8-Mavzu. Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlar (VPN).
8.2 VPN - bu Internet orqali shaxsiy tarmoqni o'rnatish, ichki intranet resurslarini uzoqdan foydalanuvchilar va kompaniyaning boshqa ofis joylari bilan bo'lishish uchun ishlatiladigan texnologiya. Odamlar uy tarmog'iga masofadan kirish uchun ham VPN -dan foydalanishlari mumkin.
8.3 VPN’ning uchta asosiy ko‘rinishi qabul qilingan: masofadan turib foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan VPN (Remote Access VPN), tashkilot ichidagi VPN (Intranet VPN) va tashkilotlararo VPN (Extranet VPN).
8.4 Internet VPN haqida Intranеt VPN «nuqta-nuqta» yoki LAN-LAN VPN dеb ham ataladi. Bu tur VPN butun Intеrnеt yoki boshqa umumiy foydalanish tarmog‘i orqali xavfsiz xususiy tarmoqlar yaratadi.
9-Mavzu. Axborot tizimlari va resurslaridan ruxsatsiz foydalanishlarni aniqlash uslubiyati.
9.1Komputerning amaliy dasturlari tarkibi bilan tanishish va ular bilan ishlashni o‘rganish.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti ─ foydalanuvchi interfeys deyiladi.Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:
9.2 Axborot tuzimlariga ruxsatsiz kirishlarning sabablari.
Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda.
Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi.
9.3 Axborot tuzimlariga ruxsatsiz kirishlarning yo‘llari.
Xakerlar, boshqa kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, ba’zida, oldindan, maqtanish maqsadida kompyuter egalariga ularning tizimiga ki-rish niyatlari borligini bildirib qo’yadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet saytlarida xabar beradilar. Bunda xaker musobaqalashuv niyatida kirgan kompyuterlariga zarar yetkazmaydi.
Krakerlar (cracker) — elektron "o’g’rilar" manfaat maqsadida dasturlarni buzishga ixtisoslashganlar. Buning uchun ular Internet tarmog’i bo’yicha tarqatiluvchi buzishning tayyor dasturlaridan foydalanadilar.
9.4 Axborot tuzimlariga ruxsatsiz kirishlarning oqibatlari.
INTERNET tarmog’idagi sеrvеrlar. Bu sеrvеrlar: dasturlar yoki ma'lumotlar fayllarini yo’q qilish or-qali; sеrvеrlarni haddan tashqari ko’p tugallanmagan jarayonlar bilan yuklash orqali; tizim jurnalining kеskin to’ldirib yuborilishi orqali; brouzеr — dasturlarini ishlamay qolishiga olib kеluvchi fayllar-ni nusxalash orqali ishdan chiqariladi;
ma'lumotlarni uzatish kanallari — biror-bir port orqali axborot olish maqsadida yashirin kanalni tashkil etuvchi dasturlar yuboriladi;