Uyga vazifa
31.4-topshiriq.
Insho matnidan yozilishi qiyin bo`lgan so`zlarni ajrating, imlo
lug`atidan shu so`zlani toping, lug`at daftaringizga ko`chiring va eslab qoling.
32-dars
NAZORAT ISHI TAHLILI
32.1-topshiriq.
Tekshirilgan insho matnini diqqat bilan ko`zdan kechiring.
Xatolarga e’tibor bering.
32.2-topshiriq.
Xatolaringizni quyidagi turlarga ajrating:
1) imloviy xato;
2) ishoraviy (tinish belgi bilan bog`liq) xato;
3) uslubiy (so`z qo`llash bilan bog`liq) xato.
32.3-topshiriq.
Xatolaringiz haqida o`qituvchidan so`rang. Xato yozgan
so`zingizni imlo lug`atidan yana bir marta tekshiring, lug`at daftariga ko`chiring
va eslab qoling.
32.1-mashq.
Insho matnida uchragan uslubiy g`aliz fikrlarni qayta o`ylab
ko`ring. Fikringizni boshqacha ifoda bilan mashq daftariga yozing va o`qib
bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |