1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


SHAHAR KO’CHALARINI TOZA TUTISHNING GIGIENIK AHAMIYATI



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

SHAHAR KO’CHALARINI TOZA TUTISHNING GIGIENIK AHAMIYATI 
SHahar sharoitida ko’cha va maydonlarni toza tutish, aholi turar 
joylarini tozalashning majburiy tadbirlarining bir qismini tashkil qiladi. 
Ayniqsa, yoz va kuz fasllarida ko’chalarda juda ko’p axlatlar to’planadi. 
Masalan, 1000 m
2
maydonda bir yilda 15 m

axlat yig’iladi, bularning 
tarkibiy qismi asosan qum, tuproq, qog’ozlar, xazonlar, papiros qoldiqlari 
va boshqa narsalardan iborat. 
SHuning uchun ko’cha va maydonlar har kuni tozalanishi kerak, aks 
holda bu shahar ko’rkini buzish bilan birga inson salomatligiga yomon 
ta’sir qiluvchi hasharot va kemiruvchilarning ko’payishiga sabab bo’ladi. 
YOz oylarida ko’cha-kuylarni vaqtida supurib-sidirish ko’chalarimizning 
orasta va ozoda bo’lishini ta’minlasa, qishda esa qor va muzlardan tozalash 
yo’l harakati halokatlarining oldini oladi. Kuz oylarida esa ko’chalarimizni 
xazonlardan tozalash zarurati tug’iladi. 
Xazon va axlatlarni ko’cha va maydonlarda yoqish mutlaqo man 
etiladi. Ko’cha va maydonlarni suv sepilgandan so’ng supurish havoga 
chang va zararli mikroblar ko’tarilishining oldini oladi. Ko’cha va 
maydonlarni tozalashni bolalar maktabga, kattalar esa ishga ketgan 


410
vaqtlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Supurindi axlatlar 
ko’chalarga qo’yilgan maxsus axlat solish uchun mo’ljallangan idishlarga 
solinadi. 
Ko’cha va maydonlarni supurishni mexanizaciyalashning ahamiyati 
katta bo’lib, bu yo’l bilan bir vaqtda ham suv sepishni, ham supurishni 
amalga oshirish mumkin. Odamlar yurishi uchun mo’ljallangan yo’lkalar 
KO-78 yo’lka supurgich avtomobillari yordamida supuriladi. 
Ilm-fan, texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda ko’cha va maydonlarni 
ozoda va orasta tutish imkoni bor. Ammo, ayrim kommunal xo’jalik 
xodimlarining o’z ishlariga bo’lgan sovuqqonliklari tufayli ba’zi bir shahar 
va qishloqlarda buning aksini ko’rish mumkin. Bu o’z navbatida sanitariya 
nazorati xodimlari ustiga katta mas’uliyat yuklaydi. 
1960—70 yillarda Respublika sog’liqni saqlash vazirligining 
tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasida ichki ishlar vazirligi bilan 
kelishilgan holda sanitariya miliciya guruhlari tuzilgan edi. Ular ko’cha-
kuylarda yig’ilib qolgan axlatlarni o’z vaqtida olib ketilishini tekshirish 
bilan birga axlatlarni suvga tashlamaslikni ham qattiq nazorat qiladilar. 
Hozir bu masalaga e’tibor umuman yo’qolib, shahrimiz ko’chalarida bir 
necha kunlab olib ketilmayotgan uyum-uyum axlatlarni ko’ramiz. Bu esa 
atrof-muhitning va suv havzalarining ifloslanishiga sabab bo’lmoqda. 
YOz oylarida ko’cha va maydonlarga suv sepish havoni mikrob va 
changlardan tozalash bilan birga muayyan iqlimni yaxshilaydi ham. 
SHuning uchun ko’chalar namligini uzoq saqlash maqsadida ba’zi bir 
shaharlarda 1 m
2
maydonga 1 litr kal’ciy xlorid sepiladi, bunday eritma 
namlikni uzoq vaqt saqlaydi. 
Qishloq sharoitida turar joylarning tozaligini saqlash shahar talabi 
darajasida bo’lishi kerak. Lekin, qishloq sharoitida turar-joylar tozaligini 
saqlashning o’ziga xos qiyinchiliklari bor. Jumladan, qishloq aholisining 
mehnat sharoiti xoh uyda, xoh dalada bo’lsin yer bilan bog’liq. Bahor 


411
boshlanipsh bilan yerni chopish yoki haydash, yerga go’ng solish, ekin 
ekishga tayyorgarlik ko’rish hamda har bir xonadonda uy hayvonlari va 
parrandalarning bo’lishi o’z-o’zidan odamlarni doimo yer va hayvonlar 
bilan muloqatda bo’lishini taqozo qiladi. SHuning uchun qishloq sharoitida 
tuproqning turli mikroorganizm va gel’mint tuxumlari bilan 
ifloslanishining oldini olish zarur. Qishloqdagi uy-joylarning katta yer 
maydonlariga yaqinligi turar joylarning sanitariya holatini saqlash normasi 
talabiga javob byermaydi. 
Qishloq uy-joylarini loyihalashda ularning sanitariya holatini saqlash 
kerak bo’ladi. 
Qishloq sharoitida nohiya markazlarida, kichik maydonlarda ikki, uch 
qavatli turar joylar va ma’muriy binolar qurilib ularga kanalizaciya 
shohobchalari o’rnatilishi va ularning birlashtirilishi bu shohobchalarda 
hosil bo’ladigan chiqindi suvlar ma’lum tozalanish jarayonidan o’tgandan 
so’ng sug’orish maydonlariga oqizilishi mumkin. 
Kolxozchilar uchun uy-joylar qurilganda hojatxonalarning qurilishiga 
alohida ahamiyat byeriladi. Ayniqsa lyuftklozetlar qurish amalda keng
tarqalgan usuldir. Respublikamiz qishloqla-rida hojatxona qulayroq
joyga, turar joylardan 10—15 metr nariga qorong’iroq qilib quriladi.
Hojatxona qorong’i bo’lganda bu joyga pashsha kirmaydi. So’ngga
yillarda hojatxonalarni qorong’i qilib qurish sekin-asta yo’qolib bormoqda. 
Tekshirish-lardan ma’lum bo’lishicha, qishloqdagi yer maydonlarining 
ko’pchiligi (tuprog’i) mikroorganizmlar — gel’mint tuxumlari, ki-myoviy
moddalar bilan zararlanar ekan. Sababi, har qanday chiqindi-axlatlar 
to’g’ridan-to’g’ri zararsizlantirilmay yer maydonlariga tashlanavyeradi.
Vaholanki, zararli chiqindi-axlat- 


412
32 - rasm. Yirik chorvachilik fyermasi atrofidagi ammiak gazi miqdori. 
larni uy sharoitida olti oy kichik o’ralarda kompost qilinib, 
zararsizlantirilgandan keyin undan o’g’it sifatida foydalanish mumkin. 
Kanalizaciyasi bo’lmagan jamoa muassasalaridaga hojatxonalar 
lyuftklozet usulida quriladi. 
YAna to’lib qolgan hojatxonalarning ustiga tuproq solib, komtostlab 
ma’lum muddatdan so’ng ulardan o’g’it sifatida foydalanish mumkin. 
Qishloq sharoitida uy hayvonlarining axlatini yig’ishni to’g’ri tashkil 
qilish yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini oladi. 
Jumladan, trixinellez, exinokokkoz, tenioz va boshqalar. Uy 
hayvonlarining go’ng axlatlarini tomorqalardagi maxsus shibbalangan 
maydonga yig’iladi va uning atrofi sim to’r bilan yoki taxta bilan o’rab 
qo’yiladi. Katta molxonalarda maxsus go’ng saqlaydigan joylar bo’ladi. 
Go’nglarni o’z vaqtida kompostlash gigiena jihatidan katta ahamiyatga ega. 
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, go’nglarning o’z vaqtida kompost-


413
lanmay yig’ilib qolishi atrof-muhitga, tuproqning sanitariya holatiga va suv 
havzalariga salbiy ta’sir qiladi. Jumladan katta molxonalar atrofida yig’ilib 
qolgan go’nglardan atrof-muhitga ammiak, vodorod sul’fid va shu bilan 
birga inson salomatligiga putur etkazuvchi mikroblar tarqalishi mumkin. 
Masalan, cho’chqa boqi-ladigan fyermalar atrofida 1 m
3
havoda 1000—
2125 ga yaqin mikrob 
tarqalishi mumkinligi aniqlangan. Jumladan, cho’chqaxonadan 2000 metr 
naridagi muhit havosiga ham ta’siri bo’lib, u yerdagi 1m

havoda 1350 
gacha mikrob tarqalgani isbotlangan. Mikroblardan tashqari, yana ammiak 
gazi ham ajralib chiqadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish