63-savol Javobi. Kalon masjidi. Masjidi Kalon inshooti o‘rta asrlarning noyob me’morchilik namunasi bo‘lib,
uning o‘rnida dastlab qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida Juma masjidi bunyod etilgan. Shayboniylar
davrida esa u Masjidi Kalon sifatida qayta qurildi. Masjidning hozirgi ko‘rinishi Shayboniylar sulolasiga
mansubxonlar tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obidani bunyod ettirgan shaxslar haqida gapiradigan
bo‘lsak, inshootning ko‘pgina qismlari Ubaydullaxon, Abdulazizxon va Abdullaxon davrida qurilgan.
Buxoroning eski shahar qismida joylashgan Masjidi Kalonr ivojlangan va so‘nggi o‘rta asrlarning o‘ziga xos
me’moriy inshooti bo‘lib, 1121-yilda bunyod etilgan bo‘lsa, 1514-yilda u qayta qurila boshlagan va XVI
asrning o‘rtalarida uning bunyod etilishi yakunlangan. Me’moriy obidaning bunyod etilishida xom va pishgan
g‘isht, loy, yog‘och, tosh, ganch va chorus pishiq g‘ishtidan keng foydalanilgan. Me’moriy obidaning dizayni
haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (127×78 m), keng hovli atrofini gumbazli
bostirma ayvon egallagan. 188 qubba (gumbazcha) 208 ustunga tayangan. Ularo‘ziga xos mahobatli
ko‘rinishga ega bo‘lib, ustunlarga keyinchalik murabba tarhli poy ustunlar o‘rnatilgan. Hovlining to‘rt tomoni
markazida naqshinkor peshtoqlar bor. Sharqdagi tashqi ulkan peshtoq mahobati va muhtasham bezagi bilan
ajralibturadi. Masjidi Kalonning tashqi 7 eshigi bo‘lib, asosiy sharqiy darvoza oldida va ichida keng ayvonlar
joylashgan. Peshtoq ravoqidagi boloxona va uning yon tomonidagi qirrali ravoqlar koshin va sirlashgan
g‘ishtlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, ganchkori ravoqlar alohida ajralib turadi. Peshtoq orqali hovli to‘ridagi
xonaqoh maksuraga o‘tiladi. Xonaqohning tashqi poygumbazi baland, moviy gumbazi uzoqdan tashlanib
turadi. Ichki gumbaz bag‘allariga “qolibkori” uslubida qator mayda ravoqcha (16 ta)lar ishlangan. Mehrob
bezaklari nafis koshinkorlik san’atining yuksak namunasidir. Masjidi Kalonning bosh fasadi sharqtomonga
qaragan. Yirik va mozoika bilan pardozlangan masjid peshtoqi biroz balandda joylashgan. Masjid hovlisiga
bir necha pog‘onali zinadan kiriladi. Hovlining ichki tarafida ikkita moviygumbaz joylashgan. To‘g‘ri
to‘rtburchak shakliga ega bo‘lgan bu hovlining atrofi 228 gumbazdan galereya bilan o‘ralgan. Me’moriy
obidaning uslubini yoritar ekanmiz, Sharq me’morchiligining gumbazsimon “Chor” uslubida qurilgan.
Me’moriy obidaning o‘zigaxos tomonlari shundaki, uning hajmi va binokorlik bezakchiligi u darajada
bo‘lmasa-da, rejaviy masshtabligi jihatidan Samarqanddagi masjidlardan qolishmaydi. Bu inshoot qadimiyligi
va yirikligi tomonidan Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Masjidi Kalon
(forscha – katta masjid) peshtoqi oldidagi sahndagi ko‘shkni qayta ta’mirlashda (pavilyon) XX asrda Usta
Shirin Murodov qatnashgan. Buxorodagi katta masjidlardan biri bo‘lganligi uchun Masjidi Kalon nomi bilan
atalgan. Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapirar ekanmiz, 1997-yil Buxoro shahrining
2500 yillik yubileyi munosabati bilan masjid qayta rekonstruksiyadan chiqarildi va atrofi
ko‘kalamzorlashtirildi. Me’moriy obida masjid vazifasini bajarish bilan birqatorda yetim-yesir, darveshlar va
musofirlar uchun boshpana vazifasini o‘tagan. O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga
to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha
obidalar qatorida Masjidi Kalon ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun
Jahonyodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shu va boshqa qonunlar inshootning huquqiy vakolati
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |