2. “Ma’naviyatşunoslik” fanining maqsadi va vazifalari
Darhaqiqat, dunyo yangi yuz yillik va yangi ming yillik ostonasida turibdi. Ana shunday bir paytda jahon mehvarida o’zligini ko’rsatayotgan O’zbekiston yangi asrdagi va yangi ming yillikdagi rejalarini tuzib olmoqda. Prezidentimiz I. Karimov o’zining “O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda” degan risolasida ana shu rejalar to’g’risida fikr yuritib, oltita eng muhim ustuvor yo’nalishni sanab beradi. Birinchi ustuvor yo’nalish – mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish. Shu yo’l bilan o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarishga, o’z huquqlarini himoya qilishga qodir bo’lgan ongli va irodali fuqarolar jamiyatini vujudga keltirish. Bu yo’nalish orqali fuqarolarni yaqin o’tmishdan qolgan boqimandalik, fikr tanballigi, g’oyaviy e‘tiqodsizlik, ijtimoiy faoliyatdabo’shanglik illatlaridan qutqarish.
Ikkinchi ustuvor yo’nalish – jamiyat ma‘naviyatini yuksaltirish. Bu deganimiz ma‘naviy jihatdan yetuk shaxs imon-irodasi mustahkam, e‘tiqodi yuksak, vijdon amri bilan yashaydigan shaxsdir. U har qanday islohotlarga qodir bo’ladi, har qanday muammo va qiyinchiliklarni yenga biladigan komil inson bo’ladi.
Uchinchi ustuvor yo’nalish – kadrlar masalasi. Kadrlar masalasining nihoyatda dolzarbligiga e‘tiborni qaratib yurtboshimiz I. Karimov shunday degan edi: “Ishimizga ikki yo’nalish, barobar baqamti borishi kerak. Birinchisi, yangi davlat, yangi turmush shakli, andozasini yaratish bo’lsa, ikkinchisi, ana shunga munosib maqsadni to’g’ri anglaydigan, ishni uddalaydigan odamlarni tanlash, joy-joyiga qo’yishdan iborat. Biz yangi tuzum, yangi davlat shaklini tuzayapmiz, ammo unga jon kirgizadigan odamlar kadrlar kerak” (xalq so’zi, 20 fevral, 1993 yil).
To’rtinchi ustuvor yo’nalish – xalq turmush darajasini izchil va barqaror o’sishi.
Beshinchi ustuvor yo’nalish – iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta‘minlash. Ayni paytda mamlakatimizda bir necha o’n minglab qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish texnologiyasi butunlay o’zgarib bormoqda.
Oltinchi ustuvor yo’nalish – jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz va davlatimiz hududiy yaxlitligini ta‘minlashdir. Bu bevosita 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashayotgan mamlakatda fuqarolarning teng huquqligini ta‘minlash, ularda jamiyat va mamlakat taqdiri uchun daxldorlik tuyg’usini shakllantirish bilan bog’liq.
Bas shunday ekan, jahon hamjamiyatining mustaqil a‘zosi va tarkibiy qismi bo’lgan O’zbekistonni, milliy davlatchilik an‘analarimizni asrab-avaylash, mamlakatimiz sarhadlari yaxlitligi va xavfsizligini ta‘minlash hamda fuqarolarimizda yot va begona g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida birlashtirish ishiga safarbar etish bu fanimizning asosiy maqsad va vazifasidir.
O’rganadigan fanimizning ahamiyati, ijtimoiy fanlar orasidagi o’rni, ular bilan aloqasi, tarbiyaviy funktsiyalari yuqorida sanab ko’rsatilgan vazifani samarali amalga oshirish bilan belgilanadi. Bu esa shu sohada mehnat qilayotgan har bir olim, mutaxassis va o’qituvchidan yuksak mas‘uliyat, faol va omilkor bo’lishni talab qiladi.
3.Ma’naviyatning tarkibiy qisimlari va uning inson kamolotidagi o’rni
Endi ma’naviy meros va uning ma’naviyat rivojlanishidagi ba’zi jihatlarini bayon etamiz. Ma’naviy merosni izohlashdan oldin umuman sivilizatsiya, meros, xususan, madaniy meros, ma’naviy meros tushunchalarining nisbati, xususiyatlari, fikrlarini bilib olishimiz lozim bo’ladi. Chunki ma’naviy meros umuman merosning xususan madaniy merosning tarkibiy qismi sanaladi. Madaniy merosni tushunmasdan ma’naviy merosni ham tushunish qiyin. Bu tushunchalarda umumiylik bo’lsa ham, ular birday emas, o’zaro qaysi bir jihatlari, xusu-siyatlari bilan farqlanadi. Ma’ruzaning oldingi masalasida ko’rganimizdek har bir jamiyat va davr o’z madaniyat tipiga ega bo’ladi. Jamiyat davr o’zgarishi bilan uning madaniyat tipi va ma’naviyatida o’zgarish, yangilanish bo’ladi, ammo madaniy taraqqiyot uzilib qolmaydi, ilgarigi madaniyat, sivilizatsiya yo’q bo’lib ketmaydi, balki madaniy meros sifatida saqlanib qoladi. Meros - insoniyatning har bir tarixiy bosqichda yashagan avlodlari tomonidan yaratilgan va keyingisiga yetib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari majmuidir. Madaniy meros ham meros doirasiga kiradi, ammo undan bir oz farq qiladi. O’tmishdagi barcha madniyat yodgorliklari, meros sifatida saqlanib qolishi mumkin, lekin ularni hammasi ham madaniy qadriyatga ega bo’lavermaydi.Madaniy va ma’naviy meros o’zaro bir-biridan farq qilsa-da ularning o’rtasida o’tib bo’Imas «Xitoy» devorini qo’yish ham mumkin emas, madaniy merosni barpo etishning zamirida ham ma’naviyat, ya’ni insonning ma’naviy-ruhiy bilimlari, qobiliyati, iste’dodi, aqli, empirik va nazariy bilim tajribalari, mehnat malakasi kabi boshqa ma’naviy faoliyatlari yotadi. Madaniy va ma’naviy meros o’rtasida umumiylik ham, farqli tomonlar ham mavjud. Ayni paytda ular o’rtasida yuqorida aytilgan aloqadorlik,bog’liqlik,o’zaro munosabat, ta’sir bor. Shuningdek, madaniy meros o’z ko’lami jihatidan ma’naviy meros tushunchasidan kengroqdir.Madaniy merosda ko’proq umumiylik ustunlik qilsa, ma’naviy merosda xususiylik ustunlik qiladi. Madaniy meros umuman madaniyat yutuqlarini o’z ichiga qamrab olsa, ma’naviy meros ma’naviy madaniyat yutuqlarini o’z ichiga qamrab olishi bilan farqlanadi. Madaniy merosning qadri abadul-abad tushmaydigan qismiga miliiy qadriyat deyiladi. Ana endi asta sekin ma’naviy meros tushunchasiga yaqinlashmoqdamiz. Ma’naviy boyliklar avloddan-avlodga, bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o’tadi va jamiyat, uning ma’naviy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviy meros deb uzoq va yaqin o’tmishdagi, hozirgi davrdagi ma’naviy jihatdan g’oyat qimmatli, o’chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga, ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi. Ma’naviy meros ma’naviy qadriyat sifatida namoyon bo’lib, unga ilm-fan, jumladan falsafa, adabiyot, san’at, ahloq, dindagi real, dunyoviy ta’limotlar, hurfikrlik va boshqalar kiradi.
Ma’naviy meros biror xalq, millat, uning vakillari tomonidan yaratilib, so’ng umuminsoniyatning ma’naviy boyligiga, merosiga aylanib qoladi. Markaziy Osiyo xalqlarining o’tmish avlodlari qoldirgan ma’naviy meros bunga misol bo’la oladi. Ma’naviy merosimiz jihatidan jahondagi oldingi o’rinlardan birini egallaymiz. Prezidentimiz Islom Karimov qayd etganidek, «Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo’lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin... (Karimov.I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.: “Sharq” 1998, 3-bet). Sivilizatsiya - ma’lum bir tarixiy bosqichda insoniyatning madaniyat taraqqiyotida yaratgan, erishgan, qo’lga kiritgan sifat jihatidan yangi, yuqori yutuqlari majmui.Bugungi sivilizatsiya insoniyatning odamni bilishi, undan umum-bashariy manfaatlari yo’lida foydalana bilishi, har bir xalqning umuminsoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’naviyati ma’rifati shaklida namoyon bo’lmoqda.Shunday qilib, madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar yutug’i jamiyat va inson ma «naviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o’tmishda toptalgan ma’naviy merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |