43-dars
OT KESIM VA EGA ORASIDA TIRENING ISHLATILISHI
43.1-mashq.
Gaplarning kesimi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini
aniqlang.
1. Inson chehrasi hamisha uning ichki olamini aks ettiradi, shu sababli fikr
yuzda aks etmaydi, deb o‘ylash xatodir. (V.Gyugo) 2. Inson chehrasi uning tiliga
nisbatan ko‘p va qiziqroq narsalarni aytib berishi mumkin: til faqat inson fikrlarini
bayon etsa, chehra fikr mohiyatini ko‘rsatadi. (A. Shopengauer) 3. Go‘zallik −
haqiqiy baxt-saodat va rоsmana qahramonlik, u balandparvoz so‘zlarga muhtoj
emas. (V.Raabe) 4. Go‘zal chehra o‘z nomi bilan go‘zal. (F.Bekon) 5. Chehrasi
ochiq kishining qalbi ham ochiq. (F.Shiller)
Do'stlaringiz bilan baham: |