Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish tugaganidan keyingi faoliyati haqida huquqiy asoslantirilgan ma’lumot bering 58-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish tugaganidan keyingi faoliyati Ovoz berish tugagach, uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari ovoz berish tugaganligini komissiyaning barcha a’zolari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida e’lon qiladi.
Uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari komissiya a’zolari bilan birgalikda:
plombalarning raqamlarini tegishli dalolatnoma bilan solishtiradi;
oldindan yozuv ashyolarini yig‘ishtirib qo‘yib, saylov byulletenlarini sanab chiqish uchun joy (stol) tayyorlaydi;
foydalanilmagan va buzilgan saylov byulletenlarini sanab chiqadi va bekor qiladi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi;
muddatidan oldin ovoz berish byulletenlari solingan yopiq konvertlarni saylov qutisiga tashlaydi;
statsionar va ko‘chma saylov qutilarini ochadi;
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning 3-ilovasi. har bir nomzod bo‘yicha saylov byulletenlarini o‘qib eshittirgan va namoyish etgan holda alohida-alohida bog‘lamlarga ajratadi;
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlarni sanab chiqadi;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlarini aniqlaydi va sanab chiqadi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi;
yakuniy bayonnomaga ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi yozuvni kiritadi.
Uchastka saylov komissiyasi ovoz berish hamda ovozlarni sanab chiqish chog‘ida kelib tushgan shikoyatlarni (arizalarni) ko‘rib chiqadi. Shundan so‘ng uchastka saylov komissiyasi ovozlarni sanab chiqish natijalari bo‘yicha majlis o‘tkazib, unda ovoz berish yakunlari to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda rais, rais o‘rinbosari, kotib, saylov komissiyasining boshqa a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnomaga kiritiladi. Shundan so‘ng bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan o‘qib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun uchastka saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga darhol osib qo‘yiladi.
Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili, kuzatuvchilar uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang. Uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining ko‘chirma nusxasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darhol tegishli okrug saylov komissiyasiga xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga saylovda esa tegishli tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyalariga taqdim etiladi, asl nusxa esa rais yoki uning o‘rinbosari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvida olib borib topshiriladi.