43.4-mashq.
Tushirib qoldirilgan tirelarni qo‘ying. Tire qo‘llanmaydigan
qaysi gap “ortiqcha”?
I. 1.Kiyinishda oliftalikdan qochib, yoqimtoy bo‘lishga harakat qiling: odob
ko‘rkamlik, isrofgarchilik esa oliftalik belgisi. (Suqrot) 2.Madaniyat bilan tashqi jilo
butunlay boshqa-boshqa narsa. (R.Emerson) 3.Saxovat go‘zallikdan ko‘ra
afzalroq. (G.Geyne)
II. 1.Maftunkorlik yashnab turgan go‘zallik. (G.Lessing) 2.Go‘zallik bu erkin
qalb va mustahkam sog‘liq samarasi. (L.Shefer) 3.Ma’no yo’q joyda go‘zallik
bo‘lishi mumkin emas. (E.Bule)
III. 1.Samimiylik ham xuddi husn va aql kabi ehson. (V.I.Kachalov) 2.Ko`p
so`zlash donolik belgisi emas. (Qutadg`u biligdan) 3.Go‘zallik butun olamni qalbga
olib kiradigan kuch va iste’dodga ega. (M.Servantes)
Do'stlaringiz bilan baham: |