Xalqaro valuta fondining asosiy maqsadlari va fazifalari.
Xalqaro Valyuta Fondi quyidagi maqsadlar amalga oshirish yo’lida faoliyat olib boradi:
valyuta siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish;
valyuta siyosati sohasida balanslashtirilgan o’sishga ko’maklashish;
yuqori darajadagi bandlik va real daromadlarni qo’lla-quvvatlash va stimullashtirish uchun jahon savdosining balanslashtirilgan o’sishini mustahkamlash, iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a’zo-davlatlarning ishlab chiqarish potentsialini rivojlantirish;
valyutalar barqarorligini ushlab turish va a’zo-davlatlar o’rtasidagi valyuta munosabatlarini tartiblashtirish, shuningdek, valyutalar devalvatsiyasiga to’sqinlik qilish;
ko’p tomonlamali to’lov tizimini yaratishda qatnashish, shuningdek, valyutalar transfertidagi chegaralarni olib tashlash;
a’zo-davlatlarning balanslashtirilmagan to’lov balanslarining likvidatsiyasi uchun mablag’ taklif qilish.
Xalqaro valuta fondining qarorlar qabul qilish mezonlari va operatsiyalari.
Xalqaro Valyuta Fondi faoliyatining asosiy yo’nalishlariga a’zo bo’lib ular to’lov balanslarini hamda tashqi qarularni nazorat qilish ham kira. Xalqaro Valyuta Fondining MBRR, PROON, Parij va London klublari ular bilan o’zaro munosabati kengaymoqda.
To’lov balansi va tashqi qarzlarni nazorat qilish sohasida Xalqaro Valyuta Fondi a’zo bo’lib ularga o’z iqtisodiyot siyosatlarida ma’lum o’zgartirishlar kiritish sharti bilan kreditlar ajratadi. Kredit olishdan oldin qarzdor davlat Fond bilan moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish dasturini kelishadi, valyuta mablag’larini berish shu dasturning bajarilishiga bog’liq holda qoladi.
4. Jahon bankining tashkil topish sabablari va maqsadlari
Jahon Banki tarkibidaga 5 ta tashkilot kiradi:
1.Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki daromadi o'rta darajadagi
davlatlarga yordam beradi. XTTB o'zining mablag'ini asosan xalqaro moliya bozoriga obligasiyalarni sotish yo'li bilan tashkil qiladi.
2. Xalqaro Taraqqiyot Assosiasiyasi - 1960- yilda tuzilgan bo'lib,
asosan kambag'al davlatalar va aholi jon boshiga daromadi $885 gacha bo'lgan
davlatlarga yordam beradi, foizsiz qarzlar beradi, texnik loyihalarni
moliyalashtiradi va siyosiy muammolar bo'yicha yordam beradi.
3.Xalqaro Moliya Korporasiyasi 1956 – yilda xususiy sektorga
hukumat kafolatlarisiz investisiya berib, uning rivojlanishiga
ko'maklashish uchun tuzilgan.
4.Investisiyalarni Kafolatlash bo'yicha ko'p tomonlama agentlik
rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investorlarga ko'maklashish uchun
tuzilgan,bundan maqsad investorlarni notijoriy xatarlardan (ya'ni,
huquqiy yoki siyosiy xatarlardan urush, siyosiy larzalar, milliylashtirish
xataridan investisiya beriladigan mamlakat hukumatining hatti-
harakatlaridan) himoya qilishdir.
5.Investision kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro
markazi kelishmovchiliklarni tartibga solishni investor davlatlar va
investisiya oluvchi davlatalar o'rtasidagi investisiyaga tegishli munozarali
savollarining kelishuvi yoki muhokamasi ishlarini ta'minlash orqali
amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |