Uyga vazifa
30.3-topshiriq.
“Kim topqir?” musobaqasiga tayyorlaning. Hilm, muloyimlik,
yumshoq ko`ngillilik haqida hikmatli so`z va maqollar toping, daftaringizga
ko`chiring.
30.4-topshiriq.
Berilgan izohlardan
hilm, axloq, milh, xulq, qovog`ini solmoq,
o`rlamoq, xomush bo`lmoq, kirdikor, o`zini bosmoq, langar, munofiq
so‘zlarning
ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling:
1) so‘zi va amali
bir bo‘lmagan kishi; 2) qirg‘oqqa tashlanib, kemani ushlab turadigan moslama; 3)
hayajon holatida o‘zini tutmoq; 4) yashirib qilingan noto‘g‘ri ishlar; 5) g‘amgin
holatga tushmoq; 6) balandga ko‘tarilmoq; 7) achchiqlanib qoshini chimirib
olmoq; 8) xulqning arab tilidagi ko‘plik shakli; 9) tuz; 10) kishining o‘zini tutishi,
ma’naviy qiyofasi; 11) muloyimlik, halimlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |