Uyga vazifa
56.3-mashq.
Fikrlarni muhokama qilib, munosabatingizni bildiring va
xulosangizni yozma bayon eting.
Buzurgmehr zindonda yotganda do`stlari undan:
−
Shunday qora kunga tushganingda o`zingga qanday tasalli berasan? – deya
so`rashibdi.
−
To`rt hikmatli so`zni qayta-qayta takrorlayapman, − debdi u. – Birinchisi –
bularning hammasi peshonamda bor ekan, ko`ryapman, demak, taqdirdan qochib
qutulib bo`lmaydi. Ikkinchisi – bu kulfat ming og`ir bo`lsa ham, chidamasdan, sabr
qilmasdan ilojim yo`q. Uchinchisi – bu hali holva, bundan og`irroq kunga ham
tushish mumkin. To`rtinchisi, ehtimol – bu ahvoldan bugun-erta qutulaman, balki
allaqachon qutulgan hamdirman-u, ammo o`zim bexabardirman.
(“Ibratli hikmatlar”)
Do'stlaringiz bilan baham: |