1. Seminar mashg‘ulot tushunchasining mohiyati. Seminar mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ikki tomonlama yaqin aloqa o‘rnatiladi, jonli suhbat olib boriladi, o‘zaro fikr almashish va turlicha qarashlarni ifoda etish jarayonida fanning xususiy masalalarini chuqur o‘rganish maqsadini amalga oshiradi. Bunda zamonaviy pedagogik texnologiyaning interfaol usullari qo‘l keladi. Bu usullar yordamida o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlaridan asosiy maqsad – talabalarning faol ishlashi va mustaqil fikrlashi, o‘z-o‘zini baholash va boshqa larning fikrlarini hurmat qilish, mustaqil ishlash hamda guruhda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
2. Amaliy mashg‘ulot tushunchasining mohiyati. Amaliy mashg’ulot darslari o`quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatlari shakllantiriladi. O`z bilimlarini chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.
Amaliy mashg`ulot darslarini ikki turga ajratish mumkin, bular ma`ruza darsi mavjud bo`lgan va ma`ruza darsi mavjud bo`lmagan fanlardan (chet tili), o`tkaziladigan mashg`ulotlardir. Amaliy mashg`ulot darslari fanning dasturlari hamda tematik rejalariga qat`iy amal qilingan holda o`tkaziladi.
Amaliy mashg`ulot darslariga o`qituvchi juda puxta tayyorgarlik ko`rishi talab etiladi. U amaliy mashqlar yechish davomida paydo bo`ladigan har qanday muammolarni atroflicha o`quvchilarga tushuntirib berish qobiliyatiga ega bo`lishi lozim.
O`qituvchi har bir amaliy mashg`ulot darsini o`tkazish rejasini puxta tuzib chiqishi kerak. Uni qanday yangi pedagogic texnologiyalaridan yoki yangi interaktiv usullardan foydalanishni aniqlab olishi zarur. Kerakli ko`rsatma va tarqatma materiallarini oldindan tayyorlab qo`yish talab etiladi. Amaliy mashg`ulotda yangi pedagogic texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalanish uchun imkoniyatlar katta bo`ladi. O`qituvchi darsga kirib tashkiliy ishlarni o`tkazadi, auditoriyani darsga tayyorgarligi yozish va o`cherish vositalarining mavjudligi hamda o`quvchilarning davomati aniqlanadi. Amaliy mashg`ulot darslarida savol-javoblar, diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok etgan talabalar rag`batlantiradi.
Amaliy mashg`ulot darslarini dastur bo`yicha sifatli o`tilishini talabalar bilimining o`z vaqtida adolatli va xolisona baholanishini fandan ma`ruza olib boruvchi o`qituvchi muntazam nazorat qilib borishi shart. Shuningdek amaliyot o`qituvchisi bilan dastur bajarilishi uchun amaliy darslarda nimalarga alohida e`tabor qaratilishi, ma`ruzada mavzularni qaysi qismlari kam yoki ko`proq yoritilgani va boshqa o`quv-uslubiy masalalarda maslahatlashib fikrlashib turishlari lozim.
3.Bunday mashg’ulotlarning o’xshash va farqli xususiyatlari. Seminar mashg`uloti talabalar bilimini chuqurlashtirib mustahkamlaydi. Har bir seminar mashg`ulotining rejalari va foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati ishchi dasturda to`liq aks etadi. Shuningdek, seminar mashg`ulotlarining rejalari kundalik dolzarb ma`lumotlar bilan boyitiladi, kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.
Ayniqsa ijtimoiy – iqtisodiy fanlar bo`yicha seminar mashg`ulotlarining savollari kundalik yangiliklar va senat Oily majlis qarorlari, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bo`yicha materiallar bilan to`ldiriladi. O`qituvchi har bir amaliy-seminar mashg`ulot darsi uchun zarur ko`rsatmali va tarqatmali materiallarni oldindan tayyorlab qo`yishi zarur.
Amaliy mashg`ulotda ko`proq o`quvchilar guruhini bir nechta kichik guruhlarga ajratib o`qitishning aqliy hujum, bahs-munozara, suhbat metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar o`quvchilarni mavzu yuzasidan ko`proq mustaqil fikr yuritishga, o`z fikrini bayon etishga undaydi. Darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirib, diqqatlarini jamlashga o`rgatadi. Bundan tashqari amaliy mashg`ulot so`ngida o`qituvchi har bir o`quvchining faoliyatini togri va xolisona baholashga erdishishi zarur. Shuningdek, baholarni e`lon qilib faol o`quvchilarning familiyalarini aytib rag`batlantirishi va aksincha passiv, nutqi rivojlanmagan yoki uyatchan o`quvchilarga yengil tanbeh berishi ham muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |