1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


PESTICIDLAR BILAN TASHQI MUHITNING ALOQADORLIGI



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

PESTICIDLAR BILAN TASHQI MUHITNING ALOQADORLIGI 
Atmosfera havosi, suv havzalari, oziq-ovqat mahsulotlari, tuproq, 
turar-joylar pesticidlarni qo’llash jarayonida ma’lum darajada ifloslanishi 
aniqlangan. 
Pesticidlarni qo’llash usullariny tadbirkorlik bilan olib borish atrof-
muhitni ifloslanishdan ma’lum darajada saqlash imkonini byeradi. 
Tabiiy iqlim sharoitiga, shuningdek o’simliklarning turiga hamda 
pesticidlarning fizik xossalariga qarab ularni ishlatish usullari turlicha 
bo’ladi. 
P u r k a sh — dorilashga mo’ljallangan o’simliklarga zaharli 
ximikatlarni eritma holida (bunda pesticidlar suv yoki organik 
erituvchilarda eritilgan bo’ladi), suspenziya holida (bunda suvda 
erimaydigan qattiq pesticid suvga aralashtirilganidan keyin unda muallaq 
turadigan qattiq zarralar holida bo’ladi) va emulsiya holida (suyuq 
ko’rinishida bo’lib, suv bilan aralashtirilgandan keyin bir jinsli tomchilar 
holida muallaq holda qoladi) ishlatish, ya’ni purkab tushirish juda keng tus 
olgan. Don omborlari, issiqxo-na — teplicalar va boshqa binolarni 
zararsizlantirish uchun ham shu usuldan foydalaniladi. Zaharli kimyoviy 
moddalarni purkash usuli bilan qo’llanilganda preparatlar juda tejamli 
holda sarflanadi, biroq O’zbekistonning issiq iqlimli sharoitida bu usul 
ko’p suv sarf qilinishini talab etadi: 1 gektar maydonidagi o’simliklarga 
traktor yordamida purkalganda 400—600 l, aviaciya yordamida (samolyot, 
vyertolyot) purkaganda 100—120,l, dov-daraxtlarga purkash uchun 2000 l 
gacha suv sarflanadi. Bunday ko’p miqdordagi suv sarf-lanadigan purkash 
usullari atmosfera havosini, suv havzalarini anchagana ifloslantiradi. 


463
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, havoda mavjud bo’lgan zaharli 
moddalarning koncentraciyasi ruxsat etiladigan miqdordan 5—10 marta 
yuqori bo’lishi qayd etilgan. Bunday ifloslanishlarni kamaytirish
maqsadida eng kam hajmli usuldan foydalanish taklif qilinmoqda.
Bu usulda 
har bir gektar maydonga 100 va 50 l gacha bo’lgan suvli eritmalar 
qo’llaniladi, bunda ta’sir qiluvchi preparatlarning eritma koncentraciyasi 
ma’lum darajada yuqori bo’ladi. 
O’rta Osiyo iqlim sharoitida ixcham hajmli usulni qo’llash uncha 
to’g’ri kelmaydi. CHunki yuqori haroratli sharoitda mazkur usuldan 
foydalanilganda atrof-muhitning ifloslanish xavfi ortadi. 
CH a n g l a t i sh. Kukunsimon zaharli kimyoviy moddalarni qishloq 
xo’jalik zararkunandalariga qarshi ishlatishda odatda changlatish usulidan 
foydalaniladi. Bu tadbir havo quruq va issiq bo’lib turgan paytda 
o’tkaziladi. Mazkur usul eng qulay usul bo’lib, asosan qurg’oqchilik 
joylarda ko’p qo’llaniladi. Bu usulda pesticid purkash usulidagiga 
qaraganda ko’proq sarflanadi, preparatning ko’p qismi shamol bilan atrofga 
(ayniqsa yuqoriga ko’tariladigan havo oqimi bilan yuqoriga) uchib ketib 
isrof bo’ladi yoki oziq-ovqat ekinlariga tushib, ularning zaharlanishiga 
sabab bo’ladi. Pesticidlarning oziq-ovqat ekinlariga tushishi juda xavfli. 
CHanglatish usuli bilan dorilash erta tongda, ekinlardan shudring 
ko’tarilmagan vaqtda hamda shamol yo’q paytda o’tkaziladi. Bordi-yu 
o’simliklarni erta tongda changlatishning imkoni bo’lmasa, ularni 
dorilashdan oldin namlash kerak bo’ladi, buning uchun maxsus 
changlagich mashinalardan foydalaniladi. Agar sekundiga 3 m dan ko’proq 
tezlikda shamol esib turgan bo’lsa, changlatish ishini o’tkazib bo’lmaydi. 
A e r o z o l u s u l i. Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llashda aerozol 
usuli bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Mazkur usulda suyuq holdagi 


464
pesticidlar mayda-mayda tomchi zarralariga bo’linib, tuman holiga yoki 
qattiq zarralar ko’rinishidagi pesticidlar maxsus tyermik usulda ishlanib 
tutun holiga keltiriladi va bu moddalar genyeratorlar yordamida purkaladi. 
Zaharli moddalarni aerozol usuli bilan ishlatish hozirda keng tus 
olmoqda. 
Z a h a r l i x o’ r a k l a r d a n f o y d a l a n i sh. Zararkunanda 
kemiruvchi hayvonlar, turli hasharotlar va ayniqsa g’umbaklarga qarshi 
kurashish uchun zaharli xo’raklardan foydalaniladi. Bunda zararkunandalar 
ayniqsa xush ko’rib eydigan ovqatlar maxsus usulda tayyorlanadi. 
Pesticidlar qo’shib tayyorlanadigan xo’raklar quruq (quruq oziq moddasiga 
aralashtirib tayyorlangan) va suyuq (zaharli modda suspenziyasi yoki 
emul’siyasiga suyuq yoki quruq oziq moddasi qo’shib tayyorlangan) 
bo’lishi mumkin. Odatda zararkunandalar makon qurgan joylarga, dalaga 
sochib qo’yiladi (yumronqoziqlar va kemiruvchi qo’ng’iz-hasharotlarga 
qarshi) yoki kemiruvchi hayvonlarning iniga qo’yiladi (omborlar, 
molxonalar va boshqalarda). Bunda albatta uy hayvonlarini, parrandalarni 
zahar-lanmasligi choralari ko’riladi. Zaharli xo’raklardan foydalanish-ning 
xavfli tomoni shundaki, bu zaharli omillar yog’in suvlari bilan yuvilib suv 
manbalariga tushishi, favqulodda oziq-ovqat mahsulot-lariga aralashib 
qolishi mumkin. Umuman olganda, zaharli xo’raklar nisbatan kichik 
maydonlarda, ma’lum joylarda ishlatiladi. 
T u p r o q q a d o n a d o r p r e p a r a t l a r n i s o l i s h . Qishloq xo’jalik
zkinlari zararkunandalariga qarshi kurash chora-tadbirlari sistemasini 
yanada mukammallashtirish avvalo o’simliklarni ki-myoviy yo’l bilan 
himoya qilish tadbirlarini tubdan yaxshilashni talab etadi. Ekin va dov-
daraxtlarni kimyoviy yo’l bilan himoya qilishda hozirda ishlatib 
kelinayotgan changlash va purkash usullari atrof-muhitni pesticid moddalar 
bilan zaharlanishiga olib keladi, odam va hayvonlar uchungina emas, balki 
foydali hasharotlar va boshqa jonivorlar uchun xavf tug’diradi. Bu borada 


465
donador insek-ticidlardan foydalanish, beda va g’o’za ekinlarini 
kemiruvchi va so’ruvchi zararkunandalardan saqlash uchun ishlab 
chiqilgan samarador yangi usul bo’lib, gigiena nuqtai nazaridan ancha 
maqsadga muvofiq keladi. Donador insekticidlarni ekinurug’i bilan birga 
yerga solish pesticidning tejamli ishlatilishiga yordam byeradi, atrof-
muhitni ifloslanishiga yo’l qo’ymaydi. SHuningdek, mazkur usulda foydali 
hasharotlar hamda hayvonlarning zaharlanish xavfi kamayadi. 
Masalan, supyerfosfatga aralashtirib tayyorlangan 4% li donador 
rogordan foydalanish (donalarning diametri 1-1,5 mm) ekin ildizlarini 
chirishiga sabab bo’ladigan o’simlik bitlaridan saqlaydi. G’o’za nihollarini 
o’simlik bitlari, o’rgamchakkana va g’umbaklardan saqlash uchun bir 
qancha preparatlar qo’shib tayyorlangan donador insekticidlardan 
foydalaniladi (rogor va antio preparatlari, geksaxloranning gamma 
izomyeri granulalarga qo’shib tayyorlanishi mumkin). 
U r u g’ l a r n i d o r i l a sh. Odatda texnik hamda madaniy 
o’simliklar, shu jumladan chigit, makkajo’xori va boshqa ekin urug’larini 
tuproqda yashaydigan zararkunanda zamburug’lar hamda baktyeriyalardan 
asrash maqsadida ularga ekishdan oldin kimyoviy ishlov byeriladi. 
Ma’lumki, tabiatda turli zararkunandalar - zamburug’lar, mikroorganizm va 
viruslar urug’li donlarni kasallantirib, ekinlarning unib chiqishiga, 
qolavyersa hosildorlikka anchagina zarari tegadi. Urug’liklarni dorilash 
bilan o’simliklarning turli kasalliklariga qarshi kurashilganda tashqi 
muhitni - atmosfera havosini, suv manbalarini, oziq-ovqat o’simliklarini 
zararlanishining oldi olinadi. 
Urug’larni dorilashning uch xil usuli bor: quruq dorilash, bir oz 
namlab va suvlab dorilash. Quruq usul bilan dorilashda urug’lar kukun 
holidagi preparatlar bilan dorilanadi; bir oz namlab dori-lashda esa urug’lar 
bir oz yopishtiruvchi eritmalar bilan namlanadi, so’ngra ularga kukun 
holidagi preparatlar sepiladi. Suvlab dorilash usulida urug’lar dorivor 


466
kimyoviy eritmaga solinib, bo’ktirib qo’yiladi. 
Keyingi yillarda ayrim o’simlik urug’lari, chunonchi, chigitlar kapsula 
usulida dorilanmoqda. Bunda urug’liklarning yuzasiga maxsus polimyer 
moddalar hamda kimyoviy preparatlar aralashmasi bilan ishlov byeriladi. 
Kapsula holidagi bunday urug’liklar bir tarafdan zaharli moddalarni 
me’yorida ishlatishga yordam byersa, ikkinchi tomondan mazkur usulda 
dorilangan chigitlar bir tekisda unib chiqadi, ma’lum darajada esa 
hosildorlik ham oshadi. 
Urug’liklarni quruq usul bilan dorilashda kimyoviy ishlov byeriluvchi 
urug’ maxsus asbob va mexanizmlar yordamida dorilanadi. Biroq mazkur 
usulni qo’llashda juda ehtiyot bo’lish talab qilinadi. Bunda shaxsiy himoya 
vositalaridan (respirator, protivogaz, niqob va boshqa) tadbirkorlik bilan 
foydalanilmasa, u holda kimyoviy moddalar xavf tug’dirishi mumkin. SHu 
boisdan keyingi yillarda urug’liklarni qisman suvlab yoki yaxshigina 
namlab so’ngra zaharli moddalar bilan dorilanadi. Urug’liklarni dorilash 
SP-ZM, OS, OSX va 2-OSX va boshqa markali mashinalarda amalga 
oshiriladi. Bunday urug’liklar maxsus binolarda dorilanadi, u yerda 
ishchilar salomatligiga xavf tug’diruvchi omillarning oldini olish chora-
tadbirlari ko’riladi. Jumladan zaharli chang, hidlarni havo yordamida tortib, 
maxsus moslamalar bilan zararsizlantiradigan jihozlar (havo tortuvchi 
tyaga, zaharli changlarni tutib qoladigan eritmalar va boshqalar) bo’ladi. 
Urug’liklarni dorilashda qatnashaditn ishchilar barcha ehtiyoj choralari 
qo’llashlari bilan birga, shaxsiy himoya vositalaridan o’z o’rnida to’g’ri 
foydalanishlari katta ahamiyatga ega. 
Dorilangan urug’liklar traktorlar yordamida yerga qadaladi. Ularni 
qo’l bilan ekish mutloq taqiqlanadi. 
Zaharli kimyoviy moddalarni traktor moslamalari va elkaga osib 
olinadigan asboblar yordamida hamda samolyotlardan turib ishlatiladi. 
Pesticidlarni yerda turib ishlatishda STN-8-16, OVX-14 markali purkagich 


467
- changlagichlardan, samolyotlardan sepilganda esa AN-2, YAK markali 
samolyotlardan foydalaniladi. 
O’zbekiston xududida va boshqa issiq iqlimli sharoitlarda 
o’simliklarga samolyotlar yordamida kimyoviy ishlov berish to’g’ri 
kelmaydi, chunki bu usulda atrof-muhitni (atmosfera havosi, suv, suv 
havzalari, oziq-ovqat ekinlarini, poliz ekinlari) pesticidlar bilan ifloslanishi 
ko’proq bo’ladi. 
Tashqi muhitni zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi inson 
sog’lig’iga, shu jumladan butun jonivorlar uchun xavflidir. CHunki 
pesticidlar biologik aktiv moddalar bo’lganligi uchun ular har qanday tirik 
organizmga salbiy ta’sir qilib, halok qilishi mumkin. SHuning uchun 
pesticidlarni o’z o’rnida, tadbirkorlik bilan, belgilangan me’yorda ishlatish 
lozim bo’ladi. 
Aksariyat pesticidlar organizmning biokimyoviy strukturalari bilan 
o’zaro reakciyaga kirishib, unda mavjud tabiiy biokimyoviy jarayonlarga 
salbiy ta’sir etib ishdan chiqaradi, natijada fiziologik funkciyalar buzilib, 
ko’ngilsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. 
Masalan, simoborganik birikmalar oqsillardan iborat fyerment 
guruhlarining hayot uchun muhim sul’fgidril guruhlarini qamrab (bloklab) 
olsa, fosfororganik birikmalar xolinestyeraza fyermentini qamrab oladi. 
Holbuki, bu fyermentlarning ikkala guruhi ham tirik organizmlar bo’lib, 
odamning hayotiy faoliyatida muhim rol’ o’ynashi bilan ajralib turadi. 
Tabiatda, jumladan biosfyerada, ya’ni odamdan tortib qurt-
qumursqa va mikroorganizmlargacha bo’lgan jonivorlar yashab turgan 
muhitda organizmning hayot faoliyatiga ta’sir qila oladigan minglarcha 
kimyoviy moddalar tinmay, uzluksiz aylanib yurishi fan olamiga ma’lum. 
Zaharli kimyoviy moddalarning odam nasli-nasabiga salbiy ta’sir 
qilishi mumkinligi genetik jihatdan olganda eng murakkab muammolardan 


468
hisoblanadi. Irsiy kasalliklar, bola tashlash, bolaning o’lik yoki mayib-
majruh bo’lib tug’ilishi singari tashvishli hodisalar keyingi vaqtlarda 
ko’payib borayotganliga kishini tashvishga solmay qo’ymaydi. 
Ishlatilayotgan kimyoviy moddalarning allyergen tariqasida 
organizmga ta’sir qilishi borasidagi muammo ham hozirda echilishi qiyin 
bo’lgan muammolardan bo’lib qolmoqda. Mazkur murakkab masala 
kimyoviy moddalar ta’sirida yuzaga keladigan allyergik kasalliklarni 
aniqlash va maxsus davolash usullarini ishlab chiqish vazifasini yuklaydi. 
Bu kasalliklarning tabiati va yo’nalishi ham kimyoviy moddalardan hosil 
bo’ladigan allyergik kasalliklarni aniqlash va davolash usullariga ko’p 
jihatdan bog’liqdir. 
Diqqatni tortadigan narsa shuki, ko’pgina kimyoviy moddalar 
organizmga juda oz miqdorda tushsa ham gonadalarga, embrion 
hujayralariga, immunologik xususiyatlariga salbiy ta’sir qiladi. 
Bir qator kasalliklarda, shuningdek kimyoviy moddalar bilan 
zaharlanish hollarida ham organizmning immun reakciyalari muhim rol’ 
o’ynashini qayd etib o’tish lozim. 
Ziroatchilik, qishloq xo’jaligiga taalluqli ishlarda yalpi kasallikni 
tarqalishiga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlarda pesticidlarning keng 
qo’llanilishi hamda mehnat jarayonida zaharli kimyoviy moddalar bilan 
ishlaydigan odamlar sonining ko’payib borayotgani organizmda yuzaga 
keladigan immunologik o’zgarishlarni klinik nuqtai nazardan batafsil 
o’rganib chiqish zarurligani ko’rsatadi. 
Ilmiy manbalarga va jahon olimlarining fikriga qaraganda, katta-katta 
ekin maydonlari samolyotdan yoki yerdan dorilanar ekan, bunda 
biosfyeraning pestididlar bilan ifloslanish ehtimoli ham tobora ortib boradi, 
chunki mayda-mayda zarrachalar holidagi talaygina pesticidlar havo oqimi 
bilan atmosferaning yuqori qatlamlariga ko’tarilib va bu qatlamda uzoq 
muddat aylanib yuradi va qor-yomg’irga qo’shilib, yana yerga qaytib 


469
tushadi. 
Xulosa qilib aytganda, kimyoviy moddalar tamomila parchalanib 
ketgunicha tashqi muhitda turish xususiyatiga ega. SHu munosabat bi-lan 
amalda ishlatish uchun joriy etiladigan preparatlarni tanlashda gigienik 
mezonlarni bundan keyin ham tinmay mukammallashtirib borish masalalari 
juda muhim bo’lib qoladi. Bunda turli kimyoviy sinflarga kiradigan 
pesticidlarning toksikodinamikasi va ta’sir mexanizmini atroflicha batafsil 
o’rganishga, moddalarning qaysi xossalari kimyoviy tuzilishdagi qaysi 
xususiyatlarga bog’liqligini aniqlash, pesticidlarning aholi salomatligiga 
qay darajada va qay 
xilda xavf solishi mumkinligini oldindan aniqlab olishga katta ahamiyat 
berish zarur bo’ladi. SHu bilan birga, tashqi muhitni muhofaza qilishning 
aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqish darkor. Atrof-muhitni muhofaza 
qilish murakkab hamda dolzarb masala bo’lib, bu davlat rahbarlarining 
hamda turli soha mutaxas-sislarning birlashib ish olib borishini talab qiladi. 
Mazkur masalani asosda har jihatdan ishlab chiqib atroflicha ijobiy hal 
etish, salomatligini muhofaza qilish imkonini yaratadi. 
SHuni qayd qilish kerakki, zaharli kimyoviy moddalar odam 
organizmiga qaysi yo’l bilan kirmasin, ular birdaniga o’tkir yoki surunkali 
(uzoq vaqt davomida tushib turadigan bo’lsa) zaharlaiish % alomatlarini 
keltirib chiqarishi mumkin. Demak, har bir tibbiyot xodimi kimyoviy
moddalarning zaharlash yo’llaridan xabardor bo’lmog’i kerak. 
Favqulodda zaharlanishning oldini olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
SHu maqsadda zaharlanishning kelib chiqishi, qay tarzda namoyon 
bo’lishi, qanday ahvolda o’tishi, og’ir-engilligi va boshqa holatlarni 
ko’rsatib o’tish ayni muddao. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish