75.5-topshiriq.
Berilgan izohlardan
qandil, munaqqash, childirma, taxmon,
sipar, chakmon
so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va
qo‘llash uchun eslab qoling:
1) naqshlangan, naqshli, naqshdor; 2) bir necha sham
yoki lampochka qo‘yiladigan oyoqli yoki osma chiroq; chilchiroq, lyustra; 3)
yog‘och gardishga teri qoplab yasalgan, chertib chalinadigan musiqa asbobi; doira,
chirmanda, daf; 4) uy yoki ayvon devorida: sandiq o‘rnatib, ustiga ko‘rpa-to‘shak
yig‘ib qo‘yiladigan tokchasimon maxsus joy; 5) qalqon, sovut; o‘q, nayza, qilich
kabi qurollar zarbidan saqlanish uchun qo‘llangan, ko‘pincha, doira shaklidagi
qadimiy aslaha; qalqon; 6) odatda, jun matodan tikiladigan erkakcha uzun qishki
to‘n.
Do'stlaringiz bilan baham: |