darak, so‘roq, buyruq gaplarga ajratiladi.
Emotsionalikka ko‘ra gaplar ikki turga bo‘linadi: his-hayajonli gaplar yoki undov gaplar va his-hayajonsiz gaplar. Darak, so‘roq, buyruq gaplar darak, so‘roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo‘lmagan gaplar deb yuritiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan gaplar kuchli his-hayajonga ega bo‘lishi bilan his-hayajon gapga aylanadi.
Tuzilishiga ko‘ra gaplar sodda va qo‘shma bo‘ladi. Gaplarning bunday bo‘linishi ularning tarkibidagi grammatik asos-predikativ birlikning soniga, miqdoriga asoslanadi. Gammatik asos-predikativ birlik bitta bo’lsa, sodda ikki va undan ortiq bo‘lsa, qo‘shma gab bo‘ladi.
Gap sintaksisning asosiy birligidir. Chunki gap tilning asosiy funktsional belgisi kommunikativlikni, yani fikr ifodalash va bayon qilish vazifasini yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita hisoblanadi.
Gap termini umumlashgan birlik, mohiyat sifatida til birligini ham, reallashgan birlik, hodisa sifatida nutq birligini ham ifoda etadi. Gap sathida til va nutq hodisalarini farqlash uchun gap modeli, qolipi (til birligi) va jumla, gap (nutq birligi) terminlaridan foydalanish orinli. Gap qolipi, gap modeli jumlaning umumlashtirilgan, tipiklashtirilgan grammatik shaklidir (O.M.Maskalskaya), gap, jumla esa uning muayyan vaziyat bilan boglangan korinishidir.
Til va nutq farqlanishiga binoan gapga ikki xil tarif berish mumkin.
*Til nuqtai nazaridan gap kesimlik kategoriyasi orqali shakllangan atov birligidir.
*Nutq nuqtai nazaridan esa grammatik jihatdan shakllangan, tugallangan intonatsiyaga ega bolgan bir soz yoki sozlar boglanmasidan iborat bolgan fikr ifodalovchi eng kichik va asosiy sintaktik birlik gap deyiladi.
Gap soz va soz birikmasidan farqli olaroq tushuncha emas, balki fikr ifodalaydi. Bu xususiyat gapning obektiv borliqqa xos voqea-hodisa, holatning inikosi ekanligida, uning voqelik bilan bevosita boglanishida oz ifodasini topgan. Sintaksisda bu gapning predikativligi deyiladi. Shunga muvofiq gap predikativ birlik hisoblanadi.
12. Predikativlik har qanday gapga xos xususiyat bolib, gapning shakllar tizimidagi qismlarga ajratilmaydigan grammatik manosidir. Predikativlik shaxs (son), zamon, mayl, tasdiq-inkor manolari va bu manolarni ifodalovchi shakllar tizimi orqali ifodalanadi. Binobarin, ana shunday shakllar tizimiga ega bolgan har qanday eng kichik sintaktik birlik gap hisoblanadi.
Gapni gap bolmagan boshqa lisoniy birikmalardan farqlovchi grammatik mano bolgan predikativlik har qanday gapga xos umumiy grammatik mano sifatida quyidagi tarkibiy-grammatik kategoriyalar sintezidan iborat:
1) grammatik shaxs kategoriyasi;
2) grammatik zamon kategoriyasi;
3) grammatik tasdiq-inkor kategoriyasi;
4) modallik kategoriyasi.
❗
Do'stlaringiz bilan baham: |