki dastro’mol bilan og’iz-burinni to’sish, bemor tomonga
qarab yo’talmaslik, aksirmaslik, kundalik dizenfekciya ishlarini olib borish,
bemorlarni ajratilgan palatalarda saqlash va davolash maqsadga
muvofiqdir.
SHifoxona ichki infekciyasi tarqalishining oldini olish ishi sanitariya
vrachlari bilan klinicistlar va elidemiolog, baktyeriologlar hamjihatligida
olib borilishi kerak.
Infekciya tarqalishining oldini olish uchun bemorlarni davolashda
antiseptik dorilardan foydalanish, ularni sifatli ovqatlantirish, vaqti-vaqti
bilan palatalarni shamollatish, dezinfeciya ishlarini bajarish kerak bo’ladi.
353
Bemor atrofidagi muhitni yaxshilab, kerakli sharoitni tug’dirish,
shuningdek infekciya bilan zararlangan zonalarda karantin e’lon qilish
katta ahamiyatga ega.
Masalan, yangi tug’ilgan bacilla tashuvchi bolalar burnining shilliq
qavatlariga antiseptik kremlardan surilsa, bacilla tashuvchilar miqdori 100-
80% dan 20% gacha kamayadi. YOki shifoxonalarda ishlatiladigan
choyshab, sochiq va ko’rpa-to’shaklarni dezinfekciya qilish maqsadida
ularga dezinfekciya qiladigan moddalar shimdiriladi. Maqsad, yuqorida
zikr qilingan narsalar orqali bemorlarga mikroblar yuqishini oldini olishdir.
Kimyoviy dezinfekciya moddalaridan biri emul’sol’ eritmasi bo’lib,
0,5 kg emul’sol’ 1 litr toza suvda eritiladi so’ng unga choyshab va boshqa
narsalar bo’ktirib qo’yiladi, 2-3 minut o’tgach emul’siyaga bo’ktirilgan
narsalar olinib siqiladi va yoyib qo’yiladi. Palata xonasi sut kislotasi, glikol
va boshqa kimyoviy moddalar bilan ham dezinfekciya qilinishi mumkin.
Palatalardaga infekciyalarni yo’q qilish uchun fizik usullardan ham
foydalanish mumkin. Bu o’rinda palatalarni infekciyalardan tozalashda
ul’trabinafsha nurlaridan foydalaniladi.
Dezinfekciya turli buyumlarni infekciyalardan tozalash maqsadida
qilinadi. Buning uchun mikroblarni yo’q qiladigan usullardan
foydalaniladi. Dezinfekciya yordamida turli mikroblarning tarqalishi
kamayadi.
Nemis olimlari dezinfekciyani darajasiga qarab 4 guruhga bo’lishni
tavsiya qiladi:
1)
A - darajali dezinfekciya - bunda yuqumli kasalliklarni
o’zg’atuvchi mikroblar juda tez qiriladi. Jumladan, rikketsiyalar,
mikoplazmalar, asparogen mikroorganizmlar va boshqalar.
2)
V - darajali dezinfekciya - bunday dezinfekciyalar juda chidamli
mikroblarga qarshi olib boriladi, ya’ni viruslarga, sta-
354
3)
filokokklarga, sil kasali mikroblariga, mog’orlarga qarshi.
Viruslarga qarshi dezinfekciyada aktiv moddalar bo’lmish formal’degid,
xloramin, achigan sirka kislotasi, spirt va boshqalardan foydalaniladi.
SHifoxona xodimlari epidemik holatga qarab epidemiologlar,
dezinfekcionistlar bilan kelishib ishni to’g’ri tashkil qilsalar kasalxona
ichki infekciyalari tarqalishining oldi olinadi.
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari. Bular ham davolash
muassasalari qatoriga kiradi. Bu muassasalarda bemorlar tibbiyotning
barcha sohalari bo’yicha tibbiy yordam oladilar. Ambulatoriya-poliklinika
muassasalari aholiga qulay joyga joylashgan bo’lib, zarur diagnostik
davolash asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Ambulatoriya va poliklinikalar maxsus loyihalar asosida sanitariya
normalariga va qoidalariga amal qilgan holda qurilipsh kerak.
Poliklinikalar keng qilib qurilgan dahlizdan (vestibyuldan) boshlanadi.
Dahlizda odamlarning echinishi uchun alohida joy (gardyerob) bo’ladi. Bu
yerda maxsus tayinlangan xizmatchi kelib-ketganlarning ustki kiyim-
boshini olib-byerib turadi. Poliklinika xodimlarining kiyimlari uchun
alohida joy ajratiladi yoki xodimlar uchun alohida kirish eshigi va kiyim
echadigan joy loyihada ko’rsatilishi kerak. Poliklinikaga kelgan bemorlarni
ro’yxatga olish uchun maxsus ro’yxatxona ajratiladi.
Poliklinikada bemorlarning qabul qilish xonalari ma’lum bir tartibda
joylashtiriladi. Sil kasalliklari, asab kasalliklari va tyeri-tanosil
kasalliklarini qabul qilish muassasalari alohida dispansyerlar tipida
quriladi. Katta poliklinikalarda, ma’bodo tyeri-tanosil kasalliklarini qabul
qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, ularni kirish eshiklari alohida quriladi.
Har bir vrachning mutaxassisliklariga qarab xonalarning kattaligi har
xil bo’ladi - jumladan tyerapevtlar uchun 12 m
2
maydon ajratilsa, ko’z
vrachlari, quloq-tomoq vrachlari uchun 18 m
2
joy ajratiladi. Jarrohlar,
ftiziatrlar, tyeri-tanosil kasalliklari vrachlari uchun 18 kg joy ajratiladi.
355
Umuman olganda hamma soha vrachlari xonasining sanitariya
normalari va qoidalari loyihada aniq ko’rsatiladi. Majlislar o’tkazish uchun
poliklinikalar qoshida katta majlislar zali qurilishi kerak. SHuningdek
sanitariya-maorif ishlarini olib borish xonalari ham loyihada ko’zda
tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |