Semantik usul. So‘zning bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chi-shi asosida yangi so‘z yasalishidir. Masalan, sifatning otga ko‘chishi asosida: ko‘k (osmon ma’nosida), erkak, chol, kampir; sodda va juft fe’lning otga ko‘chishi asosida: kurash, kengash, urush, keldi-ketdi, bordi-keldi, qo‘ydichiqdi, yurish-turish, yozuv-chizuv; sonning ravish-ga ko‘chishi asosida: birga(ketmoq), birdan (kirmoq); otning ravishga ko‘chishi asosida: kunduzi, kechasi (qaytmoq), boshda (sezmoq) kabilar shular jumlasidandir. Semantik usul asosida yasalgan so‘zning lug‘aviy ma’nosi yangilanishi bilan bir qatorda uning grammatik ma’no va vazifasi ham o‘zgaradi. Qiyoslang: Mushuk tavadagi go‘shtni oldi-qochdi (fe’l). Oldi-qochdi gaplar hammaning joniga tekkan (sifat).
26. “ Xursandchilik “ konsepti va uning frazeologik birikmalarda ifodalanishi
Lingvistika va madaniyatshunoslik paradigmalari kesishmasida
vujudga kelgan lisoniy madaniyatshunoslik fanining mohiyati
madaniyat, til va mentalitet o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tabiatini
ochib berish hisoblanadi. Madaniyatshunoslik insonning tabiat, tarix,
jamiyat, ijtimoiy va madaniy borliqning boshqa sohalariga nisbatan
insonning o‘zini-o‘zi anglashini tadqiq etsa, antropotsentrik nuqtai
nazardan tilshunoslik tilda mujassam insonning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganadi. O‘ziga xos xususiyatlarga olamni idrok qilish,
atrof-borliqning lisoniy ongda aks etishi, zohiriy va botiniy olam hamda
uning obyektlarini o‘zlashtirish natijalarini til vositalari bilan
fiksatsiyalash kiradi. Mentalitet - voqelikni idrok etishning muayyan
lingvomadaniy jamoa uchun xarakterli bo‘lgan spetsifik usuli va
kognitiv stereotiplar majmuidir.
18
Til tizimi frazeologik birliklarining lingvomadaniy tadqiqi «olam
manzarasi» va metaforik tabiatga ega bo‘lgan «olam lisoniy manzarasi»
(OLM) atamalarining tavsifi masalasini yoritishni taqozo qiladi. Olam
manzarasi «kishining ongiga bog‘lanmagan real yoki ehtimoliy
voqelikga nisbatan subyektning fikri va bilimlar majmui» (Василева,
1995:7), «borliq haqida jamoa (hamda guruh, individ – muallif izohi)
ongida shakllangan, bilimlarning tartibli majmui» (Попова, Стернин,
2007:44) sifatida ta‘riflanadi. M.M.Makovskiy olam manzarasi
tushunchasini quyidagicha tavsiflaydi: «olam xususiyatlarini til sohiblari
qanday anglasa, o‘shanday shaklda reprezentlovchi va u yoki bu
rivojlanish bosqichidagi u yoki bu etnos vakili sifatida inson psixik
hayotining barcha onlarini bir butun qilib birlashtiruvchi olamning
global obrazi» (Маковский, 1996:14).
Bizni baxt tushunchasi bilan nima bog`lab turadi? yigitlar baxtni kelajakdagi chiroyli ayol bilan bog`laydi. Qizlar esa o`ziga mos yigitni uchratishni baxt deb hisoblaydi. Ba`zi erkalarda oilasini moddiy ta`minlay olishini baxt bilan bog`laydi. Ayrim insonlar uchun baxtni yangi mashina, tug`ilgan kunda yoqimli sovg`a qabul qilish, ta`tilni yaxshi joyda o`tkazish, ko`ngil ochar kechalar, yangi uy bilan bog`laydi. Xar bir inson baxtli bo`lishni xohlaydi.
Biz pul yig`amiz, xar xil narsalar sotib olamiz, yangi hayajonli vaziyatlar yoki xabarlar kutamiz, xayotimizni ushbu fikrlar bilan band qilamiz. Agarda bizning baxtimiz shu vaziyatga va buyumlarga bog`liq bo`lsa, unda yaqin insonimiz olamdan ko`z yumsa, sog`liq yo`qolsa, pulimiz tugasa, ko`ngil ochar kechalar yakuniga etsa, unda nima bo`ladi? Bunday vaziyatlarda ko`pincha baxt o`rni tushkinlik kayfiyati egallaydi.
Nahotki bizning xursandchiligimiz va baxtimiz pulga va vaziyatlarga bog`liq bo`lsa. Bir ishbilarmon shunday degan ekan, “ yoshligimdan Otam meni sevishini mening qadrli ekanimni doimo takror va takror aytar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |