1-savol Aksiya va obligasiyalarning umumiy va farqli jihatlarini yoriting



Download 150,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana11.02.2022
Hajmi150,64 Kb.
#444185
1   2   3   4
Bog'liq
qqh11

Kazus 
 
“Atlant sarmoya” investitsiya fondi 2020 yil yakunlari bo‘yicha o‘z 
moliyaviy hisobotlari e’lon qildi. Unga ko‘ra fond sof aktivlarining qiymati 200 
milliard so‘mni tashkil etdi. Investitsiya fondi kuzatuv kengashi 2021 yilda 
investitsiya fondi 25 milliard so‘mga “Omad” MCHJning 50 foiz ulushini sotib 
olishi haqida o‘z rejalarini e’lon qildi. Investitsiya fondining aksiyadorlari 
bo‘lgan fuqaro Umarov va Atajanovlar mazkur ulush oldi-sotdisini amalga 
oshirish noqonuniy ekanligini bildirishdi.


 
Vaziyatga huquqiy baho bering. 
 
Amaldagi qonunchilik bo‘yicha investitsiya fondi qanday huquqlarga 
ega emasligini keltirib, asoslab bering. 
Yuqoridagi muammoli vaziyatga javob berishdan oldin, investitsiya fondi 
o‘zi nima degan savolga javob berib olsak. O‘zbekiston Respublikasining 
Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida‖gi qonunining 3-moddasiga ko‘ra: 
Investorlarning pul mablag’larini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qo’yish 
maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs aksiyadorlik 
jamiyati investitsiya fondidir. Investitsiya fondi o’z faoliyatini qimmatli qog’ozlar 
bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan 
litsenziya asosida amalga oshiradi. Investitsiya fondi quyidagi turda bo’lishi 
mumkin: o’zi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega bo’lgan 
investitsiya fondi; o’zi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega 
bo’lmagan investitsiya fondi. Investitsiya fondining turi fondning ta‘sis hujjatlarida 
ko’rsatiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Qimmatli qog‘ozlar 
bozori to‘g‘risidagi qonunining 29-moddasi investitsiya fondining faoliyati haqida: 
Investorlarning pul mablag’larini va qo’yilmalarini investitsiya aktivlariga jalb 
qilish maqsadida aksiyalar chiqaradigan yuridik shaxs aksiyadorlik jamiyati 
investitsiya fondidir. Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy 
shakllariga o’zgartirilishga haqli emas. Investitsiya fondini qo’shib yuborish, 
qo’shib olish, bo’lish, ajratib chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. Qimmatli qog’ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga 
oshirish uchun investitsiya fondiga berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish 
yoki uni bekor qilish investitsiya fondining belgilangan tartibda tugatilishiga olib 
keladi. Ya‘ni, investitsiya fondi – bu yuridik shaxs bo‘lib, investorlarning pul 
mablag‘larini va qo‘yilmalarini investitsiya aktivlariga jalb qilish maqsadida 
aksiyalar chiqaradi. 
“Atlant sarmoya” investitsiya fondi kuzatuv kengashining “Omad” MCHJ 
ning 50% ulushini sotib olish haqidagi qarori qonuniymi? Avvalo, investitsiya 
aktivlari nima degan savolga javob berib olsak. O‘zbekiston Respublikasining 
Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida‖gi qonunining 6- moddasi shu haqida: 
Investitsiya fondining yoki pay fondining investitsiya portfelini tashkil etuvchi 
qimmatli qog’ozlar, ulushlar, pul mablag’lari, omonatlar va ko’chmas mulk 
investitsiya aktivlaridir. Ya‘ni, investitsiya aktivlari investitsiya fondining qimmatli 
qog‘ozi, ulushlari, pul mablag‘lari va ko‘chmas mulklari hisoblanadi.
Ikkinchidan, investitsiya fondining boshqaruv organlari qaysilar? Bu ham 
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida‖gi qonunining 
12-moddasida o‘z ifodasini topgan: Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi va kuzatuv 
kengashi, shuningdek vakolatlarini ishonchli boshqaruvchi amalga oshiradigan 
ijroiya organi investitsiya fondining boshqaruv organlaridir. O‘zbekiston 
Respublikasining Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunining 29-
moddasiga ko‘ra: Investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortig’ini bir 
emitentning qimmatli qog’ozlariga yoki masuliyati cheklangan jamiyatning 
ulushiga investitsiyalash huquqiga ega emas. Ya‘ni, Atlant sarmoya investitsiya 
fondining 2020-yil yakunlariga ko‘ra sof aktivlari qiymati 200 milliard so‘mni 


tashkil qiladi. Fond yuqoridagi qonun hujjatiga ko‘ra, sof aktivlarning 10 foizdan 
ortig‘ni bir mas‘uliyati cheklangan jamiyatning ulushlarini sotib olishga sarflay 
olmaydi. “Omad” MCHJ ning 50 foiz ulushi 25 milliardni so‘m tashkil etadi. Atlant 
sarmoya‖ investitsiya fondi sof aktivlarini 10 foizi esa 20 milliardni tashkil etadi. 
Demak, Atlant sarmoya‖ investitsiya fondi Omad‖ MCHJ ning faqat 40 foizgacha 
bo‘lgan ulushlarini sotib olishi mumkin. Atlant sarmoya‖ investitsiya fondining 
Omad‖ MCHJ ning 50 foiz ulushi 25 milliardni so‘mga sotib olishi noqonuniy 
hisoblanadi. 

Download 150,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish