1. Saylov huquqi fani predmeti, maqsad va vazifalarini batafsil muhokama qiling


-bob. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish xarajatlarini rejalashtirish



Download 0,65 Mb.
bet58/70
Sana07.03.2022
Hajmi0,65 Mb.
#485763
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
Bog'liq
Saylov oraliq Javoblari

2-bob. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish xarajatlarini rejalashtirish
6. MSK kelgusi moliya yili uchun budjet talabnomasini taqdim etayotganda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar asosida xarajatlarning prognoz ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
Bunda, MSKning markazlashtirilgan xarajatlari mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarining (bundan buyon hududiy saylov komissiyalari deb yuritiladi), OSK va USKlarning xarajatlari mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq aniqlanadi. Prognoz ko‘rsatkichlarni belgilashda siyosiy partiyalar va nomzodlarning saylovoldi tashviqoti xarajatlari ham inobatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Saylov o‘tkaziladigan yilning birinchi choragida saylov komissiyalarining xarajatlar smetalari MSK tomonidan quyidagi tartibda tuziladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1080-sonli qarori tahririda)
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha — 14 ta okrug saylov komissiyalari xarajatlar smetasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tuman (shahar)lar kesimida uchastka saylov komissiyalari bo‘yicha prognoz yoyilmasi ilova qilingan holda tuziladi. Bunda moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo huquqi OSK raisiga, ikkinchi imzo huquqi hokimlik bosh buxgalteriga tegishli bo‘ladi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo‘yicha — 150 ta okrug saylov komissiyalari joylashgan hududdagi tuman yoki shahar hokimligi bilan birgalikda uchastka saylov komissiyalari kesimida prognoz yoyilmasi ilova qilingan holda tuziladi va hududlar bo‘yicha jamlanma xarajatlar smetasi bilan birga MSK ga taqdim etiladi. Bunda moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo huquqi OSK raisiga, ikkinchi imzo huquqi tuman (shahar) hokimligi bosh buxgalteriga tegishli bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov bo‘yicha — hududiy okrug saylov komissiyalarining xarajatlar smetasi tuziladi hamda tegishincha hududiy moliya organlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo huquqi hududiy saylov komissiyasi raisiga, ikkinchi imzo huquqi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bosh buxgalteriga tegishli bo‘ladi;
g) xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov bo‘yicha — tuman, shahar saylov komissiyalarining xarajatlar smetasi tuziladi hamda tegishincha hududiy moliya organlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo huquqi tuman, shahar saylov komissiyasi raisiga, ikkinchi imzo huquqi tegishincha tuman, shahar hokimliklarining bosh buxgalteriga tegishli bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilganda, hududiy saylov komissiyalarining xarajatlar smetasiga tuman va shaharlar kesimidagi saylov komissiyalari xarajatlari yoyilmasi ilova qilinadi (uchastka saylov komissiyalari bo‘yicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinmaydi).
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1080-sonli qaroriga asosan “v” va “g” kichik bandlar bilan almashtirilgan)
8. Siyosiy partiyalar va ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning xarajatlari MSK tomonidan siyosiy partiyalarning takliflarini o‘rgangan holda aniqlanadi.
9. MSK mazkur Yo‘riqnomaning 7-8-bandlarida nazarda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlarning jamlanma smetasini tasdiqlaydi va uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlarning jamlanma smetasini o‘n kunlik muddat ichida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1080-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
10. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlarning jamlanma smetasi MSK qarori bilan tasdiqlanadi.
Qarorda siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining bir nomzod hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori ham ko‘rsatiladi.
11. Saylov kampaniyasida takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov haqida qaror qabul qilinganda, MSK uch kunlik muddatda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda xarajatlarga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojni aniqlaydi.
Bunda qo‘shimcha xarajatlar dastlabki ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi. Mablag‘ yetmagan taqdirda qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi hamda takroriy ovoz berish va takroriy saylov o‘tkazilgunga qadar MSK tomonidan xarajatlar smetalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish