3-savolning javobi.
Sodda gaplar bolaklarga ajralish-ajralmasligiga kora ham turlarga ajratiladi. Bu jihatdan ular ikkiga bolinadi.
1) bolaklarga ajraladigan gaplar;
2) bolaklarga ajralmaydigan gaplar.
Bolaklarga ajraladigan gaplar bosh va ikkinchi darajali bolaklarga ajraladi. Ikki bosh bolakli gaplar va bir bosh bolakli gaplarning barcha turlari bolaklarga ajraladigan gap hisoblanadi. Chunki ularning hammasi bosh bolak yoki ikkinchi darajali bolak hisoblanadi. Demak, bolaklarga ajraladigan gaplar u yoki bu gap bolagiga ajraladi. Sodda gaplarning aksariyati gap bolaklariga ajraladigan gaplardir.
Biroq sodda gaplarning yana shunday bir turi borki, ular birgina sozdan yoki bir soz maqomidagi boglanmadan tashkil topadi. Bugungi majlis boladimi?- Yoq. Assalomu alaykum, muallim! Va alaykum assalom.
Keltirilgan sintaktik qurilmalarning «Yoq», «Assalomu alaykum» «Va alaykum assalom » korinishdagi tiplari soz gap hisoblanadi. Bular ega ham, kesim ham emas, lekin ular fikr ifodalash xususiyatiga ega, shunga kora ularni soz-gap deyish mumkin.
❗2-savolning javobi
Predikativlik-gap mundarijasining voqelikka munosabatining ifodalanishida zamon, tasdiq-inkor, modallik kategoriyalari bilan birga grammatik shaxs ham qatnashadi. Grammatik shaxs gapda harakatning bajaruvchisi, subekti yoki belgi egasi manosining ifodalanishi bilan bogliqdir. Shuning uchun grammatik shaxs gapning ajralmas bir xususiyati, zarur kategoriyadir.
Grammatik shaxs kategoriyasi fellarning morfologik shaxs kategoriyasi asosida vujudga kelsa ham, lekin u bilan teng emas, undan bir muncha kengdir. Chunki grammatik shaxs kategoriyasi fel ishtirok etmagan gaplarda ham ifodalanadi. Bunda grammatik shaxs shaxs otlari, kishilik, belgilash-jamlash olmoshlari orqali, bular ham bolmaganda sintaktik konstruktsiyaning ozi bilan ifodalangan boladi. Songgi holda grammatik shaxs boshqa shaxsli gaplarga qiyosan belgilanadi. Masalan: Toshkent Ozbekistonning poytaxti gapining grammatik shaxsi Akram oqituvchi, U-ishonchli hamkor gaplariga qiyosan III shaxsga aloqador boladi. Grammatik shaxs kategoriyasi mazmun jihatidan olmoshlardagi shaxs kategoriyasiga oxshashdir. Grammatik shaxs kategoriyasida ham 1-2-3 shaxs noaniq shaxs, umumlashgan shaxs, hamda shaxssizlik ajratiladi. Bunda:
a) felning shaxs-son kategoriyasi;
b) felning nisbat kategoriyasi;
v) shaxs olmoshlari;
g) shaxs otlari qatnashadi.
Grammatik shaxsiga kora gaplar shaxsi aniq, shaxsi umumlashgan, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan, shaxssiz gaplarga bolinadi.
Kesimi aniqlik maylidagi fellar va shaxs-son qoshimchalarini olgan otlar bilan ifodalangan gaplar shaxsi aniq gap hisoblanadi. Masalan: Hech qayoqqa bormaymiz. Bizkim, turklarning bosh bogini amiri Turkistonmiz. 20 yildan buyon shu dargohda oqituvchiman.
Kesimi 3- shaxs aniqlik mayli shaklidagi yoki birgalik nisbatidagi fellar bilan ifodalangan harakatning bajaruvchisini aniq korsatib turmaydigan gaplar shaxsi noaniq gaplarni tashkil qiladi. Demak, bunday gaplarda shaxs grammatik jihatdan ifodalansa-da, u konkret shaxsni korsatmaydi. Chunki bunday hollarda ish-harakatni bajaruvchi shaxs emas, balki ish-harakatning ozi birinchi orinda turadi. Masalan : Uni Karim nonvoy der edilar. Mana buni zarba deyishadi. Yaqinda yangi stadion qurishdi. Kochatni kopincha bahorda ekishadi. Kesimi grammatik jihatdan aniq bir shaxsni korsatib tursa ham mazmunan hammaga, umumga qarashli harakatni bildirgan gaplar shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Odatda bunday gaplarning kesimlari hozirgi-kelasi zamon felining ikkinchi shaxs shaklida bolib, birinchi va uchinchi shaxsdagi fellar bilan juda kam ifodalanadi. Lekin ish harakat mazmunan doim har uch shaxsga tegishli boladi. Masalan: Ishyoqmasga ish buyursang, otangdan ortiq nasihat qiladi. Izzat tilasang, kop dema, sihat tilasang kop ema. Boshingga qilich kelsa ham togri gapir. Och otirsang ham tinch otir.
Kesimdan harakatning bajaruvchisini umuman topib bolmaydigan, uni topib qoyish ham mumkin bolmagan gaplar shaxssiz gaplar hisoblanadi. Shaxssiz gaplarning kesimi: a) uchinchi shaxs majxul nisbatdagi fellar bilan ifodalanadi: Yiglanmasin, nega yiglanadi. b) otimsiz felning majxul nisbat shakliga kirishi bilan ifodalanadi: Kecha majlisga etib borildi. Soat 3 gacha 1 tonna terildi. v) bol yordamchi felining shart mayli va ravishdosh shaklidagi fel bilan ifodalanadi: Bu suvni ichsa boladi Bu suvni ichib boladi. g) jonalish kelishigi shaklidagi harakat nomi - togri kel birikmasining tuslanishi bilan ifodalanadi: Ertaga tong saharda borishga togri keladi.
d) harakat nomi - kerak, zarur sozlari orqali ifodalanadi: Topshiriqni oz vaqtida bajarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |