1 topshiriq
1.savol:Qо‘l choklaridan namunalar tayyorlash.
Javob:
Kiyim detallarini ishlash va ularni biriktirish uchun ip, yelim va ba’zan payvandlash usulidan foydalaniladi. Shunga ko’ra ip bilan yelimlab va payvandlab, parchinlab, qo’yib biriktirish usullari bo’ladi. Kiyimlarni ko’plab ishlab chiqarishda va yakka buyurtma bilan tikishda asosan ip bilan tikish usuli qo’llaniladi, bunda qo’l ishlari bir muncha foiz oshadi. Gazlamadagi iplar chalishuvining tugallangan jarayoni qaviq (baxya) deyladi. Bir necha ketma-ket takrorlangan qaviqlar (baxyalar) – qaviqqator (baxyaqatorlar) deyiladi.
QAVIQ TURLARI
To`g`ri qaviqlar
Qiya qaviqlar
Iroqsimon qaviqlar
Xalqasimon qaviqlar
Petlya qaviqlar
TO`G`RI QAVIQLAR
- asosan kiyimni o’lchab ko’rishga, mashina ishlariga tayyorlashda, bo’r chiziqlar va belgilarni tushirishda, buyumlar hosil qilish va hokazolarda detallarni vaqtincha biriktirish hamda mustahkamlash uchun ishlatiladi. To’g’ri qaviqlardan sirma, bostirma, bukib ko’klash, ziyni ko’klash, nusxalama qaviqqatorlar va burmalar hosil qilishda foydalaniladi.
QIYA QAVIQLAR
- to ` g ` ri qaviqlarning tuzilishidan uncha farq qilmaydi. Ular bir- biridan gazlamada joylashishi bilan farq qiladi. To’g’ri qaviqlar solishda igna gazlamaga to’ppa to’g’ri chiziq bo’ylab sanchilsa, qiya qaviqlarda igna to’g’ri chiziqqa nisbatan detalning tashqi yoki ichki tomoniga o g’dirib sanchiladi. Yengil va ustki kiyimlar tikishda qiya qaviqlardan foydalaniladi. Qiya qaviqlar bilan doimiy qaviqqatorlar ham, vaqtinchalik qaviqqatorlar ham hosil qilinadi. Bostirma va ziy ko’klash qaviqqatorlari vaqtinchalik qaviqqatorlarga, yo ` rma, tepchima, biriktirma qaviqqator va kiyimlarni remont qilishda qo ` llaniladigan yashirin biriktirma qaviqqatorlar doimiy qaviqqatorlarga kiradi.
IROQSIMON QAVIQLAR
- qaviqlardan hosil qilingan qaviqqator ochiq turganligi sababli tez uzilishi mumkin. Shuning uchun bu qaviq kam ishlatiladi. Ayollarning yengil kiyimlarini, bolalar kiyimlarini tikishda, ayollarning ust kiyimi, astariga ishlov berishda iroqsimon qaviqlar bezak rolini o’ynaydi.
XALQASIMON QAVIQLAR
- hosil qilingan qaviqqatorlar detallarni pishiq va elastic qilib ulaydi. Ba’zan bunday qaviqqatorlar mashina baxyalari o’rniga ishlatiladi. Masalan, ust kiyimlarni yakka tartibda tikishda astarni avraga ulashda, mashinalar bilan tikish qiyin bo’lgan yoki mumkin bo’lmagan joylarni tikishda shunday qaviqqator qo’llaniladi. To ` r, to ` rsimon, yashirin biriktirma va yo ` g ` on qaviqqatorlar xalqasimon qaviqlardan hosil qilinadi.
PETLYA QAVIQLAR
- qirqma petlyalarni qo’lda yormash uchun ishlatiladi(ust va yengil kiyimlarni yakka tartibda tikishda maxsus mashinalar bo’lmagan hollarda). Yo’rmalgam petlyalarning uch xili bor: ko’zli- kostyumlar va erkaklar paltosida; to’g’ri -ich kiyimlar, bluzkalar, shimlarda, bezak yoki karkasli petlyalar- kostyumlarning adip qaytarmalarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |