1-SEMESTER
LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
1-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: XOM IPAKNING KALAVA HOLATI VA NUQSONLARINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Xom ipakning kalava holati va nuqsonlarini aniqlash
Topshiriqlar:
Quyida keltirilgan atama va ta’riflarni izohlang.
-xom ipak;
-kalava;
-mayda nuqsonlar;
-yirik nuqsonlar;
-notekislik;
-Seriplan;
-qora doska.
Ishni bajarish tartibi.
Sinovlar uchun namunalar olish har bir guruhdan 160 gr atrofida xom ipakning haqiqiy namligi konditsion apparat (AK-2)da aniqlanadi, har 20 minutda namuna o’lchamlari aniqlanadi.
Haqiqiy namlik quyidagi formulada hisoblanadi.
Kondision namlik quyidagi formulada hisoblanadi.
, kg
Xom ipak kondision namlik me’yori WK=11%
2.Ayrim tola, iplarning (paxta, zigir, yuvilgan jun) namligi quritmasdan prof. Myullerning empirik formulasi orqali aniqlash mumkin. Formula quyidagicha:
, %
, - tola tarkibiga bog`liq koeffitsientlar; tk - atrof-muhit parametri.
1.1-jadval
Tola turi bo’yicha , -koeffitsientlar qiymati
Tola
|
|
|
Paxta
|
0,8067
|
0,0294
|
zig’ir
|
1,233
|
0,0306
|
yuvilgan jun
|
2,800
|
0,0294
|
xom ipak
|
2,1880
|
0,0164
|
Uning uchun namunani klimatik kamerada yoki laboratoriya sharoitida 20-24 soat saqlash kerak.
3.Tola va iplarni sotish, qabul qilish va qabul qilish vaqtida ularni belgilangan (konditsion) massasi aniqlanadi va hisob-kitob amalga oshiriladi.Belgilangan (konditsion) massani topish formulasi quyidagicha:
, kg;
MK –belgilangan massa, kg; mx - haqiqiy massa, kg; WK-tola turidan kelib chiqib standartda belgilangan namlik miqdori (1.2-jadval),%. WH-haqiqiy namlik, foizda.
1.2-jadval
Asosiy tola, iplarning belgilangan namligi
Tola, ip
|
WK
|
Paxta tolasi
|
8,5
|
paxta ipi
|
7,0
|
Zig’ir
|
12,0
|
jun-yuvilgan
|
17,0
|
kanop
|
14,0
|
Xom ipak
|
11,0
|
yigirilgan ipak ipi
|
8,5
|
viskoza
|
11,0
|
asetat
|
7,0
|
kapron
|
5,0
|
lavsan
|
1,0
|
4.Harxil (aralash) tolalardan yigirib olingan iplarning belgilangan namligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
,%.
Wki - aralashma ip tarkibiga kirgan tolalarning belgilangan namligi,%.
a- aralashma ip tarkibidagi turli tolalarning foiz miqdori,%.
Masalalar
1-masala. Sinov uchun olingan namunaning massasi va ularni quritgandan keyingi massasi jadvalda berilgan, haqiqiy namlikni aniqlang?
1.3-jadval.
Tola
|
mh
|
mq
|
WX-?
|
Paxta
|
200
|
180
|
|
250
|
215
|
|
300
|
275
|
|
125
|
118
|
|
2-masala.Qabul qilingan paxta tolasining boshlang’ich massasi 5000 kg shu to’dadan olingan namuna massasi 150 g, uni quritgandan keyingi massasi 135 g. Belgilangan massa aniqlansin?
3-masala. Fabrikaga olib kelingan kanop tolasining haqiqiy namligi 18 foiz, haqiqiy massasi mx=1000 kg. Tolaning belgilangan massasi topilsin?
4-masala. Myuller formulasidan foydalanib, =65 %, t=22°C sharoitda paxta, jun, ipak tolalarining haqiqiy namligi aniqlansin va grafigi chizilsin?
5-masala. Myuller formulasidan foydalanib, havoning har xil namligida
50,55, 65,70,80 % va t=22°C=const bo`lganda paxta tolasining haqiqiy namligi aniqlansin va nisbiy namlik o`zgarishini tola namligiga ta`siri grafigi chizilsin?
6-masala. Myuller formulasidan foydalanib, havoning har xil haroratida ya’ni t=20, 25, 35, 40,50°C va =65 foiz = const bo`lganda ipak tolasining haqiqiy namligi aniqlansin va harorat o`zgarishini tola namligiga ta`siri grafigi chizilsin?
7-masala. 70 % jun, 30 % paxta aralashmali tolalardan yigirib olingan ipning belgilangan namligi aniqlansin?
8-masala. 60 % viskoza, 30 % paxta va 10% lavsan aralashmali tolalardan yigirib olingan ipning belgilangan namligi aniqlansin?
Hisobotni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |