Vaziyatga huquqiy baho bering.
Amaldagi qonunchilik bo‘yicha investitsiya fondi qanday huquqlarga
ega emasligini keltirib, asoslab bering.
Yuqoridagi muammoli vaziyatga javob berishdan oldin, investitsiya fondi
o‘zi nima degan savolga javob berib olsak. O‘zbekiston Respublikasining
Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida‖gi qonunining 3-moddasiga ko‘ra:
Investorlarning pul mablag’larini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qo’yish
maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi
yuridik shaxs aksiyadorlik
jamiyati investitsiya fondidir. Investitsiya fondi o’z faoliyatini qimmatli qog’ozlar
bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan
litsenziya asosida amalga oshiradi. Investitsiya fondi quyidagi turda bo’lishi
mumkin: o’zi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega bo’lgan
investitsiya fondi; o’zi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega
bo’lmagan investitsiya fondi. Investitsiya fondining turi fondning ta‘sis hujjatlarida
ko’rsatiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Qimmatli qog‘ozlar
bozori to‘g‘risidagi qonunining 29-moddasi investitsiya fondining faoliyati haqida:
Investorlarning pul mablag’larini va qo’yilmalarini investitsiya
aktivlariga jalb
qilish maqsadida aksiyalar chiqaradigan yuridik shaxs aksiyadorlik jamiyati
investitsiya fondidir. Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy
shakllariga o’zgartirilishga haqli emas. Investitsiya fondini qo’shib yuborish,
qo’shib olish, bo’lish, ajratib chiqarish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda
amalga oshiriladi. Qimmatli qog’ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga
oshirish uchun investitsiya fondiga berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish
yoki uni bekor qilish investitsiya fondining belgilangan
tartibda tugatilishiga olib
keladi. Ya‘ni, investitsiya fondi – bu yuridik shaxs bo‘lib, investorlarning pul
mablag‘larini va qo‘yilmalarini investitsiya aktivlariga jalb qilish maqsadida
aksiyalar chiqaradi.
“Atlant sarmoya” investitsiya fondi kuzatuv kengashining “Omad” MCHJ
ning 50% ulushini sotib olish haqidagi qarori qonuniymi? Avvalo,
investitsiya
aktivlari nima degan savolga javob berib olsak. O‘zbekiston Respublikasining
Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida‖gi qonunining 6- moddasi shu haqida:
Investitsiya fondining yoki pay fondining investitsiya portfelini tashkil etuvchi
qimmatli qog’ozlar,
ulushlar, pul mablag’lari, omonatlar va ko’chmas mulk
investitsiya aktivlaridir. Ya‘ni, investitsiya aktivlari investitsiya fondining qimmatli
qog‘ozi, ulushlari, pul mablag‘lari va ko‘chmas mulklari hisoblanadi.
Ikkinchidan, investitsiya fondining boshqaruv organlari qaysilar? Bu ham
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida‖gi qonunining
12-moddasida o‘z ifodasini topgan: Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi va kuzatuv
kengashi, shuningdek vakolatlarini ishonchli boshqaruvchi amalga oshiradigan
ijroiya organi investitsiya fondining boshqaruv organlaridir. O‘zbekiston
Respublikasining Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunining 29-
moddasiga ko‘ra: Investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortig’ini bir
emitentning qimmatli qog’ozlariga yoki masuliyati
cheklangan jamiyatning
ulushiga investitsiyalash huquqiga ega emas. Ya‘ni, Atlant sarmoya investitsiya
fondining 2020-yil yakunlariga ko‘ra sof aktivlari qiymati 200 milliard so‘mni
tashkil qiladi. Fond yuqoridagi qonun hujjatiga ko‘ra, sof aktivlarning 10 foizdan
ortig‘ni bir mas‘uliyati cheklangan jamiyatning ulushlarini sotib olishga sarflay
olmaydi. “Omad” MCHJ ning 50 foiz ulushi 25 milliardni so‘m tashkil etadi. Atlant
sarmoya‖ investitsiya fondi sof aktivlarini 10 foizi esa 20 milliardni tashkil etadi.
Demak, Atlant sarmoya‖ investitsiya fondi Omad‖ MCHJ ning faqat 40 foizgacha
bo‘lgan ulushlarini sotib olishi mumkin. Atlant sarmoya‖
investitsiya fondining
Omad‖ MCHJ ning 50 foiz ulushi 25 milliardni so‘mga sotib olishi noqonuniy
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: